4-mavzu. Innovatsion rivojlanishning indekatorlari



Yüklə 34,12 Kb.
tarix28.09.2023
ölçüsü34,12 Kb.
#150293
4 MAVZU


4-MAVZU. INNOVATSION RIVOJLANISHNING INDEKATORLARI.
9.1. Innovatsion loyiha va dasturlarni iqtisodiy tahlil qilish.
9.2. Innovatsion loyihalarni baholash indikatorlari
9.1. Innovatsion loyiha va dasturlarni iqtisodiy tahlil qilish. Iqtisodiy rivojlanishni innovatsion yo’naltirilganligi, texnologik yangilinishning o’sib borayotgan zaruriyati innovatsion faoliyatda tashkil qilish tamoyillari va tarkibiytashkiliy o’zaro aloqalarga aniq va mos kelishning muhimligini tahkidlaydi. Gap innovatsion impulslarni iqtisodiy haqiqatga kiritishning muvofiq yo’llarini qidirib topish haqida ketmoq da. Tushunarliki, innovatsion o’zgarishlarni kengayib borgani sari innovatsion rivojlanishning vazifaviy – elementar bazasini ilmiy asoslangan shakllanishi talab qilinadi. Innovatsiyalarni tashkil qilish o’z ichiga uchta asosiy jihatlarni oladi: - innovatsion faoliyatning yangiliklarini ishlab chiqish, tadbiq etish va ishlab chiqarishni birgalikda amalga oshiruvchi odamlarning birlashmasi bo’lgan sub`ektni; - Tashkilotning innovatsion faoliyatdagi zaruriy vazifalarni bajarishga qaratilgan jaray -onlari va harakatlarining majmuasini; - Tizimni ichki tartibga solinganligi va uning elementlari tizimchalari o’rtasidagi o’za -ro aloqalarni takomillashuvini ta’minlovchi tuzilmalarni. Ushbu nuqtai nazardan innovatsiyalarni tashkil qilishni innovatsion faoliyatni tartibga solis h jarayoni sifatida, subhekt, firma, institut, innovatsion korxona sifatida, bo’linmalarning tarkibi va o’rnini belgilab beruvchi, hamda innovatsion faoliyatda amalga oshiriladigan shakllar, us ullar, jarayonlar tadbirlarini tartibga soluvchi tashkiliy tuzilmalar sifatida tushunish kerak. Tashkilot firma nuqtai nazaridan odamlarning birlashmasi yoki innovatsiyalarni amalga o shirish boyicha ishlarni bajarish haqidagi ularning kelishuvi sifatida ko’rib chiqilishi mumkin. T urli xildagi elementli va turli o’lchamlardagi firmalar, kompaniyalar, assotsiatsiyalar, OOYu, ilmiy institutlar, texpolislar, texnoparklar va h.k. innovatsion faoliyatining subhektlari bo’ladilar. Bu barcha tashkilotlar ishlab chiqarishni haqiqiy yangilanishini amalga oshiruvchi asosiy manbalar va xo’jalik yu rituvchi sub`ektlar bo’ladilar. Yashash davrasining “o’zining” bosqichi bilan yaqindan bog’l angan maxsus innovatsion biznesni paydo bo’lishi vaqtning taqazosi bo’ladi. Masalan, innovatsion korxonalar va tashkilotlar fundamental tadqiqotlar (akademik va OOYu se ktori va ITI (amaliy ilmiy tadqiqotlar va ishlamalar)ga ixtisoslashishlari mumkin, bular ilmiy innov atsion korxonalar, Oliy o’quv yurtlari, kichik tadbirkorlik subhektlari, ilmiytexnik majmualar va birlashmalar bo’lishlari mumkin. Tajribaviy namunalarni yaratish va t adbiq etish bosqichi bilan ham tadbirkorlik tuzilmalari va ham ITTKI ning rivojlangan ba zasiga ega firmalar, institutlar va korporatsiyalar bog’langanlar. Amaliy ITTKI va TKI bazasi da innovator-izbosarlar bazaviy texnologik, ilmiy-texnik va mahsulotli yangiliklarni yaratadilar. Ilmiytexnik va mahsulotli yangiliklarni tadbiq etish va ishlab chiqarish bilan, qoidagi ko’ra, yaxshi res urs bazasi, malakali xodimlar, bozordagi belgilangan o’rinlarga ega yirik firmalar shug’ulla nadilar. Tadqiqotchilar firmaning o’lchamini kashfiyotlar soni bilan bog’lamasalar ham, G’arbiy Y evropada innovatsion rivojlanishning katta tajribasi to’plangan. Ammo Frantsiya va Buyuk Brita niyada shunday fikr tarqalganki, ilmiy ishlab chiqishlar bosqichida akademik va OOYu sektori v a kichik firmalar asosiy rolni oynaydilar. Tajribali ishlab chiqarish, marketing va sotish bosqichida turli ko’lamli biznes ilgariga ch iqadi, shuning bilan bir vaqtda yangiliklarni ishlab chiqarish va tarqatish yirik va o’rta ko rxonalar va sanoat kompaniyalarida amalga oshiriladi. Innovatsion faoliyatda vujudga kelgan mehnatni iqtisodiy taqsimlanishining turiga muvofiq kichi k va o’rta ko’lamdagi korxonalarning ko’pchiligi yarim fabrikatlar, butlovchilarni ishlab chi qarishga ixtisoslashayotgan, hamda asosiy biznesni ta’minlash va unga xizmat ko’rsatish vazifasi ni bajaruvchi yirik firmalarning subpudratchilari bo’ladilar. Yangiliklarni yashash darajasining o’z bosqichiga bosh firmadan kurtaklab chiqqan (“spin. ofat”) deb ataluvchi, ilmiytexnik yangiliklarni mustaqil ravishda ishlab chiquvchi bo’linmalar ham xizmat ko’rsatadilar. Innovatsion korxonalar yana ular faoliyatining ob’ekti bo’lgan innovatsiyalarning ustuvor turi ga ko’ra ham farqlanadilar. Masalan, ular quyidagi sinflarga bo’linadilar: yangi ilmiy kashfiyotlar, qo’llashning yangi usullari va pionerli (birinchi) kashfiyotl arni mo’ljallovchi yetakchi innovatorlar; oldin qilingan kashfiyotlar asosidan tubdan yangi jarayonlar va mahsulotlarni yaratu vchi yetakchi innovatorlar; eski usul asosida bazaviy innovatsiyalarni yaratuvchi innovatorlar; yangilikni ishlab chiqaruvchi, modernizatsiyalovchi va ratsionallashtiruvchi innovatorlar; oldingi mahsulotlar va texnologiyalarni o’rinni bosuvchi yangilikni yaratuvchi innovatorlar; yangiliklarni sotishlar va marketingga ixtisoslashuvchi innovatorlar; yangi bozorlardagi talabni qanoatlantiruvchi innovatsiyalarni yaratuvchi innovatorlar; xalq xo’jaligining har xil sohalarida yangiliklarning diffuziyasi, tarqatilishi va ko’paytirilis hi bilan shug’ullanuvchi innovatorlar. Innovatsion korxonalar ham ishlab chiqarilayotgan innovatsiyalarning yangiligi darajas i (tubdan yangilar, nisbatan, qisman, mahalliy yangilik yoki imitatsiyaga egalar) muvofiq ixtisos lashadilar. Innovatsion jarayonlar maqsadini quyidagilarda ko’rish mumkin: -masalaning yangi texnik yechimini topishni ixtiro qilish; - ilmiy –tadqiqot va tajriba – konstruktorlik ishlarini tashkil etish; - yangi mahsulotni ishlab chiqarishni tashkil etish; - mahsulotga bo’lgan talabni aniqlash; - mahsulotni seriyalab ishlab chiqarish; - yangi mahsulotni bozorga olib kirish; - mahsulotni raqobatbardoshligini, sifatini oshirish yo’li bilan yangi bozorga o’rnashib olish. Innovatsion jarayon sub’ektlarini quyidagilarga bo’lish mumkin: 1. Novatorlar – ilmiy – tenik bilimlar generatori hisoblanadi. Bular katoriga kka tartibdag i ixtirochilar, tadqiqot tashkilotlari kirishi mumkin. Ular ixtirolardan foydalanishda keladigan daromadlarning bir qismini olishga muvaffaq bo’ladilar. 2. Dastlabki retsipientlar – yangilikni birinchi bo’lib o’zlashtirgan tadbikorlar hisoblanadi. 3. Dastlabki ko’pchilik – kiritiladigan yangiliklarni ishlab chiqarishga birinchilaran bo’lib j oriy etgan firmlar sifatida namoyon bo’ladi. Bu ularga qo’shimcha daromad ta’minlaydi. 4. Orqada qoluvchilar – kiritiladigan yangiliklardan kechga qolib, ma’naviy eskirgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga olib keluvchi vaziyat bilan yuzma – yuz to’qnashuvchilar sifatida namoyon bo’ladilar. Novatorlardan tashqari boshqa barcha guruxlar imitatorlar hisoblanadi. Innovatsion jarayonni 3 ta mantiqiy shakli farqlanadi: Oddiy ichki tashkiliy (tabiiy) Oddiy tashkiliy oraliq (tovar) Kengaytirilgan
9.2. Innovatsion loyihalarni baholash indikatorlari.
Milliy iqtisodiѐtni barqaror о‘sishini ta’minlashda innovatsion iqtisodiѐtning ishtiroki va joriy qilinganligi makro, mezo va mikroiqtisodiy darajadagi belgilari orqali aniqlash mumkin. Mamlakatda innovatsion iqtisodiѐtning joriy etilganligi makroiqtisodiy darajada belgilar quyidagilarda namoѐn bо‘ladi: -qonunchilik bazasi va me’ѐriy hujjatlarning innovatsion iqtisodiѐtni har tomonlama qо‘llab-quvvatlash va himoya qilish nuqtai nazaridan yangidan qabul qilinganligida; -mamlakatda ishlab chiqarishni tashkil etish va biznesni yuritishni moliyalashtirishning yangi institutlarini tashkil etilganligida. Ma’lumki, xо‘jalik yuritishning har qanday shaklida joriy etilaѐtgan yangi texnologiya, g‘oya ѐki innovatsion iqtisodiѐt moliyaviy mablag‘ orqali moliyalashtirishni talab etadi. Innovatsion iqtisodiѐtni joriy etgan mamlakatlar tajribasiga e’tibor qaratadigan bо‘lsak bu sohani moliyalashtirishda davlatning byudjet mablag‘lari va xususiy mablag‘lar hisobidan amalga oshirilgan. Uning miqdori mamlakat YAIMga nisbatan baholanadi; -ishlab chiqarish va xizmat kо‘rsatishning barcha bо‘g‘inlarida bosqichma-bosqich asosiy va ѐrdamchi fondlarni zamonaviy texnoliyalar bilan almashtirish siѐsatining joriy etilganligi. Xususan, bu borada gap ketganda, asosan mamlakat ishlab chiqarish jaraѐnida foydalanilaѐtgan asosiy vositalarning ѐshiga e’tibor qaratiladi. Masalan, yaponiyada asosiy ishlab chiqarish vositalar har 6-7 yilda, AQShda 8-9 yilda, Germaniyada 9-10 yilda tо‘liq yangilanadi, ya’ni ularda asosiy vositalarning о‘rtacha foydalanish davri mos ravishda, 6,5, 8,5 va 9,5 yili tashkil etadi. Innovatsion iqtisodiѐt jadal qо‘llanilgan sharoitda ushbu kо‘rsatkich yanayam qisqaradi. Ta’kidlaganimizdek, mamlakatda innovatsion iqtisodiѐtni joriy etilganligining keyingi belgilaridan biri mezoiqtisodiy darajada namoѐn bо‘ladi. Tadqiqotlar natijasida, innovatsion iqtisodiѐt qо‘llanilganda mezoiqtisodiy darajada quyidagi jaraѐnlar sodir bо‘ladi. 1.Hududlarning innovatsion faolligi ortadi. Bu mamlakat hududlarini qisqa, о‘rta va uzoq muddatga mо‘ljallangan investitsion va iqtisodiy rivojlantirish dasturlari orqali amalga oshirilib, ushbu dasturlar qabul qilingandan sо‘ng, ularni amaliѐtda joriy etilishi va о‘zining ijtimoiy-iqtisodiy samarasi hududlarning innovatsion faolligi ortib borishi ѐki pasayishida kuzatiladi. 2.Hududlardagi asosiy va yetakchi sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarishning tarkibiy о‘zgarishi va diversifikatsiyalashuvi yuz beradi. 3. Mamlakat hududlarida investitsiyalarni jalb etish va asosiy fondlarni modernizatsiya qilish muhiti paydo bо‘ladi. Yuqorida davlatning ichki va tashqi siѐsatining asosiy yо‘nalishlari sifatida: ―mamlakatda biznes muhitni yaratish, bozor mexanizmlari, qoida va tartibini joriy etish va ularning tо‘liq amal qilishini ta’minlash‖ ekanligini ta’kidlagan edik. Mazkur fikrimizni ushb mavzuda rivojlantirish orqali ta’kidlamoqchimizki, mamlakat iqtisodiѐtida innovatsion iqtisodiѐtni joriy etilganligi darajasini mezoiqtisodiy darajadagi kо‘rsatkichlarisifatida hududlarda gaz, suv va elektr-energiya ta’minoti hamda yо‘llarning sifatini keltirish maqsadga muvofiq. Xususan, О‘zbekistonda aynan shu infratuzilmaning yetarli va uzluksizligini ta’minlanishi innovatsion iqtisodiѐtni samarli joriy etish imkoniyatini beradi, shu bilan birga hududlarga investitsiyalarni jalb etish va asosiy ishlab chiqarish vositalarini modernizatsiya qilish muhiti paydo bо‘ladi. Biz innovatsion iqtisodiѐtni joriy etish darajasini belgilovchi makro va mezodarajadagi belgilarini atroflicha kо‘rib chiqdik, ta’kidlaganimizdek uning mikrodarajagi belgilari ham mavjud, ularning asosiylari bо‘lib: korxona va tashkilotlar hamda xizmat kо‘rsatish bо‘g‘inlarida asosiy va ѐrdamchi fondlarning yangilanishi, ishlab chiqarish unumdorligi va rentabelligining oshishi, ishlab chiqarish jaraѐnlarini tarkibiy о‘zgartirish va diversifikatsiyalash, yetarli darajada moliyaviy mablag‘larga ega bо‘lish kabi kо‘rsatkichlarda namoѐn bо‘ladi. Tadqiqotlar va о‘rganishlar natijasi shuni kо‘rsatmoqdaki, iqtisodiѐtda innovatsion iqtisodiѐtni belgilovchi kо‘rsatkichlar juda kо‘pqirralidir. Ularni barchasini mazkur mavzuda keltirishning birinchidan imkoniyati yо‘q, ikkinchidan ahamiyatga ega ham emas. Innovatsiya nazariyasining rivojlanish tarixi о‘rganib, о‘tgan asrning ikkinchi yarmidan innovatsiyalar iqtisodiѐtni barqaror о‘sishini ta’minlovchi eng asosiy vosita bо‘lganligiga xulosa qilishimiz mumkin. О‘z navbatida innovatsiyalarga asoslangan iqtisodiѐtni salohiyatiga baho berishda innovatsiya indikatorlarini ishlab chiqish va amaliѐtga joriy etish alohida ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy adabiѐtlarda innovatsion rivojlanish samaradorligini baholashdagi indikatorlar tizimi innovatsiyalarning hususiyatlariga va turli boshqa omillarga bog‘liq ravishda hisoblanadi. Binobarin, bugungi kunda halqaro amaliѐtda iqtisodiѐtni innovatsion rivojlanish darajasini baholashning Innovation Index WB, Innovation Capacity Index, Global Innovation Index INSEAD, Innovation Index WEF kabi kо‘rsatkichlari mavjud. Ushbu kо‘rsatkichlarning ahamiyati va hisoblash usullarining о‘ziga xos hususiyatlari turlicha bо‘lib, har bir inovatsion rivojlanish indeksi ma’lum bir tahliliy va boshqaruv vazifalarini bajarishga mо‘ljallangan. Tak’idlash joizki, innovatsiya indekslarini hisoblash asosan Jahon banki41, Xalqaro iqtisodiy forum (The World Economic Forum WEF), BMTning rivojlantirish dasturi (the UN Development Program UNDP), BMTning sanoatni rivojlantirish tashkiloti (the UN Industrial Development Organisation UNIDO), YEIning Yevropa innovatsiyalari komissiyasi (EU Commission European innovation) kabi xalqaro tashkilotlari buyurtmasiga asosan RAND Corporation va boshqa yirik xalqaro analitik kompaniyalar tomonidan amalga oshiriladi. Shunindek, ushbu tahlillar davlat hukumatlarining milliy iqtisodiѐtning innovatsiya salohiyatiga baho berishi, yirik investorlar ѐki xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan mablag‘ ajratishda davlatning innovatsiya siѐsati oldidagi vazifalarini belgilab olish maqsadida о‘tkaziladi. Dunѐning yetakchi davlatlarining ilg‘or tajribalariga nazar tashlaydigan bо‘lsak, bugungi kunda mamlakatlarning innovatsion salohiyatini о‘lchashda miqdoriy va sifatni aniqlovchi hamda turli omillarga bog‘liq ravishda о‘zgarib turuvchi 100 ga yaqin indikatorlar (indeks) amal qiladi43. Ushbu indekslarni hisoblashda ta’lim, ilm-fan, texnologiyalar, inson kapitali, innovatsion va ijtimoiy-siѐsiy muxit, rasmiy milliy statistika ma’lumotlari, aholi va tegishli mutaxassislardan olingan sо‘rov natijalari birlashtirilgan holda yaxlit tizimga keltiriladi. Masalan, 2015 yilning global innovatsiya indeksini (GII-2015) hisoblashda 79 ta kо‘rsatkich bо‘yicha dunѐning 141 mamlakatining innovatsion-iqtisodiy salohiyati baholangan. Shuningdek, ushbu indeksni hisoblashda dunѐning 400 dan ortiq yirik kompaniyalari mutaxassislaridan sо‘rov о‘tkazilganligini e’tirof etgan holda, innovatsiyalarning global rivojlanish tendensiyasiga ham baho berishimiz mumkin. Bizga ma’lumki, keyingi yillarda ekologik muammolar yuzaga kelgani sababli olimlar innovatsion ekotizimni barpo etish bо‘yicha ishlarni amalga oshirmoqda. О‘z navbatida, rivojlangan mamlakatlarda inson kapitaliga va innovatsiya inftrutuzilmasiga yо‘naltirilgan investitsiyalar innovatsion ekotizimni hisobga olgan holda amalga oshirilmoqda Ilmiy manbalarda iqtisodiѐtni innovatsion rivojlanish salohiyatini baholashga turlicha ѐndashuvlar mavjudligini kо‘rishimiz mumkin. Bunday ѐndashuvlar innovatsion jaraѐnlarning asosiy maqsadini kо‘rsatish bilan birga, uning natijaviyligiga baho beradi. Shuningdek, mamlakatning innovatsion salohiyatini aniqlashda tadqiqotlar о‘tkazish, fan yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy qilish (yangi bilim, g‘oya, texnologiya, tovar, ish, xizmat, boshqarish metodlari, jaraѐnlar, ijtimoiy-madaniy namunalar va x.k.) imkoniyatlarini kengligi tushuniladi. Masalan, A.A.Makarov ilmiy-texnikaviy faoliyatni natijasini aks ettiruvchi quyidagi kо‘rsatkichlarni qayd etadi47. patent statistikasi; texnologik tо‘lov balansi; yuqori ishlab chiqarish texnologiyalarining bozori. Shuningdek, V.F.Sharov esa innovatsiya tizimini baholash uchun innovatsiya indikatorlariga quyidagilarni qо‘shgan48. mamlakatdagi oliy ma’lumotli aholining ulushi; ilmiy tadqiqotlarda xususiy kapitalning ulushi; yangi sanoat namunalari; patentlar soni va x.k. Rossiya Federatsiyasining ilmiy-texnikaviy va innovatsiyalarni rivojlantirish bо‘yicha qabul qilgan ―2020 yilga qadar innovatsion rivojlanish strategiyasida‖ innovatsiya indikatorlarini quyidagi uch guruxga bо‘lgan. YA’ni: ilmiy-texnika majmuasining rivojlanish indikatori (tadqiqotchilarning soni va о‘rtacha ѐshi, mamlakatning xalqaro kashfiѐtlar va ilmiy ishlanmalar bazasidagi ulushi (soni), ilmiy-texnikaviy markazlarning soni va x.k); innovatsion faollik indikator (ishlab chiqarishga joriy etilgan texnologyalarning soni, 10 ming aholi soniga nisbatan patentlar soni, realizatsiya qilingan innovatsion tovarlarning ulushi, texnologik innovatsiyalar bilan shug‘ullanuvchi korxonalar soni va x.k.); biznesni yuqori texnologiyalarga asoslangan rivojlantirish indikatori (YAIMda iqtisodiѐtning innovatsion sektori ulushi, xalqaro savdo aylanmasida yuqori texnologiyali tovar, ish, xizmatlarning ulushi va x.k.) Ushbu indikatorlar tizimi davlat tomonidan tasdiqlangan statistik hisobotlarda yuritiladi va mamlakatning ta’lim, ilm-fan, ilmiy-texnikaviy ishlanmalar, ularning eksporti kabi ma’lumotlardan iborat 45 ta kо‘rsatkichni о‘z ichiga oladi. Iqtisodiy manbalarda davlatning innovatsiya faoliyatini baholash indikatorlari quyidagi kо‘rsatkichlardan kam bо‘lmasligi tavsiya etiladi. ITTKIlarni joriy etish intensivligi indikatori; inson kapitali indikatori; ishlab chiqarish texnologiyasini rivojlanish indikatori; tо‘lov balans indikatori; yillik ilmiy tadqiqotlar; ilmiy tadqiqotlarning ishlab chiqarishga joriy etish; patentlar soni; yangi bilimlar oqimi va modellari; sо‘rovlar va intervyular; murakkab va doimiy loyihalarni baholash Bizning nazarimizda, korxonalarning innovatsion faoliyati samaradorligi ѐki davlatning innovatsiya salohiyatiga baho berishda qо‘llaniladigan indikatorlar tizimini faqatgina statistik ma’lumotlardan tashkil etilishi innovatsiya jaraѐnlarining sifati tо‘g‘risida yetarli darajada ma’lumot bermaydi. Shuning uchun innovatsiya tizimi elementlari samaradorligini baholashda miqdoriy statistik kо‘rsatkichlar bilan birga, sifatni baholovchi kо‘rsatkichlar asosida kompleks indikatorlar tizimini joriy etish lozim. Albatta, bunday jaraѐnlar tashkil etish va sifatli bajarilishida davlatning ishtiroki zarur. Tadqiqotlar va о‘rganishlar natijasiga tayanib ta’kidlash joizki, milliy iqtisodiѐtning barqaror о‘sishini ta’minlashda innovatsiya salohiyatini yanada oshirish va uning samaradorligini baholashda quyidagi indikatorlarni e’tiborga olish maqsadga muvofiq. 1.Innovatsiya faoliyatini tashkil etish, yuritish va rivojlantirish bо‘yicha me’ѐriy-xuquqiy asoslar bilan ta’minlanganlik darajasi: ushbu iqtisodiy faoliyat qonunlar bilan tartibga solinishi, sohani rivojlanishini davlat va xususiy sektor о‘rtasida innovatsion aloqalarni mustahkamlaydi. Ushbu indikatorsamaradorligi quyidagi mezonlar asosida baholanishi tavsiya etiladi. - mamlaktda innovatsion rivojlanishni qо‘llashda davlatning soliq siѐsatining qо‘llanilishi va samaradorligi darajasi orqali (soliq imtiѐzlari va moliyaviy qо‘llab-quvvatlash yо‘nalishlari, korxonlarning tadqiqotlar olib borish uchun labaratoriya tashkil etish majburiyatlari va boshqalar); - biznes va ilm-fan о‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash bо‘yicha xuquqiy asoslar darajasi (me’ѐriy-xuquqiy xujjatlarning soni va sifati tahlili. Masalan, institut, universitetlar tadqiqot bilan shug‘ullanish majburiyatlari ѐki innovatsiya korxonalari tashkil etish, ishtirok etish xuquqlarini qonun bilan mustahkamlanligi, mualliflik xuquqi bо‘yicha ixtirolarni buyurtmachilarga berish mexanizmlarining mavjudligivaboshqalar); 2.Innovatsiyalarni yaratishda xususiy sektorning ishtiroki darajasi: rivojlangan mamlakatlarda xususiy sektor asosiy iste’molchi sifatida innovatsiya faoliyatini xarakatga keltiruvchi muhim kuch hisoblanadi. О‘z navbatida, ish joylarini yaratish va byudjet tushumlarida ham ushbu yо‘nalishning ulushi yuqori hisoblanadi. Ushbu kо‘rsatkichni baholash davlat va xususiy sektor tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlariga sarflanaѐtgan xarajatlar miqdoriga nisbatan amalga oshiriladi. 3.Innovatsiyalarni yaratishda ilmiy-tadqiqot sektorning ishtiroki darajasi: ilmiytadqiqotlarni amalga oshruvchilar sektori milliy innovatsiya tizimining ajralmas qismi bо‘lib, amaliy va fundamental tadqiqotlarning rivojlanishi, mamlakat ѐki korxonalar miqѐsida ilmiy ishlanmalarning samarasi bevosita ushbu sektorga bog‘liq. Bu indikatorni baholashda ilmiy tadqiqotlarda band bо‘lgan mutaxassislar, ularning natijaviyligi kabi mezonlar qо‘llaniladi. Shunday qilib keltirilgan indikatorlar tizimi davlat, korxona, tashkilotni innovatsiya faoliyati samaradorligiga kompleks baho berishga xizmat qiladi.
Yüklə 34,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin