Dialektika qonunlari Dialektikaning muqobillari. Xulosa Axborot sivilizatsiyasi davrida dunyoning yaxlit nazariy obrazini yaratish – og‘ir va mashaqqatli vazifa. Uni yechishning falsafiy yo‘li ikki yarim ming yil muqaddam boshlangan bo‘lib, shundan beri o‘tgan davr mobaynida rivojlanish falsafasi shakllangan va bosqichma-bosqich atroflicha ishlab chiqilgan. Falsafaning mazkur bo‘limi rivojlanish muammosini turli nuqtai nazarlardan o‘rganuvchi konsepsiyalarni o‘z ichiga oladi. Ularning orasida dialektika, metafizika va sinergetika alohida o‘rin egallaydi. Ularning ayniqsa keng e'tirof etilgani va mufassal ishlab chiqilgani dialektikadir. Shu sababli bu bo‘limda unga asosiy e'tibor qaratiladi. Dialektikani bilish, uning tamoyillari, qonunlari va kategoriyalaridan ijodiy foydalanish har qanday soha mutaxassisi dunyoqarashining muhim sharti hisoblanadi.Axborot sivilizatsiyasi davrida dunyoning yaxlit nazariy obrazini yaratish – og‘ir va mashaqqatli vazifa. Uni yechishning falsafiy yo‘li ikki yarim ming yil muqaddam boshlangan bo‘lib, shundan beri o‘tgan davr mobaynida rivojlanish falsafasi shakllangan va bosqichma-bosqich atroflicha ishlab chiqilgan. Falsafaning mazkur bo‘limi rivojlanish muammosini turli nuqtai nazarlardan o‘rganuvchi konsepsiyalarni o‘z ichiga oladi. Ularning orasida dialektika, metafizika va sinergetika alohida o‘rin egallaydi. Ularning ayniqsa keng e'tirof etilgani va mufassal ishlab chiqilgani dialektikadir. Shu sababli bu bo‘limda unga asosiy e'tibor qaratiladi. Dialektikani bilish, uning tamoyillari, qonunlari va kategoriyalaridan ijodiy foydalanish har qanday soha mutaxassisi dunyoqarashining muhim sharti hisoblanadi.Dialektikaning tarixiy shakllari va xususiyatlari .Falsafiy fikrlashning asosiy yutuqlaridan biri dialektika haqidagi nazariyadir. Dialektika so’zining yunon tilidan tarjimasi tom ma’noda suhbatlashish san’ati, bahslashish san’ati degan ma’noni bildiradi.«Marksizmning uch manbasi va uch tarkibiy qismi» asarida V.I.Lenin «dialektika – bu rivojlanishning to’la, chuqur va cheklanganlikdan ozod turi haqidagi nazariya, bizga doim rivojlanayotgan materiyaning aksini ko’rsatadigan inson bilimining nisbiyligi haqidagi nazariya» deb yozgan edi.Dialektika – bu ichki manbasi qarama-qarshiliklarning birligi va kurashida kuzatiladigan shakllantirish, rivojlantirishning eng umumiy qonuniyatlari haqidagi nazariya. Dialektika bilish usuli sifatida narsalar va hodisalarni doimiy va bir-biridan mustaqil sifatida hisoblaydigan shunday fikrlash usuli – metafizikaga taqqoslanadi. Tabiat va jamiyat hodisalarini dialektik bilish usuli narsani statik, muzlatilgan shaklda emas, balki jarayondagi holatini, unga xos barcha qarama-qarshiliklarning va boshqa fanlar bilan narsaning uzviy bog’liqligini ko’rishni ko’zlaydi.Dialektika – bu ichki manbasi qarama-qarshiliklarning birligi va kurashida kuzatiladigan shakllantirish, rivojlantirishning eng umumiy qonuniyatlari haqidagi nazariya. Dialektika bilish usuli sifatida narsalar va hodisalarni doimiy va bir-biridan mustaqil sifatida hisoblaydigan shunday fikrlash usuli – metafizikaga taqqoslanadi. Tabiat va jamiyat hodisalarini dialektik bilish usuli narsani statik, muzlatilgan shaklda emas, balki jarayondagi holatini, unga xos barcha qarama-qarshiliklarning va boshqa fanlar bilan narsaning uzviy bog’liqligini ko’rishni ko’zlaydi.Tarixda quyidagi asosiy tarixiy shakllar ajratiladi:Tarixda quyidagi asosiy tarixiy shakllar ajratiladi:antik davrning sodda dialektikasiGegelning idealistik dialektikasiMarks va Engelsning materialistik dialektikasi.Antik davr dialektikasibir tomondan mulohazaning umumiy xususiyati, katta bo’lmagan ilmiy tajribasi tufayli dunyo hodisalariga kuzatuvchan munosabatda bo’lgan bir paytda, boshqa tomondan esa asosan u allaqachon o’sha vaqtda hodisalarga dialektik yondashuv asosini to’g’ri o’zlashtirgani bilan ajralib turadi. Antik davr dialektikasi asoschilaridan biri Geraklit hisoblanadi. «Oqar suvga ikki marta tushib bo’lmaydi» degan mashhur ibora Geraklitga tegishli bo’lgan. Geraklit fikricha, dunyo jonli olov obrazi sifatida tasavvur qilingan. U olov harakati bosqichlarini ajratib ko’rsatgan. Antik davr dialektikasibir tomondan mulohazaning umumiy xususiyati, katta bo’lmagan ilmiy tajribasi tufayli dunyo hodisalariga kuzatuvchan munosabatda bo’lgan bir paytda, boshqa tomondan esa asosan u allaqachon o’sha vaqtda hodisalarga dialektik yondashuv asosini to’g’ri o’zlashtirgani bilan ajralib turadi. Antik davr dialektikasi asoschilaridan biri Geraklit hisoblanadi. «Oqar suvga ikki marta tushib bo’lmaydi» degan mashhur ibora Geraklitga tegishli bo’lgan. Geraklit fikricha, dunyo jonli olov obrazi sifatida tasavvur qilingan. U olov harakati bosqichlarini ajratib ko’rsatgan. Geraklit fikricha, tabiatda ikki jarayon mavjud: «pastga yo’l» va «yuqoriga yo’l». «Pastga yo’l»: olov havoga, havo suvga, suv yerga aylanadi. «Yuqoriga yo’l»: yer suvga, suv havoga, havo esa olovga aylanadi. Moddaning o’ziga qarama-qarshi bo’lgan moddani yengishi orqali uning uzluksiz o’zgarishi ro’y beradi. Geraklit fikricha, aynan qarama-qarshiliklar rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi, aynan ular tufayli dunyoda o’zgarishlar ro’y beradi. Geraklit dialektikasi stixiyali materialistic xususiyatga ega edi.Geraklit fikricha, tabiatda ikki jarayon mavjud: «pastga yo’l» va «yuqoriga yo’l». «Pastga yo’l»: olov havoga, havo suvga, suv yerga aylanadi. «Yuqoriga yo’l»: yer suvga, suv havoga, havo esa olovga aylanadi. Moddaning o’ziga qarama-qarshi bo’lgan moddani yengishi orqali uning uzluksiz o’zgarishi ro’y beradi. Geraklit fikricha, aynan qarama-qarshiliklar rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi, aynan ular tufayli dunyoda o’zgarishlar ro’y beradi. Geraklit dialektikasi stixiyali materialistic xususiyatga ega edi.
Gegel dialektikasi
Borliq
Mohiyat
Tushuncha
Gegelning idealistik dialektikasi. Gegel o’zining falsafiy kontseptsiyasini tizimli ko’rinishda «Mantiq fani» asarida bayon qiladi. Gegel dialektikani uch tarkibiy qismga bo’ladi
Borliq fikrning eng dastlabki va mavhumiy shakli bo’lib, sifat, miqdor va me’yor tushnchalarida konkretlashadi. Borliqni oxirigacha ko’rib chiqib, uning o’zida o’ziga o’zi qarshi turuvchi va in’ikos etuvchi holat mohiyat kategoriyasini yuzaga keltirishni ta’kidlaydi.Borliq fikrning eng dastlabki va mavhumiy shakli bo’lib, sifat, miqdor va me’yor tushnchalarida konkretlashadi. Borliqni oxirigacha ko’rib chiqib, uning o’zida o’ziga o’zi qarshi turuvchi va in’ikos etuvchi holat mohiyat kategoriyasini yuzaga keltirishni ta’kidlaydi.Go’yoki borliqning borliqqa in’ikosi mohiyatini keltirib chiqaradi. Mohiyat bilan hodisaning dialektik sintezi voqelik kategoriyasini keltirib chiqaradi. Lekin mohiyat borliqdan ajralgan holda mavjud bo’la olmaydi.O’zida borliqni ham, tushunchani ham birlashtiruvchi dialektikaning bosqichini Gegel tushuncha deb bilgan. Gegel obyektiv idealist sifatida aynan tushunchani borliq va mohiyatning eng yuqori cho’qqisi deb bilgan. Tushuncha Gegelda ham subyekt, ham obyekt va mutlaq g’oyadir.Materialistik dialektika. Materialistik dialektikaning asoschilari Marks, Engels va Lenin edi. Bu mutafakkirlarning asosiy xizmati dialektikani materialistik asoslash edi. Gegel tushunchaning rivojlanishini o’rgangan bo’lsa, Marks moddiy voqelikning rivojlanishini o’rgangan. Shu sababli, Marks, Engels va Lenin dialektikasi materialistic degan nomni olgan, falsafa ta’limotining o’zi esa dialektik materializm sifatida tanildi. I.V.Stalin shunday deb yozdi: «Dialektik materialism - uning tabiat hodisalariga yondashuvi, uning bu hodisalarni bilish usuli dialektik, uning tabiat hodisalari haqida talqini, uning nazariyasi materialistik hisoblanishi tufayli dialektik materialism deb nomlanadi». Ya’ni, Marks nazariyasi dialektika qonunlarini va kategoriyalarini qabul qildi, ammo materiyaning ongdan ustunligi asoslandi. Materialistik dialektika. Materialistik dialektikaning asoschilari Marks, Engels va Lenin edi. Bu mutafakkirlarning asosiy xizmati dialektikani materialistik asoslash edi. Gegel tushunchaning rivojlanishini o’rgangan bo’lsa, Marks moddiy voqelikning rivojlanishini o’rgangan. Shu sababli, Marks, Engels va Lenin dialektikasi materialistic degan nomni olgan, falsafa ta’limotining o’zi esa dialektik materializm sifatida tanildi. I.V.Stalin shunday deb yozdi: «Dialektik materialism - uning tabiat hodisalariga yondashuvi, uning bu hodisalarni bilish usuli dialektik, uning tabiat hodisalari haqida talqini, uning nazariyasi materialistik hisoblanishi tufayli dialektik materialism deb nomlanadi». Ya’ni, Marks nazariyasi dialektika qonunlarini va kategoriyalarini qabul qildi, ammo materiyaning ongdan ustunligi asoslandi.