Dialektikaning tarixiy shakllari va xususiyatlari Dialektika qonunlari Dialektikaning muqobillari. Xulosa



Yüklə 90,5 Kb.
səhifə2/12
tarix08.04.2023
ölçüsü90,5 Kb.
#94901
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Dialektikaning tarixiy shakllari va xususiyatlari Dialektika qon

Dialektika qonunlari Qonun falsafiy ma’noda – muayyan shart-sharoitda narsalar voqealar rivojining xususiyati va yo’nalishini belgilaydigan, ma’lum bir qat’iy natijani taqozo etadigan obyektiv dunyodagi narsa va hodisalarning muhim, zaruriy, umumiy nisbiy, barqaror munosabatlari deb tushuniladi.Materialistik dialektika dialektikaning uchta asosiy qonunidan biri bo’lib, ular qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni, miqdor o’zgarishlarining sifat o’zgarishlariga o’tishi qonuni va inkorni inkor qilish qonunidan iborat.  Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni. Bu qonun dialektikaning asosi hisoblanadi, moddiy dunyo manbalarini va sabablarini ochib beradi.Qarama-qarshiliklar narsa, voqea-hodisalarning bir-birini taqozo etuvchi va shu bilan birga bir-birini inkor etuvchi tomonlari sifatida tushuniladi. Qarama-qarshiliklar o’rtasidagi munosabatni ziddiyat degan tushuncha ifodalaydi. Har qanday narsa o’ziga va boshqa obyektlarga nisbatan qarama-qarshi tomonlarga ega. Shuning uchun, masalan, axborot texnologiyalari rivojlanishi bir tomondan, bilimlardan ommaviy foydalanish,shaxsning har tomonlama rivojlanishiga shart-sharoitlar yaratishi mumkin, boshqa tomondan esa yosh avlod degradatsiyasi ustida ishlashi mumkin.Bundan tashqari, qarama-qarshiliklar bir-birini nafaqat inkor etadi, balki bir-birini taqozo ham etadi. Biz «yaxshilik» haqida gapirar ekanmiz, demak, biror joyda «yomonlik» bo’lishi kerak, kun desak, demak, tun ham bo’lishi kerak, issiq esa sovuqning aksi va sh.k.
Ziddiyatlar
Tashqi va ichki
Antogonistik va antogonistik bo’lmagan
Asosiy va asosiy bo’lmagan
Qarama-qarshiliklar kurashi har qanday taraqqiyot manbai bo’lgan ziddiyatdan iborat.
Qarama-qarshiliklarning o’zi umumiy xususiyatga ega bo’lishi tufayli ular orasidagi kurash ham mutlaqdir. Birlik esa kurashning borishi uchun nisbatan zarur sharoit yaratadi chunki bu kurash faqat qarama-qarshiliklar bir joyda mavjud bo’lgan yerda boradi. Qarama-qarshiliklarning rivojlanishi kurashsiz davom etganda edi, u holda hech qanday rivojlanish bo’lmasdi.
Ichki va tashqi ziddiyatlar.Ichki ziddiyatlar – ushbu obyektning qarama-qarshi tomonlarining kurashidir. Ichki ziddiyatlar misoli: davlatdagi iqtisodiy ziddiyatlar. Ichki ziddiyatlar obyektning rivojlanish dvigateli hisoblanadi, uning o’zgarishlarida asosiy yo’nalishlarni belgilaydi. Obyektni bilish uchun uning ichki ziddiyatlarini aniqlash lozim. Makkorona tarzda talqin etiladigan tarixiy voqealarni tahlil qilishda ichki ziddiyatlarni aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi.Tashqi ziddiyatlar – bu obyektning boshqa obyektlar, uni o’rab turgan atrof-muhit bilan ziddiyatli munosabatlar. Tashqi ziddiyatlarga davlatlar o’rtasidagi ziddiyatlar misol bo’la oladi. Tashqi ziddiyatlar obyektning rivojlanishiga hissa qo’shishi yoki uni to’xtatib qo’yishi mumkin, ammo, rivojlanish yo’nalishini ichki ziddiyatlar belgilaydi. Shunday qilib, misol uchun, G’arb mamlakatlarining Sovet ittifoqiga ko’rsatgan tashqi ta’siri bilan birga, uning parchalanishining asosiy sabablari hali o’rganilishi lozim bo’lgan sovet jamiyatining ichki ziddiyatlari hisoblanadi. Urushda har qanday mamlakat g’alabasining natijasi singari har doim urushda g’alaba yoki mag’lubiyatni belgilaydigan davlatning ichki tuzilishidan kelib chiqish lozim.
Yüklə 90,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin