Toshkent moliya instituti g. Xamdamova, O. Astanakulov, A. Matchanov innovatsion menejment


Yangiliklarning yashash davri konsepsiyasining mohiyati



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə49/200
tarix07.01.2024
ölçüsü1,22 Mb.
#205520
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   200
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta-maxsus ta‟lim vazirligi t-hozir.org

4.3.Yangiliklarning yashash davri konsepsiyasining mohiyati 
Jahondagi va mamlakatimizdagi texnik-iqtisodiy taraqqiyotning uzoq
muddatli tendensiyalarini tadqiq etish natijalari shuni ko‘rsatadiki, milliy
iqtisodiyotlar tarkibining o‘zgarishi va xalqaro mehnat taqsimotidagi siljishlar
bilan birgalikda ro‘y berayotgan takror ishlab chiqarish jarayonlari dinamikasi
iqtisodiyotda fan-texnika taraqqiyoti va innovatsion o‘zgarishlar bilan to‘g‘ridan-
to‘g‘ri bog‘liq bo‘lgan siklik tebranishlarga asoslangan. Aynan innovatsion
rivojlanishning siklik konsepsiyasi fan-texnika taraqqiyotini bir tomondan, ishlab
chiqaruvchi kuchlarni takomillashtirishning muhim yo‘li sifatida, ikkinchi
tomondan esa yangilikning bozorga chiqarilishigacha bo‘lgan barcha bosqichlarni
bosib o‘tish orqali amalga oshiriladigan innovatsion sikl sifatida tushunishga olib
keladi. Innovatsion jarayonlar, mahsulotlar va tizimlar yashash davri konsepsiyasi
asosida barcha ishlab chiqarish jarayonlari va bosqichlarini vaqtinchalik resursli va
tashkiliy sinxronlashtirish mumkin. Innovatsion jarayonlarni stadiyalar va
bosqichlar bo‘yicha o‘rganish uchun lokal (mahalliy), vaqt bo‘yicha uzlukli
axborotlar xos bo‘lgani holda yashash davri bo‘yicha yondashuv yangiliklarning
yaratilishi va o‘zlashtirilishi jarayoniga dinamik sinxronlashtirilgan tizim sifatida
qaraydi.



110
Innovatsion faoliyatni o‘rganish uchun yangi tovar, yangi texnika va


texnologiyaning yashash davri hamda ochiq tizim sifatidagi innovatsion
tashkilotlar katta ahamiyatga ega.
Yashash
davrining
hozirgi
zamonga
xos
eng
unumli
g‘oyasi
texnologiyalarning iqtisodiy obyekt sifatida evolyutsiyasi va o‘zgarishlarini o‘z
ichiga oluvchi katta texnologik tizimlar konsepsiyasi hisoblanadi.
Texnologik tizimlarning rivojlanishi ikki yo‘nalish: bazaviy texnologiyalarni
takomillashtirish va prinsipial jihatdan yangi texnologiyalarni yaratish bo‘yicha
amalga oshiriladi. Texnologiyalar yaxshilanib va modernizatsiyalanib borgani,
yetuklik bosqichiga va bozorning ushbu tovar bilan to‘yinish bosqichiga o‘tgani
sari eski paradigma doirasidagi keyingi rivojlanish nafsiz bo‘ladi, sotuv va foyda
hajmi tushib ketadi. Tarkib topgan texnologik ukladlar bisotida prinsipial yangi
yechimlar, ―yorib chiquvchi‖ texnologiyalar vujudga keladiki, ular yangi
texnologik ukladlar, ishlab chiqarish va tarmoqlarning asosi uchun poydevor
tiklaydilar.
Barcha iqtisodiy obyektlar, jarayonlar va tizimlarning yashash davri faqat
bitta nazariy bazaga ega: har qanday yashash davri yaratilishidan boshlanadi,
o‘sish, yetuklikva pasayish bosqichlaridan o‘tadi.
Innovatsion menejmentning ko‘p sonli obyektlari: innovatsion korxonalar,
yangi texnika va texnologiyalar, yangi tovar va xizmatlar ham yashash davrining
shunga o‘xshash dinamikasi va tarkibiy tuzilishiga ega bo‘ladi.
Innovatsiyalarning yashash davri konsepsiyasining qadr-qimmati uning
quyidagilarni ta‘minlashida namoyon bo‘ladi:
-vaqt omilini hisobga olish;
-jarayonning markaziy tendensiyasini aniqlash;
-o‘zgarishlar dinamikasining yaqqol ko‘zga tashlanishi;
-jarayonni avj oldirish mantig‘i;
-moddiy, axborot va moliyaviy oqimlarning yaqqolligi va shaffofligi;
-bosqich va jarayonlarni matematik modellashtirish imkoinyati;
-turli iqtisodiy obyektlarning tovar;



111
4.2-jadval 




Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   200




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin