8.5
.
Innovatsion loyihalarning ekspertizasi
Davlat organlari nashrlaridagi axborotlar, ko‘rgazmalar, birjalar, yarmarkalar
orqali innovatsiyalar bozorini shakllantirishga ko‘maklashadi va uning o‘zi ushbu
bozorning vakili sifatida chiqadi (masalan litsenziyalarni sotish va sotib olishda).
Davlat organlari mamlakatda va xorijdagi innovatsion jarayonlarni monitoring
qilish va bashoratlashni, ko‘p hollarda esa keng joriy qilish uchun eng ilg‘or,
samarali texnologiyalarni izlab topishni amalga oshirishga qaratilgan. Innovatsion
loyihalarni davlat ekspertizasidan o‘tkazish alohida o‘rin tutadi, chunki
yangiliklarni amalga oshiruvchi ayrim tashkilotlar uchun ularning mumkin bo‘lgan
samaralarini umumiqtisodiy miqyosda baholash mushkul. Ekspertizaning vazifasi
loyihaning ilmiy-texnikaviy darajasini, shuningdek uni bajarishning real
216
imkoniyatlari va samaradorligini baholashdan iborat. Ekspertiza asosida loyihaning
maqsadga muvofiqligi va moliyalashtirish hajmi haqida qaror qabul qilinadi.
Asosan, innovatsion loyihalar ekspertizasiyangi mahsulotlarning va ularni
ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarini baholash bilan cheklanadi. Ushbu
kuzatuv mezonlari quyidagilarni o'z ichiga oladi: innovatsiyalarning yangiligi,
raqobatbardoshligi, iqtisodiy samaradorligi, amalga oshirish muddatlari.
Bilan bir vaqtda, innovatsion loyiha ekspertizasining maqsadi nafaqat uning
ilmiy texnik darajasini baholash, balki ularni amalga oshirish imkoniyatlari va
resurslarini
baholash
hisoblanadi.
Shunday
qilib,
ekspertiza
tashkilot
innovatsiyalarni joriy eta olish, ushbu loyihani malaga oshirish qobiliyatiga ega
bo'lishini tushunish uchun mahsulot sifatiga murojaat qilishi lozim. Aslida,
innovatsion faoliyatning yakuniy natijasi ilmiy singari, texnik darajasiga,
shuningdek u amalga oshiriluvchi sharoitlarga ham bog'liq.
129
Innovatsion loyihalarning ekpertizasi - quyidagilarni majmuaviy tekshirish va
nazorat qilish tadbirlaridir:
-loyiha tarkibiga va innovatsion menejment tarkibiga kiruvchi me‘yoriy –
uslubiy, loyiha - konstruktorlik va boshqa hujjatlar tizimining sifati;
-loyiha rahbari va uning jamoasining kasbiy mahorati;
-innovatsion tashkilotning ilmiy-texnik va ishlab chiqarish salohiyati,
raqobatbardoshligi;
-bajarilgan hisob - kitoblarning ishonchligi, xatarning darajasi va loyihaning
samaradorligi;
-loyihani ishlab chiqish va amalga oshirish mexanizmining sifatlari, qo‘yilgan
maqsadlarga erishish imkoniyatlarini.
Qo‘yilgan vazifalar davrsi bo‘yicha innovatsion loyihalar ekspertizasini
sertifikatsiyalash bilan taqqoslash mumkin. Yirik ekologik, axborot, insonparvarlik
muammolariini hal qilishga qaratilgan, xalqaro yoki milliy ahamiyatga ega
129
Examination of innovative projects through the efqm model: a new approach Vladimir V. Okrepilov, Dr.Econ.,
Professor, Corresponding Member of RAS, General Director of Test-St.Petersburg, St.Petersburg, Russia 2013 –
P.4.
217
qimmatbaho
innovatsion
loyihalar
bo‘yicha
ekspertiza
emas,
balki
sertifikatsiyalashni o‘tkazish to‘g‘ri deb hisoblaymiz.
Ekspertizada tekshiriladiganlarning hajmi va guruhligi bosh buyurtmachi
tomonidan innovatsion loyihaning turi va xususiyatlariga ko‘ra belgilanadi.
130
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilot (IQTT)ning tavsiyalariga muvofiq
innovatsion loyihalarning ekpertizasini quyidagi tamoyillar asosida o‘tkazish
kerak:
1.Ekspertiza natijalari, mutaxassislarni tanlash bo‘yicha munozarali
vaziyatlarda hakamlik rolini bajaruvchi, uni o‘tkazuvchi tadqiqotlarning mustaqil
guruhini mavjudligi;
2.Tadqiqotlar sohasidagi faoliyatda qo‘shimcha qiymatini hisoblashda
yangilik kiritishlar ishlab chiqarishning sifatida ko‘rib chiqiladi;
3.Nazarda tutilayotgan samaradorlikni belgilash imkoniyat va nazorat qilish
uchun vaqtga ega bo‘lish uchun o‘rta muddatli istiqbolda xarajatlarni oldindan
bashoratlash va rejalashtirishni o‘tkazish;
4.Nazorat qilish usullari davlat darajasidagi ilmiy-texnik siyosatga rahbarlik
qilishni rivojlantirish istiqbollari bilan bog‘langan bo‘lishi kerak.
Loyihalarni ekspertiza qilishda tadqiqotlar va ishlamalar natijalarini sotsial,
iqtisodiy va ekologik muhitga bo‘lajak ta‘sirini hisobga olish zarur. Ekspertiza
nafaqat loyihalarni miqdoriy, balki sifatiy baholashga ham ega. Qarorlar qabul
qilishga ekspert guruhining har bir a‘zosi tomonidan berilgan baholar hisobga
olinadi. Ekspertlar ishlab chiqarilayotgan loyihaga tegishli bo‘lgan har qanday
axborotlarni talab qilishlari mumkin. Har qanday ekspert guruhiga ekspertiza
buyurtmachisining yuqori malakali vakili kiritilishi mumkin.
IHTT tomonidan tavsiya qilingan innovatsion loyihalar ekspertizasining
sanab o‘tilgan tamoyillari quyidagilar bilan to‘ldiriladi:
1.Ekspert guruhi ushbu sohada shartnoma asosida ishlovchi yettitadan kam
bo‘lmagan mutaxassislardan tashkil topishi kerak;
130
Акофф Р., Магидсон Д., Эддисон Г. «Идеализированное проектирование: Как предотвратить завтрашний
кризис сегодня. Создание будущего организации», 2007. – С 231.
218
2.Ekspert guruhining ishi mustaqillik, obyektivlik, kasb mahorati, butlik,
tizimlilik, ishning yakuniy natijalaridan manfaatdorlik tamoyillarida tashkil
qilinishi kerak;
3.Ekspert guruhining asosiy vazifasi obyektni loyihalashtirilayotganda
innovatsion tashkilot tomonidan innovatsion menejmentning ilmiy yondashishlari,
tamoyillari va usullariga rioya qilinishini tekshirishdan iborat bo‘lishi kerak.
Innovatsion menejment va har qanday tuzilmani faoliyat yuritishi bo‘yicha
me‘yoriy – uslubiy hujjatlarning yuqori sifatini ta‘minlash innovatsion loyihaning
yuqori sifatiga, ekspert guruhi ishining tashkiliyligi va natijaviyligiga erishishning
muhim sharti bo‘ladi.
Hujjatlarni quyidagi asosiy a‘lomatlar bo‘yicha tasniflash mumkin:
-me‘yoriy – uslubiy ta‘minlash iyerarxiyasining darajasi xalqaro hamjamiyat,
mamlakat, mintaqa, shahar, qishloq, firmadir.
-hujjatning huquqiy statusi – ijro qilinishi majburiylar (qonunlar, standartlar,
farmonlar, qarorlar, qoidalar, dasturlar, rejalar, rasmiy buyruqlar) va tavsiyaviylar
(qo‘llanmalar, uslubiyotlar, yqriqnomalar va h.k.);
-hujjatning mazmuni - texnik (investitsion loyihalar, konstruktorlik -
texnologik hujjatlar, uslubiyotlar va h.k), iqtisodiy (texnik-iqtisodiy asoslash,
moliyaviy, buxgalteriya, soliq hujjatlari, biznes-rejalar va h.k ), tashkiliy (tashkiliy
loyihalar, tashkiliy tuzilma ustavi, bayonnomalar, yo‘riqnomalar va h.k).
Firma hujjatlarining majburiy atributlari (alomatlari) - hujjatning maqsadi,
ishlab chiqish uchun asos, ushbu maqsad (vazifa, xizmat menejment tizimining
tizimchalari) ning o‘rni, maqsad (vazifani hal qilishda rioya qilinishi zarur bo‘lgan
ilmiy yondashishlar va tamoyillarga ishoralar) axborotning iste‘molchilari, ulardan
foydalanish me‘yorlari va qoidalari, ijrochilarning ehtimol bo‘lgan doirasi, ishning
sifati, resurslarni tejash, muddatlarga nisbatan talablar, jazolar, axborot manbalari.
Uslubiy hujjatlarda bu ma‘lumotlardan tashqari aniq uslublar berilishi kerak.
Hujjatlarni sifatning quyidagi mezonlari bo‘yicha baholash taklif qilinadi:
219
1.Hujjatning majmuaviyligi, ya‘ni unda texnik, ekologik, ergonomik,
iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy va boshqa masalalar ularning o‘zaro bog‘liqligi
hujjatni maqsadga qaratilganida ko‘rib chiqish;
2.Hujjat (obyekt) ni ekologik, xavfsizlik, o‘zaro almashtira olinishi, patentli
sofligi, huquqiy himoyasi va boshqa masalalar bo‘yicha xalqaro talablarga mos
kelishi darajasi;
3.Jahon yutuqlaridan foydalanilganlik darajasi va hujjatni jahon standartlari
bilan uyg‘unlashuvi integratsiyalashishi;
4.Hujjatni ishlab chiqishda qo‘llanilgan ilmiy yondashishlar (tizimli,
marketingli, qayta ishlab chiqaruvchi, vazifaviylar)ning soni;
5.Hujjatni ishlab chiqishda qo‘llanilgan zamonaviy usullar (vazifaviy -
qiymatiy tahlil, modellashtirish, bashoratlash, muvofiqlashtirish va boshqalar)ning
soni. Agar bu usullarni obyektini ishlab chiqishda qo‘llash tavsiya etilsa, unda bu
talab hujjatda aniq qayd etilishi kerak;
6.Boshqaruv qarorlarining iqtisodiy asoslanganligi;
7.Hujjatni takrorlanishi, uning istiqbolligi, qo‘llash ko‘lami;
8.Hujjatni ilmiy doiralar, boshqaruvning davlat va mintaqaviy idoralari va
amaliyotda ma‘qullanganligi;
9.Hujjatni ishlab chiquvchi tashkilotlarning obro‘si va uni ishlab
chiqaruvchilarning malakasi;
10.Hujjatni muvofiqlashtirgan va tasdiqlagan idoralar;
11.Hujjatni rasmiylashtirishda standartlarga rioya qilinishining darajasi,
tushunchalarning bir ma‘noligi, bayon qilishni aniqligi, ishonchliligi,
ko‘rgazmalilik.
Sifatning sanab o‘tilgan mezonlari (talablari)ga javob beruvchi hujjatlar ichki
va tashqi bozorda raqobatbardosh bo‘ladilar. Hujjatning sifati tovarlar, firmalar,
mamlakatlarning raqobatbardoshligi ta‘minlashning asosiy sharti bo‘ladi.
Innovatsion loyihalarning ekspertizasini o‘tkazish metodikasi boshqaruv
qarorlarini tahlil qilish, bashoratlash, ishlab chiqishning usullari va yo‘llariga
asoslanadi. Quyidagilar ekspertizaning eng keng tarqalgan usullari bo‘ladilar.
220
-innovatsion loyihaga kiritilgan va ekspert (sertifikatsion) sinovlar natijasida
olingan ko‘rsatkichlarni obyektni qo‘llashning ekologikligi, ergonomikligi,
xavfsizligi bo‘yicha xalqaro va milliy talablar, uning birga bo‘la olishligi, o‘zaro
almasha olishligining ekspertizasi, ushbu sohadagi jahon yutuqlarining boshqa
parametrlari bilan solishtirish usullari;
-ekspertli;
-indeksli;
-balansli;
-grafik (jadvalli) va boshqa usullar va yo‘llar.
Bu usullar muqobil emaslar, ular bir birlarini to‘ldiradilar.
Bitta tarkibiy qism (bo‘lim, muammo) uchun bitta usul qo‘llaniladi, boshqasi
uchun boshqa. Har qanday usulni qo‘llashda innovatsion menejmentning ilmiy
yondashishlari va usullarini qo‘llamasdan bo‘lmaydi.
Quyida S.D. Ilenkova rahbarligi ostidagi jamoa tomonidan yozilgan
―Innovatsion menejment‖ darsligida bayon qilingan loyihalarni ekspertiza qilish
metodikasi bayon qilinadi.
Federal
ilmiy-texnik
dasturlarini
amalga
oshirish
uchun
davlat
buyurtmachilari tomonidan tanlov asosida olingan dasturlar ijrochilari bilan davlat
shartnomalari tuziladi.
Ekspert bahosi ekspert anketasi savollariga javoblar ko‘rinishida
shakllantiriladi va ekspert yakuniy xulosasining quyidagi variantlarini ko‘zda
tutadi:
5 - loyiha shubhasiz qo‘llab quvvatlashga loyiq;
4 - loyiha qo‘llab - quvvatlashga loyiq;
3 - qo‘llab – quvvatlanishi mumkin;
2 - loyiha qo‘llab - quvvatlashga loyiq emas;
1 - loyiha ekspert kengashi tomonidan ko‘rib chiqishga loyiq emas.
Ekspert bahosida obyektiv ekspertizani qiyinlashtiruvchi holatlar hisobga
olinadi. Bu ―manfaatlarning janjali‖ bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin: Ekspertning
ilmiy manfaatlari va loyiha mazmuni mos kelmaydi; ekspert loyihasining rahbari
221
va ijrochilari bilan, ilmiy rahbariyat loyiha rahbari yoki ijrochilari bilan ilmiy
rahbariyat rahbar (loyiha asosiy ijrochilaridan biri bilan sheriklik, moliyaviy),
qarindoshlik munosabatida turgan yoki turadi.
Ekspert bahosi loyihaning ilmiy mazmuni va muallif (yoki mualliflar jamoasi)
ilmiy salohiyatining tahlil asosida beriladi.
Loyiha ilmiy mazmunining tahlilida quyidagilar hisobga olinadi:
1.Loyiha g‘oyasini bayon qilinishining aniqligi (aniq, noaniq);
2.Tadqiqot maqsadlari va usullarining aniqligi (aniq, noaniq);
3.Loyihaning sifat ta‘riflari (loyiha quyidagilarga ega: fundamental xarakter;
fanlararo yoki tizimli xarakter; amaliy xarakter);
4.Ilmiy boshlanish quyidagilar mavjud: loyihada shakllangan muammoni hal
qilishda katta ilmiy va metodologik boshlanish; berilgan mavzu bo‘yicha nashrlar;
muammoni hal qilishning ilmiy – uslubiy ishlab chiqilishi yo‘q);
5.Muammolani qo‘yilishining yangiligi (tadqiqot muammosi muallif
tomonidan birinchi marta shakllantirilgan va ilmiy asoslangan; muallif tomonidan
muammoni hal qilishga noyob yondashishlar taklif qilingan; loyihada
shakllantirilgan tadqiqot muammosi fanga ma‘lum va muallif tomonidan
muammoni hal qilishga noyob yondashishlar taklif qilinmagan).
8.4-rasm.
Dostları ilə paylaş: |