Toshkent moliya instituti hisob va audit fakulteti «buxgalteriya hisobi» kafedrasi



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/23
tarix13.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#175244
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


67 
XULOSA VA TAKLIFLAR 
Bugungi kunda hech bir milliy moliya bozori xalqaro moliya bozoridan 
ajralgan holda rivojlana olmasligi aniq holatdir. Shuning uchun yagona 
xalqaro standartlarni ishlab chiqish jarayonini to’xtatib bo’lmaydi.
Biz yuqorida bozor iqtisodiyoti sharoitida xizmat ko’rsatuvchi 
korxonalarda buxgalteriya hisobi va auditni o’rni, ahamiyati, vazifalari va 
buxgalteriya hisobini takomillashtirish masalalari va ularni yo’lga qo’yish va 
yuritishning shaklini hamda auditorlik tekshiruv natijalarini umumlashtirish 
bilan kengroq tanishib chiqdik. 
Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish davrida, rivoj topayotgan 
iqtisodiyotning yangi bir bosqichida xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda 
buxgalteriya hisobi va auditni tizimli tashkil etish muhim masala sifatida 
qaraldi va quyidagicha takliflar berildi. 
1.Bozor iqtisodiyoti sharoitida xizmat ko’rsatuvchi korxonalar 
faoliyatini moliyaviy-xo’jalik faoliyati natijalarini yaxshilash hamda 
ularning hisobini O’zbekiston Respublikasida belgilangan me’yoriy-
huquqiy hujjatlar asosida tashkil etish muhim ahamiyatga egadir. 
Shuningdek, har bir xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda auditorlik 
tekshiruvini tashkil etish ham iqtisodiy ahamiyatga molikdir.
2. Bitiruv malakaviy ishi bozor munosabatlari sharoitida 
Respublikamiz iqtisodiyotida xizmat ko’rsatuvchi korxonalarning 
ahamiyati, ularni tashkil qilish va rivojlantirish zarurati asoslangan. Unda 
xizmat ko’satuvchi korxonalarning umumiy va farqli jihatlari iqtisodchi 
olimlar fikrlari hamda me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida ifodalab 
ko’rsatilgan. 
3. Bitiruv malakaviy ishida soha korxonalarida hisob tizimi oldiga 
qo’yilgan vazifalar belgilab berilgan. Shuningdek, bitiruv malakaviy 
ishida 
xizmat 
ko’rsatuvchi 
korxonalar 
buxgalteriya 
hisobini 
takomillashtirishning asosiy yo’nalishlari ishlab chiqilgan. 


68 
4. Bu mavzu asosida bitiruv malakaviy ishida xizmat ko’rsatuvchi 
korxonalarida 
buxgalteriya 
hisobining 
konseptual 
asoslarini 
takomillashtirishga oid ilmiy tavsiyalar berilgan. Shu bilan birga moliyaviy 
va boshqaruv hisobini sohada qo’llashga ehtiyoj mavjudligi ta’kidlangan. 
Ayniqsa, xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda buxgalteriya hisobini 
yuritish tartibi alohida har bir korxona bo’yicha ko’rsatib o’tilgan. 
5. Xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda dastlabki va yig’ma hujjatlarni 
takomillashtirish bo’yicha muhim ilmiy takliflar berilgan. Bitiruv malakaviy 
ishida tovarlarning kirimi va chiqimi, jo’natish va sotish muomalarini 
hisobga olish, xizmat ko’rsatish jarayonidagi muomalalar va xarajatlarni 
hisobga olish, tovarlar inventarizatsiyasini to’g’ri rasmiylashtirish borasida 
tavsiyalar berilgan. 
Mavzuga aloqador korxonlar davlat oldidagi majburiyatlar ya’ni soliq 
majburiyatlar, davlat maqsadli jamg’armalariga ajratmalar va boshqa 
majburiyatlarni hisoblash ochib berilgan . 
6. Bitiruv malakaviy ishida xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda auditni 
tashkil qilishnig ahamiyati ochib berilgan. Shuningdek, ushbu mavzu 
asosida mazkur korxonalarda tashqi auditorlik tekshiruvini o’tkazish tartibi 
ishlab chiqilgan va auditorlik faoliyatiga qo’yiladigan umumiy talablar 
belgilab berilgan. Shu bilan birga, xizmat ko’rsatuvchi korxonalarida audit 
o’tkazish rejasining namunaviy shakli tavsiya etilgan. 
Xizmat ko’rsatuvchi korxonalarida buhgalteirya hisobi va auditini 
tashkil etishning nazariy va amaliy aoslari ochib berildi. Mamlakatimizda 
amalga oshirilayotgan islohotlarning borishi jarayonida mamlakatning 
iqtisodiy sohalarining rivojlanishiga keng yo’l ochib berish asosiy masalaga 
aylandi. Albatta bitiruv malakaviy ishiga aloqador bo’lgan xizmat 
ko’rsatuvchi korxonalar faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi. Chunki 
mamalakatning iqtisodini rivojalantirishda bu korxonalar alohida o’rin 
tutishini biz yuqorida ko’rsatib o’tdik. 


69 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin