Toshkent moliya instituti hisob va audit fakulteti «buxgalteriya hisobi» kafedrasi


partiyalar yoki ularning nomlari, navlari, kelib tushish baholari bo’yicha



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/23
tarix13.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#175244
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23

partiyalar yoki ularning nomlari, navlari, kelib tushish baholari bo’yicha 
saqlanadi. Ushbu belgilariga qarab tovarlarning ombor hisobi partiyali va navli 
usullarda yuritilishi mumkin. 
Savdo korxonalarida tovarlarning kirimini hisobini yuritish. Ulgurji savdo 
korxonalarida 21-son BHMS ga muvofiq tovarlarning omborlarga kirimining 
sintetik hisobi ikki usulda olib borilishi mumkin. 
1-usul. Omborlarga kirim qilingan tovarlarni bevosita 2910 «Omborlardagi 
tovarlar» schyotida hisobga olish usuli. Ushbu schyotda tovarlar uzluksiz hisob 
tizimi asosida sotib olish baholarida aks ettiriladi. Qiymat tamoyiliga muvofiq 
tovarlarning tannarxiga ularni ta’minotchilardan sotib olish baholaridagi qiymati 
va sotib olishga doir barcha qo’shimcha xarajatlar kiritiladi. 
2-usul. Tovarlarni sotib olinishini maxsus schyotda, ya’ni 1510 «Tovar-
moddiy boyliklarni sotib olinishi» schyotida hisobga olish usuli. Ushbu schyotda 
tovarlar uzluksiz hisob tizimiga muvofiq sotib olish baholarida, ya’ni tannarxi 
bo’yicha aks ettiriladi. Qiymat tamoyiliga muvofiq tovarlarning tannarxiga 
ularni ta’minotchilardan sotib olish baholaridagi qiymati va sotib olishga doir 
barcha qo’shimcha xarajatlar kiritiladi. Sotib olishga doir barcha xarajatlar oldin 
1510 «Tovar-moddiy boyliklarni sotib olinishi» schyotida to’planadi va tovarlar 
omborga kirim qilingach ushbu schyot 2910 «Ombordagi tovarlar» schyotiga 
yopiladi. 
Tovarlar sotilishi va boshqa chiqimlarning hisobini yuritish. Savdo 
korxonalari tovarlarni o’zlarining distribyutorlariga, shuningdek boshqa 
tovarlarni o’z xo’jalik maqsadlarida foydalanuvchi tashkilot va muassasalarga 
tuzilgan shartnomlar asosida kelishuv baholarida yirik va mayda partiyalar bilan 
naqd va naqdsiz pulga hisob-kitoblar asosida sotadilar. 
 


32 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin