Hulosa va takliflar
Mavzu bo'yicha o'rganilgan fikrlardan kelib chiqib quyidagi hulosalarga
kelindi.
1. O'zbekiston Respublikasida mehnatga haq to'lash sohasidagi katta
muammolardan biri bo'lib mehnat haqini o'z vaqtida bermaslik, mehnat haqining
iste'mol savati summasidan ancha pastligi (ohirgi yillarda minimal ish haqi
hayot faoliyatini normal yuritish uchun kerakli iste'mol savatining 20 %ni
tashkil qilmoqda), mehnat haqining rag’batlantirish fun siyasini es in
pasayishi (mehnat haqining miqdori ishchining tajribasi, tasnifi, korxonaning
yakuniy natijasini qanday hissa qo'shganligi bilan belgilanmayapti), mehnat
haqining miqdori ishchining haqiqiy ish natijasiga emas, balki uning ta'lim
ma'lumoti, professionalligi, tasnifiga qarab differensiyalashmaganligi
(differensiya - har-xillik).
2. Mehnat haqining asosiy muammosi, hozirgi sharoitda mehnat haqining bozor
munosabatlari tizimga o'tib borayotganligidadir. Bu muammoni echish juda
mushkul, chunki mehnat va unga haq to'lashni tashkil qilish va tartibga
solishdagi eski tizim buzilgan, yangi bozor munosabatlari talablariga javob
beradigan yangi tizim endigina qurilmoqda va yangi tizimni to'liq va to'kis
qurish anchagina vaqat va mashaqqat talab etadi. Bu tizimni qurishda
O'zbekiston sharoitidagi mehnatga haq to'lashning mavjud amaliyotdagi va
xorij tajribasidagi shakllarini tubdan o'rganib chiqish lozim bo'ladi.
3. Fikrimizcha, mehnatga haq to'lashdagi ushbu yondashuv O'zbekiston
Respubli asi
bud et
muassasalaridagi
ishchilarni
rag’batlantirishni
takomillashtirishda qo'llanilishi mumkin. Bizning nuqtai nazarimizda 22
razryaddan tashkil topgan Yagona tarif tizimining har birining ichida 4-5
bo'linma yoki yacheyka tashkil etish kerak. Bularda haqiqatda ishlangan ish
natijalariga qarab mehnat haqi farqlanishi lozim. Bu esa budjet muassasalarida
faoliyat o'rsatayotgan ishchilarni rag’batlantirish va o'z ishlariga qiziqtirishni
ko'zda tutadi. Bir xil sharoitda ishlagan va turli xil ish natijasiga ega bo'lgan
ishchilar har xil ish haqi bilan mukofotlanadilar.
4.O'tish sharoitida insonlar boshqa usullar bo'lsa hamki, afsuski, ko'pincha bo'sh
pul mablag’larini uyda saqlashadi.Bunday sharoit esa iqtisodiyotda naqd pul
mablag’larining oborotdan chetlashishiga olib eladi, ya'ni inflyatsiyani eltirib
chiqarishga sabab bo'ladi.
Shunday ekan, ish haqini naqd pulda emas, balki plastik kartochkalarda berilishi
inflyatsiyani oldini olishga sabab bo'lur edi.
5.Ishchi-hizmatchilarga mehnat haqi berishda plastik kartochkalarni qo'llash
zamon talabi bo'lsada, Respublikamizda uni joriy qilish bo'yicha amaliy ishlar
sust olib borilmoqdi.Plasti artoch alarni yuridi asosi bo'lib «Plasti
kartochkalardan foydalanilgan holda naqdsiz hisob-kitoblar milliy tizimi
to'g’risida»gi Nizom hisoblanadi.
Hulosa qilib shu fikrni bildiramizki bugungi kunda respublikamizda ish
haqi fondi va uning shakllarini davr talablaridan kelib chiqib yangilash,
modernizatsiya qilish tadbirlarini amalga oshirish zaruratdir. Bu boradagi
ishlarni o'z vaqtida to'g’ri ba arilishi yurtimiz iqtisodiyotini barqaror
rivojlanishida o'z o'rniga egadir.
Mavzuni o'rganish jarayonida bu borada bir qator nazariy kamchiliklar,
takomillashtirish talab etiladigan holatlar mavjudligi aniqlandi. Kamchiliklarni
bartaraf etish hamda amaldagi tartiblarni davr talablari asosida takomillashtirish
uchun quyidagi takliflar ishlab chiqildi va tavsiyalar bildirildi.
Respublikamizda qabul qilingan inqirozga qarshi choralar dasturi asosida
va unda belgilangan vazifalardan kelib chiqib ho'jalik sub'ektlarining amalda
bo'lgan ish haqi tizimidagi kamchiliklarni topish hamda bartaraf etish, uni
uslubiyatini, shaklini, ma'lumotlar tizimini yangi g’oyalar, tartiblar, talablar
asosida takomillashtirish shu soha mutahassislari oldida turgan dolzarb
masalalar deb hisoblaymiz va bu boradagi o'z qarashlarimizni bildirib o'tamiz.
Umuman «mehnatga haq to'lash - ma'lum miqdor va sifat darajada bajarilgan
mehnat uchun rag’batlantirishning sha lidir»Mehnat haqini iqtisodiy - ijtimoiy
kategoriya sifatida ham ishchi-hodim ham ish beruvchi nuqtai nazaridan
mohiyatini ko'rib o'tishni talab etadi.
Ishchi uchun mehnat haqi - daromadlarining asosiy va bosh moddasi
hisoblanadi. Mehnat haqining rag’batlantiruvchi fun siyasidan elib chiqib,
ishchi o'zi olayotgan ish haqini oshirish uchun mehnat unumdorligini oshiradi
bundan ishchi va uning oilasining hayot darajasini oshiradi.
Ish beruvchi uchun mehnat haqi - bu ishchi kuchini jalb qilish uchun harajatlar
qilinadigan vosita. Bu esa mahsulot tannarhining asosiy harajatlar moddasi
hisoblanadi.
Shuningdek, kunda O'zbekiston Respublikasi Milliy Banki korxonalar
tomonidan mehnat haqisini so'm plastik kartochkalarda berish bo'yicha 200 dan
ortiq loyiha ishlab chiqilib, tatbiq qilingan. 42 korxonada ish haqini o'z vaqtida
olish uchun bankomatlar o'rnatilgan. Fikrimizcha yuqoridagi usuldan
Respublikamizda keng tatbiq qilib foydalanilsa foydadan holi bo'lmaydi va bir
qancha afzalliklarga ega bo'linadi hamda bunday usul barcha korxona va
tashkilotlarga tavsiya qilinadi.
Milliy kartochkalar tizimini yaratishning asosiy maqsadi muomaladagi naqd
pullarni qisqartirish, pul muomalasini tartibga solish, axoli pul mablag’larni alb
etish va axoliga hizmat ko'rsatishda ularga qulaylik yaratish uchun xalqaro
miqiyosdagi e'tirof etilgan bank hizmatlarini vujudga keltirishdan iborat.
Mehnat haqini takomilashtirish yuzasidan quyidagi mulohozalalarni aytib o'tish
lozim deb o’ylaymiz:
Birinchidan, korxonalar moliyaviy resurslar harakati yuzasidan har qanday
to'siqlarni olib tashlashlari lozim,shuningdek korxonalarni qarz munosabatlari
asosida moliyaviy resurslar bilan uzluksiz ta'minlanish kabi funksiyalarini ham
kuchaytirish lozim
Ikkinchidan, korxonada faqat ish haqi emas, balki mehnat haqining boshqa
shakldagi to'lovlari (mukofat, rag’batlantirishlar, 13,14,15 oylik ish haqlari va
h.k.) ga ham keng yo'l berish lozim. Mehnat haqini plastik kartochkalarda
oladigan barcha korxonalarga bankomatlar o'rnatish va uni doimiy ravishda
ishlab turishini ta'minlashi lozim.
Uchinchidan, ish haqi to'lovlari yuzasidan majburiy to'lovlar bilan ish haqi
to'lovlari o'rtasidagi mutanosiblikni ta'minlash bankning muammosi emas, balki
korxonaning muammosi bo'lmog’i va uning uchun orxona ma'muriyati avob
berishi lozim va haqiqatda ham shunday. Lekin bizning hozirgi holatimizda
bank soliq, moliya, turli fondlarni shtatdan tashqari hodimi sifatida ular nomidan
ish ko'ruvchi tashkilotga aylanib qolmoqda.
Korxonada mehnat haqini berilishi yuzasidan quyidagi fikrlar bilan o'rtoqlashar
ekanmiz, ish haqining bankdan olinishi qat'iy tartib-qoidalar asosida o'rinsiz
ravishda kechiktirilmoqda. Bitta ish haqi sifatida bankdan naqd pul olishning
o'ziga, 9 ta ma'sul shahsning imzosi olinishi kerak va pul olishga 3 kun vaqt
ketadi. Pul emissiyasi qiyin holatlarda bu muddat yanada cho'ziladi. Birinchi
kun chek yozish va zaruriy ajratmalarni o'tkazishga, ikkinchi kun pulni olishga,
uchinchi kun pulni tarqatishga ketadi. Vaholanki, bu kunlarni ish jarayoniga
ta'sirini umuman bag’olab bo'lmaydi. Huddi shu muddatda ban mi ozining
sarflar ko'lamiga ham e'tibor berish lozim.
Mehnatga haq to'lash hisobi va mehnat unumdorligi tahlilini takomillashtirish
bo'yicha quyidagilarni taklif qilamiz:
1.Hozirda o’p orxonalardamehnat haqining dastlabki hisobi tahlil qilinganda,
xodimlarning mehnati va bajargan ishlarni hisobga olish va ularga mehnat haqi
hisoblash hamda to'lashda turli xil buxgalteriya hujjatlari rasmiylashtiriladi.
Ushbu hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonida yozuvlarni olib borish qo'lda
amalga oshiriladi, ya'ni hujjatlarni to'ldirish va qayta ishlash jarayonida
hisoblash texni asidan o’p hollarda foydalanilmaydi. Hozirgi unda
buxgalteriya hisobini, ayniqsa mehnat haqi hisobi bo'yicha bir qancha dasturlar
mavjud bo'lib, ulardan foydalanishni taklif qilamiz.
2.Mehnat haqi bilan bog'liq ajratmalar va mehnat haqidan ushlanmalar hisobini
korxona va tashkilotlarda olib borilishini tahlili shuni ko'rsatadiki, korxonada
yuqorida qayd etilganlarning hisobi korxonada to'g'ri yo'lga qo'yilishi. Lekin,
ushbu hisob-kitoblarni olib borilishi faqat moliyaviy hisob tamoyillari asosida
olib borilib, korxonada ular bo'yicha ma'lumotlar alohida yuritilib, korxona
boshqaruvchilari uchun alohoda hisobot tuzilmaydi.Shuning uchun korxonada
mehnat haqi fondini sarflarini doimiy nazoratini tahminlash, mehnat haqini
oshirib borish uchun ichki imkoniyatlarni aniqlash maqsadida boshqaruv
hisobining tamoyillarga mos keladigan hisobot tuzishni taklif qilamiz.
3."AVTOOYNA" MCHJ korxonasini2014 -yilda 2013- yilga nisbatan tovar
mahsuloti hajmining o'sish sur'atini hisobga olmagan holda ish haqi fondi
bo'yicha 20353.1 ming so'm mutlaq ortiqcha xarajatga yo'l qo'yilgan. Tovar
mahsuloti hajmining o'sish sur'atini (12.1 foiz) hisobiga olganda esa, ortiqcha
xarajat 9564.5 ming so'mni tashkil etdi. Bu esa korxonaning mehnat
resurslaridan oqilona foydalanmaganligidan dalolat beradi.Shuning uchun,
korxonada mehnat resurslaridan samarali foydalanish tavsiya etiladi.
4."AVTOOYNA" MCHJ korxonasini2012-2014 yillarda mehnat haqi fondini
43313.6 ming so'mi korxonada ishlovchilar sonini oshishi hisobiga oshgan
bo'lsa, 12576.4 ming so'mi o'rtacha bir xodimga hisoblangan mehnat haqining
oshishi hisobiga oshgan. "AVTOOYNA" MCHJ korxonasida mehnat haqi va
mehnat haqi fondini tahlil qilib, quyidagilarni taklif qilamiz:
- korxonada mehnat unumdorligini oshirish bo'yicha chora-tadbirlar ishlab
chiqish va uni bajarilishini ta'minlash lozim. Bu korxonada mehnat haqini
oshishini mehnat unumdorligini oshishiga mutanosibligini ta'minlashiga olib
keladi;
- korxonada mehnat haqini tashkil etish va xodimlarga mehnat haqi hisoblash
hamda ularga oylik maoshlari stavkasini belgilashda, xodimlarning korxonada
ishlab chiqarishga qo'shayotgan hissasini, malakasini hisobga olish kabi
tavsiyalarni beramiz va ishonamiz i ela a da “AVTOOYNA” MCHJ va
boshqa shu abi qator orxonalarni istiqbollari porloq bo’lishiga.
|