Mavzu:Moliyaviy rejalashtirish jarayonining asosiy bosqichlari Reja: Kirish 1. Moliyaviy rajalshtirish bosqichlari 2. Moliyaviy reja tuzish 3. Moliyaviy reja tuzishdagi omillar Xulosa
Kirish Moliyaviy rejalashtirish - bu sizning pulingiz uchun aniq maqsadlarni belgilash, shuningdek, o'z mablag'laringizni tejashdan tortib ko'plab rejalarga qanday yo'naltirishni aniqlashdir. sarmoya, xarajatlar rejalari, favqulodda vaziyatlar va moliya bilan bog'liq bo'lgan boshqa narsalar.
Moliyaviy rejalashtirish jarayonining quyidagi asosiy bosqichlarini ajratib ko’rsatish mumkin: 1.xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining moliyaviy natijalarini tadqiq etish; 2.operativ rejalarning o’zgarishi asosida moliyaviy hisobotlarning bashorat variantlarini ishlab chiqish; 3.o’z reja topshiriqlarining bajarilishini ta’minlash uchun xo’jalik yurituvchi subyektning moliyaviy resurslarga bo’lgan konkret ehtiyojlarini aniqlash 4.moliyalashtirish manbalari (shu jumladan, o’z va tashqi manbalarning) va ularning tarkibiy tuzilishini bashoratlash; 5.xo’jalik yurituvchi subyektlar moliyasini boshqarishning tizimini yaratish va uni ushlab turish (qo’llab-quvvatlash); 6.shakllantirilgan rejalarni operativ o’zgartirish tartibini (prosedurasini) ishlab chiqish.
Moliyaviy rejalashtirish jarayonining asosiy bosqichlari.
.
Moliyaviy rejalashtirishning ikki turi bo’lishi mumkin:
1.strategik moliyaviy rejalashtirish
2.joriy moliyaviy rejalashtirish.
.
Strategik moliyaviy rejalashtirish o’z ifodasini strategik moliyaviy rejalarda topadiki, u tashqi va ichki muhitda o’zgarayotgan xo’jalik yuritish subyekti moliyaviy taraqqiyotining ko’p variantli bashoratidan iboratdir. Strategik moliyaviy reja, hech bo’lmaganda, quyidagi savollarga aniq javob bermog’i lozim: xo’jalik yurituvchi subyekt uchun talab qilinadigan kapitalning o’lchami qanday, u qaysi manbalar hisobidan va qanday muddatlarda jalb qilinadi? bu kapitaldan qanday qilib foydalaniladi? o’z kuchiga ishongan holda xo’jalik yurituvchi subyekt rivojlanishi mumkinmi? Agar yo’q bo’lsa, moliyaviy resurslarni jalb qilishning manbalari qanday? xo’jalik yurituvchi subyekt pul mablag’lari tushumi, ishlab chiqarishning rentabelligi va investisiyalar daromadligining qanday darajalariga chiqishi mumkin va qay muddatlarda?