Toshkent moliya instituti Iqtisodiyot fakulteti moliya fanidan



Yüklə 146,35 Kb.
səhifə2/4
tarix20.11.2023
ölçüsü146,35 Kb.
#162386
1   2   3   4
Moliyaviy rejalashtirish

.


O’z navbatida, joriy moliyaviy rejalashtirishning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat:
ishlab chiqarish, investision, marketing, ilmiy-loyihaviy va qidiruv faoliyatlarini hamda loyihalarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan moliyaviy resurslarning hajmi va ularning manbalarini aniqlash
mahsulotni (ishni, xizmatni) ishlab chiqarish va realizatsiya qilish tannarxini rejalashtirish
pul oqimlarini rejalashtirish
butun xo’jalik yurituvchi subyekt doirasida foydani rejalashtirish (bashoratlash)
investisiyalarning daromadliligini rejalashtirish.

.


Ma’lum bir muddatni qamrab olishiga qarab, moliyaviy rejalar quyida ikki guruhga bo’linishi mumkin: uzoq muddatli moliyaviy rejalar; qisqa muddatli moliyaviy rejalar.
Uzoq va qisqa muddatli moliyaviy rejalar bir-birlaridan nafaqat o’zining qamrab olish gorizonti bo’yicha, balki rejalashtirish maqsadlariga ko’ra ham farqlanadi. Agar uzoq muddatli moliyaviy rejalarning (rejalashtirishning) bosh maqsadi moliyaviy barqarorlik nuqtai-nazaridan firma kengayishining yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan sur’atlarini aniqlash bo’lsa, qisqa muddatli moliyaviy rejalarning (rejalashtirishning) bosh maqsadi firmaning doimiy to’lovga qobilligini ta’minlashdan iboratdir. Alohida olingan xo’jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy rejasi unga tegishli bo’lgan biznes-rejaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Unda marketing, operativ faoliyat, mulkka egalik huquqi va korxona faoliyat ko’rsatishining boshqa yo’nalishlari (aspektlari) qiymat ko’rsatkichlarida ifodalanadi. Moliyaviy reja korxona butun faoliyatini moliyaviy jihatdan ta’minlashning instrumenti sifatida maydonga chiqadi va bir vaqtning o’zida, shu faoliyatning moliyaviy natijalarini xarakterlaydi. Biznes-rejaning tarkibida moliyaviy reja quyidagi yo’nalishlar bo’yicha ishlab chiqiladi:
bozorlarni va ko’zda tutilayotgan sotuvlar hajmini o’zlashtirishning loyihaviy ko’rsatkichlarini ishlab chiqish;
tannarxning turli ko’rinishlarini (to’liq, ishlab chiqarish, to’g’ri va boshqalar) hisob-kitob qilish. Bu yerda marketing tadqiqotlari, reklama, bozorlarni o’zlashtirish xarajatlarini hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi;
pul mablag’larining yillik oqimini loyihalashtirish va moliyaviy natijalarni aniqlash. Bu tushumlarning kelib tushishi, debitorlik va kreditorlik qarzlarining o’zgarishi, moliq to’lovlarini optimallashtirish va boshqalar bo’yicha dinamikalarning bashorat qilinishini taqoza etadi;
zaruriy investisiyalarning hajmi, ishlab chiqarishni kengaytirish bo’yicha moliyaviy resurslarning hajmi, ularning samaradorligi va foydaga ta’sirini aniqlash;
va boshqalar.

Yüklə 146,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin