Toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti


Korxona (muassasa, tashkilot) rahbari



Yüklə 455,49 Kb.
səhifə3/14
tarix20.09.2023
ölçüsü455,49 Kb.
#145803
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
3 курс учун АМАЛИЁТ

Korxona (muassasa, tashkilot) rahbari ___________________ ________
(nasl nomasi va ismi) (imzo)
1-mavzu. Korxona tashkiliy tuzilmasi bilan tanishish va xo‘jalik subyektining iqtisodiyotda tutgan o‘rnini tahlil qilish (davomi)
Bank missiyasi - iqtisodiyotning agrar sektorini yanada barqaror rivojlantirish, qishloq xo'jaligida iqtisodiy islohotlarni izchillik bilan chuqurlashtirib borish, fermerlik harakatini qo'llab-quvvatlash, uning moddiy va moliyaviy bazasini mustahkamlash, qishloq xo'jalik mahsulotlarini chuqur qayta ishlovchi, zamonaviy raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish bo'yicha ilg'or texnika va texnologiyalarni amaliyotga tatbiq qilish hamda ichki bozorni mahalliy oziq-ovqat tovarlari bilan to'ldirishga yo'naltirilgan keng turdagi bank xizmatlarini ko'rsatishdir. Agrobankning rivojlanish tarixi:

  • 1988 yil - Bank 1988 yil 1 yanvarda O'zSSR Davlat banki asosida SSSR Agroprombankining bo'linmasi sifatida O'zSSR Agroprombank nomi bilan va respublikada 155 filiali bilan tashkil etilgan.

  • 1990 yil - 18.07.1990 yildagi SSSR Vazirlar Maxkamasining №703 sonli qaroriga asosan Agroprombank SSSR tizimidan ajralib chiqqan xolda mustaqil yopiq aksionerlik jamiyati sifatida yangi O'zbek aksionerlik tijorat bank "Uzagroprombank" tashkil etish to'g'risidagi qaror qabul qilindi.

  • 1993 yil - mamlakatning tarixida birinchi marta "Uzagroprombank" tomonidan Turkiya "Ziroat Banki" bilan birgalikda "UT Bank - O'zbekiston - Turkiya" qo'shma banki ta'sis etildi.

  • 1994 yil - "Uzagroprombank" birinchi bo'lib nominal qiymati 1000 so'mlik bo'lgan 100 mln so'mlik aksiyalarni chiqardi.

  • 1995 yil - O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 27 iyuldagi №294-sonli qarori asosan yopiq aksiyadorlik tijorat banki "Uzagroprombank" asosida yangi ochiq aksiyonerlik tijorat banki "Agrobank" tashkil etildi.

  • 1997 yil - "Paxta-Bank" SWIFT OATB jahon banklararo moliyaviy telekommunikatsiyalar hamjamiyati a'zoligiga qabul qilindi.

  • 1998 yil - OATB "Paxta Bank" Osiyo-Tinch okeani qishloq xo'jaligini kreditlash assotsiatsiyasining (APRAKA) a'zosi bo'ldi.

  • 1999 yil - OATB "Paxta Bank" qishloq xo'jaligini kreditlash Xalqaro Kenfederatsiyasi (KIKA) ning teng huquqli a'zosiga aylandi .

  • 2000 yil - Evropa tiklanish va taraqqiyot banki keridt linyasini jalb etish bo'yicha bitm imzoladi.

  • 2001 yil - "Paxta Bank"ning birinchi plastik kartochkasi joriy qilindi.

  • 2001 yil - Eksimbank va Xitoy Xalq respublikasining kredit liniyasi ochildi.

  • 2003,2004,2007,2008,2009 - Britaniyaning "FT Business Financial Times" gazetas va "The Banker" jurnali fikriga binoan bank O'zbekiston respublikasida "Yil banki" sifatida tan olindi.

  • 2007 yil - "Paxta Bank" O'zbekiston Respublikasidagi tijorat banklar ichida birinchi bo'lib Fitch Ratings xalqaro reyting kompaniyasining to'liq xalqaro reytingini olishga muvaffaq bo'ldi.

  • 2008 yil - Axolining omonatlarini jalb qilish bo'yicha banklar aro tanlovda "Eng yaxshi emitent bank" nominatsiyasi bo'yicha Paxtabank 1 - o'rin soxibi bo'ldi hamda "Qishloq joylarida joylashgan axoli omonatlarini jalb qilish bo'yicha yilning eng yaxshi bank filiali" nominatsiyasi bo'yicha "OATB Paxtabank"ning Chust filiali 1 - o'rin soxibiga aylandi hamda diplom va bosh sovrin "Damas" avtomabili bilan taqdirlandi.

  • 2009 yil - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.03.2009 yildagi №101084-sonli qaroriga asosan OATB "Paxta-Bank" asosida ochiq aksiyadorlik tijorat banki "Agrobank" tashkil etildi.

  • 2010 yil - Kichik biznesni qo'llab-quvvatlash uchun Islom xususiy sektorni rivojlantirish uyushmasining 5 million AQSh dollari miqdorida kredit liniyasi ochildi va loyihalarni moliyalashtirish boshlandi.

  • 2013 yil - Turkiyaning "Ziroat" bankidan 5 million AQSh dollari miqdorida kredit linyalari jalb qilinishi bo'yicha shrtnoma imzolandi.

Mamlakatimizda olib borilayotgan moliya-bank tizimidagi islohotlar natijasida bugun yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan bank muassasalari katta- kichik sanoat korxonalari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari, dehqon hamda fermer xo‘jaliklarining eng ishonchli hamkoriga aylandi. Agrobank o‘z infratuzilmasi bilan mamlakatimizning barcha hududlarini qamrab olgan bo‘lib, mijozlarga o’zining 170 ta tuman (shahar) filiali, 145 ta bank xizmatlari markazi, 371 ta bank kassalari , 289 ta xalqaro pul o'tkazmalari shoxobchalari, 215 ta valyuta ayiraboshlash shaxobchalari orqali orqali xizmat ko‘rsatib kelmoqda.Boshqacha aytganda, bugungi kunda Agrobank tomonidan 256 mingdan ortiq yuridik hamda 2.4 millionga yaqin jismoniy shaxslarga zamonaviy bank xizmatlari ko‘rsatilayapti. Respublikamiz bank sektorida Agrobank kapitali hajmi va filiallar tarmog‘i soni bo‘yicha ikkita hamda aktivlar miqdori bo‘yicha uchta eng yirik banklar qatoriga kiradi. Shuningdek, qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari, dehqon va fermer xo'jaliklari faoliyatini rivojlantirish hamda aholining ish bilan bandligini ta'minlashga qaratilgan hukumat tadbirlarida to'laqonli ishtirokchisiga aylanib ulgurdi.

Yüklə 455,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin