Korxona (muassasa, tashkilot) rahbari ___________________ ________
(nasl nomasi va ismi) (imzo)
3-mavzu. Korxona (tashkilot) personali mehnatini tashkil etishni o‘rganish Agrobank Farg’ona viloyati Bag’dod tumani fillialining tashkiliy strukturasiga kelsak, u asosan ikki “Bek” ofis va ”Front”ofis dan hamda “Muammoli kreditlar bilan ishlash”, “Oila tadbirkorlikni rivojlantirish”,”Kreditlarni boshqarish”,”Buxgal-teriya” bo’limlaridan iborat va har bir bo’limda faoliyat olib borayotgan xodimlar o’zlarining huquq va majburiyatlariga ega.
Bank amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq quyidagi moliyaviy operatsiyalarni amalga oshiradi:
pul mablag’larini omonatlarga (depozitlarga) jalb etish;
to’lovlarni amalga oshirish, shu jumladan bank hisobvaraqalarini ochmasdan amalga oshirish;
jismoniy va yuridik shaxslarning bank hisobvaraqalarini, shu jumladan banklarning vakillik hisobvaraqalarini ochish va yuritish;
kreditlarning ularni qaytarilishi, foizliligi va muddatliligi sharti bilan o’z nomidan o’zining mablag’lari hamda jalb etilgan mablag’lar hisobidan berish;
jismoniy yoki yuridik shaxs bilan tuzilgan shartnoma bo’yicha mol-mulkni ishonchli boshqarish;
inkassatsiya va kassa xizmatlarini ko’rsatish;
uchinchi shaxslar nomidan ularning majburiyatlari bajarilishini nazarda tutuvchi kafolatlar berish va boshqa majburiyatlarni qabul qilish;
uchinchi shaxslardan pul shaklidagi majburiyatlarning bajarilishini talab qilish huquqini olish (faktoring);
qimmatli qog’ozlarni chiqarish, xarid qilish, sotish, ularningt hisobini yuritish va ularni saqlash, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan qimmatli qog’ozlarni boshqarish, ular bilan boshqa operatsiyalarni bajarish;
Korxona (muassasa, tashkilot) rahbari ___________________ ________
(nasl nomasi va ismi) (imzo)