Toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti


Aksiyalarni IPO tartibida joylashtirishning iqtisodiy



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə2/5
tarix02.01.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#36223
1   2   3   4   5
5. Bekmuratov Jonibek

1. Aksiyalarni IPO tartibida joylashtirishning iqtisodiy

mohiyati, afzalliklari va kamchiliklari

Ma’lumki, aksiyadorlik jamiyatlari qimmatli qog‘ozlar bozori emitenti sifatida o‘z aksiyalarini ochiq va yopiq obuna tartibida joylashtirishlari mumkin. Mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan aksiyadorlik jamiyatlarining xalqaro
darajada raqobatbardoshligini oshirishda xorijiy kapital jalb qilish masalasi muhim
ahamiyatga ega. Bu masala aksiyalarni ochiq obuna tarzida xalqaro fond birjalarida
joylashtirish orqali ham amalga oshiriladi hamda ishlab chiqarish va xizmat
ko‘rsatish sifatining o‘sishiga bevosita o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Shu boisdan quyida aynan shu masala xususida to‘xtalib o‘tamiz.

Aksiyalarni ochiq obuna tartibida joylashtirish amaliyoti qisqacha IPO (ing.
“Initial Public Offering”) deb yuritiladi. IPO emitent tomonidan aksiyalarni
bozorda birlamchi ochiq obuna usulida joylashtirish bo‘lib, bu jarayon davomida
ular investorlarning keng doirasiga kirib boradilar va fond birjasida erkin savdoni
amalga oshiradilar. Boshqacha qilib aytganda IPO deganda emitent
kompaniyaning aksiyalarini ochiq bozorda birinchi marta sotuvga chiqarishi
tushuniladi. Shu yo‘l bilan kompaniya “yopiq”dan “ochiq”ga o‘zgaradi, ya’ni shu
kompaniya aksiyalariga qiziqib qolgan investorlar ularni fond birjasida erkin sotib
olishlari mumkin. Kompaniya qimmatli qog‘ozlarining birjada muomalaga chiqishi
natijasida ularni erkin savdo-sotiq predmeti bo‘lishiga, likvidliligi oshishiga va
ularning bozor bahosining maksimal o‘sishiga olib keladi. Boshqacha qilib aytganda IPO deganda emitent kompaniyaning aksiyalarini ochiq bozorda birinchi marta sotuvga chiqarishi tushuniladi. Shu yo‘l bilan kompaniya “yopiq”dan “ochiq”ga o‘zgaradi, ya’ni shu kompaniya aksiyalariga qiziqib qolgan investorlarni fond birjasida erkin sotib olishlari mumkin. Kompaniya qimmatli qog‘ozlarining birjada muomalaga chiqishi natijasida ularni erkin savdo-sotiq predmeti bo‘lishiga, likvidliligi oshishiga va ularning bozor bahosining maksimal o‘sishiga olib keladi. IPO yordamida kompaniyada joriy xarajatlarni qoplashga va yirik loyihalarni amalga oshirish uchun uzoq muddatli tashqi moliyaviy resurslarni jalb qilish imkoni tug‘iladi. IPO uchun talab qilinadigan jarayonlar va ularning amalga oshirilishi kompaniyaning shaffofligini oshiradi va uning moliyaviy holatini ob’ektiv baholash imkonini beradi. Umumiy holda oddiy aksiyalar emissiyasi hisobiga moliyalashtirish IPO operatsiyalarining afzalliklari va kamchiliklari sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin:

Demak, birinchi navbatda afzalliklari quyidagilar:

  • Bu manba o‘zida majburiy to‘lovni o‘zida aks ettirmaydi, ya’ni dividend to‘lash to‘g‘risidagi qaror direktorlar kengashi tomonidan qabul qilinadi va aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida tasdiqlanadi;

  • Aksiyalar qoplanishi bo‘yicha qat’iy belgilangan muddatga ega emas, chunki aksiyalar doimiy kapital manbasi bo‘lib xizmat qiladi;

  • Aksiyalar likvidliligining oshishi va kapital qiymati pasayganda yirik, uzoq
    muddatli moliyalashtirish manbasiga ega bo‘lishi;

  • Kelajakda pozitsiyalari kuchliroq kompaniya bilan o‘zaro birlashishning osonlashishi;

  • Investorlar va mulkdorlar uchun biznesdan chiqish yo‘lining osonlashishi;

  • Kompaniya nufuzining oshishi, uning bozorda tanilishi va investitsion jozibadorlikning ta’minlanishi va boshqalar.

Endi esa kamchiliklariga eʻtibor qaratsak:



  • Korxonani boshqarishda va foydani taqsimlashda ishtirokchilar soni ortadi;

  • Qo‘shimcha aksiyalar emissiyasi investorlar tomonidan salbiy signal sifatida qabul qilinishi mumkin va bu qisqa muddat ichida aksiyalar kursining pasayishiga olib kelishi mumkin;

  • Moliyaviy va yuridik ma’lumotlarning oshkoraligi;

  • IPO ni tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarning yuqoriligi;

  • “Dushman” aksiyadorlarning kompaniya faoliyatiga kirib kelish ehtimoli;

  • Kompaniyaning investitsion tarixi bo‘lishi shartligi.


Aksiyalarni ochiq obuna tartibida ommaviy joylashtirishda yuqorida keltirilgan afzalliklar va kamchiliklarni hisobga olish maqsadga muvofiq hisoblanadi.




  1. Yüklə 0,54 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin