Xulosa va takliflar. Xulosa qilib aytish mumkinki, real YaMM ko‘rsatkichi yordamida har xil yillardagi ishlab chiqarish umumiy qiymati hisoblanib, o‘zaro taqqoslanadi. Real YaMM doimiy baxolarda hisoblanishi tufayli, nominal YaMMga qaraganda iqtisodiyot real hajmining o‘zgarishi ancha aniq xarakterlab beradi. YaMM (YaIM)ni hisoblashda har ikkala soha, moddiy va nomoddiy ishlab chiqarishning natijalari hisobga olinsada, u ijtimoiy faravonlikni to‘liq harakterlab berolmaydi. Bu YaMM ko‘rsatkichida bir qator holatlarni va faoliyat natijalarini hisobga olish mumkin emasligi bilan izohlanadi. Bular jumlasiga quydagilar kiradi: - uy bekalarining uy-ro‘zg‘or xo‘jaligida va qishloq xo‘jalik hodimlarining tomorqa xo‘jaligida bajargan ishlari. - intellektual soha hodimlari (olimlar, ilmiy hodimlar) ning tayor maxsulot shaklida ifodalanmagan ishlari; - barter ayir boshlashlar; - ish vaqti (kunlari)ning qisqarishi va bo‘sh vaqtning oshib borishi; - maxsulot va hizmatlar sifati tavsifining yaxshilanishi; - yalpi maxsulot tarkibi va taqsimlanish tartibining o‘zgarishi; - aholi jon boshiga maxsulot ishlab chiqarishning o‘zgarishi; - hufena iqtisodiyot daromadlari. Milliy iqtisodiyot hufyona sektorining hodimlari bir qator yashirin faoliyat turlaridan oladigan o‘zlarining daromadlarini yashirishga harakat qiladi. Bundan tashqari ochiq iqtisodiyotda band bo‘lganlar ham o‘zlari oladigan daromadlarining bir qismini yashirib ko‘rsatish mumkin. Masalan, tadbirkor maxsulot sotishdan olgan daromadining bir qismini, ishchi rasmiylashtirishsiz yoki naxd pul to‘lashga kelishib oladigan daromadini deklarasiyada ko‘rsatmasligi mumkin. Inflyasiya darajasi qanchalik katta va soliqlar yuqori bo‘lsa, shaxslar qo‘lidagi real daromad shunchalik kamayadi, bu ularning naqd pul yoki natural tovar ayirboshlash orqali daromad olishga qiziqishini oshiradi. Xufyona iqtisodiyot miqiyosi haqida rasmiy ma`lumotlar bo‘lmasada, ko‘pchilik baxolashlar uning hajmi YaMMning 5-15% ni, ayrim mamlakatlarda 30-40% ni tashkil qilishini ko‘rsatadi. Bundan tashqari hufyona iqtisodiyot rasmiy iqtisodiyotdan tezroq o‘sib borishini tasdiqlashga dalillar ham bor. Nihoyat, axolining qancha qismi yashirin iqtisodiyot yoki faoliyatga jalb qilingan bo‘lsa, daromadning shuncha qismi soliq hujjatlaridan yashiriladi, bu ishsizlikka taalluqli rasmiy hisobot ma`lumotlarining oshirilib ko‘rsatilishiga olib keladi. Hufyona iqtisodiyot va yashirin faoliyat natijalari YaMMda hisobga olinmaydi va demak uning real hajmini kamaytiradi. Bundan tashqari YaMM (YaIM)ga ta`sir ko‘rsatuvchi shunday omillar ham mavjudki ularning ta`siri natijasida ishlab chiqarish hajmining ko‘rayishi jamiyat farovonligining oshishiga olib kelmasligi mumkin. Masalan, YaMM ishlab chiqarish va uning o‘sishi, atrof muhitga salbiy ta`sir ko‘rsatish bilan birga boradi. Bu havo va suvning ifloslanishi, shovqin, zararli chiqitlar hamda atrof muxit buzilishining boshqa turlaridir. O‘z-o‘zidan aniqki, atrof muxitning ifloslanishi bilan bog‘liq chiqimlar iqtisodiy farovonlikka salbiy ta`sir ko‘rsatadi. YaMMni ishlab chiqarish bilan bog‘liq atrof muxitning ifloslanishini bartaraf qilishga ketadigan chiqimlar hozirgi vaqtda yalpi ishlab chiqarish hajmidan chiqarilmaydi va shunday qilib YaMM moddiy faravonlik darajasini oshirib ko‘rsatadi. YaMM hajmi qanchalik katta bo‘lsa, atrof muxitning ifloslanishi va YaMM miqyosining oshirib ko‘rsatilishi shunchalik yuqori bo‘ladi.