Toshkent moliya instituti «iqtisodiyot» kafedrasi



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə10/13
tarix20.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#162032
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Охирги вариант 2022 Kurs ish IQTISODIYOT NAZARIYASI qullanma tayyor

Talabaga ogohlantirish!
Diqqat qiling, “g’alvirni suvdan ko’taradigan” vaqt keldi. Siz uchun birov jangga kirmaganidek, himoyaga ham kirmaydi!
Kurs ishi himoyasi kafedrada tashkil etiladi. Bu maqsadda fan bo’yicha kurs ishi himoyasi uchun 3 kishidan kam bo’lmagan tarkibda komissiya tuziladi. Kurs ishini talaba Komissiya huzurida himoya qiladi. Komissiya a’zolari bilan talaba o’rtasidagi suhbat asosida talabaning bilim darajasi, mavzu ustida ishlash jarayonida orttirgan ko’nikmalari aniqlanadi. Dastavval talaba o’zi yozgan ishi bo’yicha uning mazmuni, o’rganish predmeti, amaliy ma’lumotlarning manbasi, ularni umumlashtirish usullari, asosiy xulosa­larini qisqacha yoritib beradi. So’ngra taqrizda ko’rsatilgan kamchiliklar bo’yicha hamda ish yuzasidan qo’shimcha savol-javoblar asosida talabaning bilimlari tekshiriladi va himoya natijasiga ko’ra kurs ishi baholanadi. Kurs ishini baholash talabalar bilimini reyting tizimi asosida baholash tartibiga ko’ra ballarda amalga oshiriladi.
Kurs ishining natijasi fakultet dekanati tomonidan taqdim etilgan qaydnoma varaqasiga tegishli tartibda qayd etiladi va Komissiya a’zolari imzolari bilan rasmiylashtiriladi.
Baholash tartibi va mezonlari
Talabalarning kurs ishi bo’yicha bilim saviyasi, ko’nikma va malakalari darajasi, ular bilimini nazorat qilish hamda baholashning reyting tizimi to’g’risidagi Nizom qoidalari asosida ballarda ifodalanadi.
Kurs ishi bo’yicha bilimini o’zlashtirish darajasi – 100 ballik tizimda baholanadi:

  • talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda — 90-100 ball (a’lo);

  • talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda — 70-89,9 (yaxshi) ball;

  • talaba olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda — 60-69,9 (qoniqarli) baho;

  • talaba fan dasturini o’zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega emas deb topilganda — 0-59,9 (qoniqarsiz) ball bilan baholanadi.

Kurs ishi bo’yicha 0-59,9 (qoniqarsiz) ball bilan baholangan talaba akademik qarzdor talaba hisoblanadi.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin