Toshkent moliya instituti iqtisodiyot yo’nalishi i-64 guruh talabasi azimov solijon


O‘zbekiston Respublikasi oltin-valyuta zaxiralari tarkibi



Yüklə 24,35 Kb.
səhifə3/3
tarix22.12.2023
ölçüsü24,35 Kb.
#190160
1   2   3
Iqtisodiyot nazariyasi Azimov Solijon oraliq

O‘zbekiston Respublikasi oltin-valyuta zaxiralari tarkibi:

Qog’oz pullar- Tarixiy jihatdan olganda, qog'oz pullar metall pullar muomalasi asosida kelib chiqqan. Ular bundan oldin muomalada bo'lgan kumush yoki oltin tangalarining o'rniga tatbiq etilgan.Hozirgi kunimizda ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o’rtasidagi munosabatlarning asosiy qismi qog’oz pullar ishtirokida kechadi.
Xulosa qilib aytganda oltin va qog’oz pullar insonlarga ko’plab davrlardan buyon xizmat qilib kelmoqda.Ular foydalanish vazifasiga ko’ra bir-biriga bog’liq ya’ni qadimda asosiy to’lov va muomala vazifasi oltin hisoblangan bo’lsa hozir bu vazifa qog’oz pullarga o’tmoqda ammo oltin pul hamon jahon puli vazifasini bajaradi va undan tashqi savdoda foydalaniladi.
3.Manufaktura va yirik mashinalashgan ishlab chiqarish.
Manufaktura (lotincha: manus — qoʻl, factura — tayyorlash) — mehnat taqsimoti va qoʻl hunari texnikasiga asoslangan korxona. Sanoat taraqqiyotining oddiy kooperatsiyadan keying bosqichi.
Manufaktura Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida 16-asrning oʻrtalarida vujudga kelib, 18-asrning oxirgi choragigacha davom etdi. Angliyada dastlab toʻqimachilik sanoatida, qogʻoz va shisha ishlab chiqarish sohalarida rivoj topdi. 17-asrning 2-yarmidan boshlab 19-asrning 1-yarmiga qadar u Rossiyada mavjud boʻlgan.
Oʻzbekistonda 19-asrning 2-yarmi va 20-asrning boshida manufaktura fabrikaning yordamchi boʻlimi sifatida hamma sohada bor edi va bu narsa katta ahamiyatga ega boʻlgan.


Mashinalashgan ishlab chiqarish — ijtimoiy ishlab chiqarish taraqqiyotining tarixiy bosqichi. Bu bosqichda mehnat quroli sifatida mashinalardan foydalaniladi. Mashinalashgan ishlab chiqarish sanoat rivojlanishiga asos boʻldi va mayda, tarqoq hunarmandchilikni siqib chiqardi.Mashinalashgan ishlab chiqarishga Manifaktura moddiy va iqtisodiy zamin yaratdi.Mashina texnikasi asosida manifaktura korxonasi fabrikaga aylandi.Yirik mashinalashgan ishlab chiqarishda mehnatning kooperativ xarakteri zaruriy boʻlib qoldi, har bir korxonadagi, shuningdek, butun jamiyatdagi mehnat taqsimoti chuqurlashdi, ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchining konsentratsiyasi kuchaydi.Mashinalashgan ishlab chiqarishning taraqqiyoti bilan kapital jamgʻarish ham jadallashdi.Mashinalashgan ishlab chiqarishning eng yangi bosqichi hozirgi zamon fantexnika taraqqiyoti bilan chambarchas bogʻliq.

Yüklə 24,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin