Shaxsiy mulk — bu fuqarolar mulki boʻlib, ularning shaxsiy yoki oilaviy ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Bu mulk shakli asosan shaxsning yoki uning oila aʼzolarining mehnati asosida koʻpayadi va rivoj topadi.
Fuqaroning shaxsiy mulki asosan ularning ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirokidan, oʻz xoʻjaligini yuritishdan tushgan mehnat daromadlari hisobiga vujudga keladi va koʻpayadi.Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy mulk aksiyadan keladigan dividend, bank foizlari, xususiy sohibkorlik daromadi kabi yangi manbaalarga asoslanadi.
Xususiy mulk — ayrim tadbirkorlarga qarashli yollanma mehnatga asoslangan va oʻz egasiga foyda keltiruvchi mulkdir. Oʻzbekiston Respublikasining mulkchilik toʻgʻrisidagi qonunida (7-modda), xususiy mulk oʻz mol-mulkiga xususiy egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidan iboratdir deb koʻrsatilgan. Shu bilan birga xususiy mulk boʻlgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmasligi taʼkidlanadi.Xususiy mulk bozor iqtisodiyotidagi xilma xil mulklar orasida yetakchi mulk shakli hisoblanadi.
Aralash mulk — turli mulk shakllarining birlashuvi natijasida paydo boʻladigan mulk. Aralash mulk turli mulk sohiblari hissalarining qoʻshilishidan yuzaga keladi. Kelishuvga binoan bu hissa har xil boʻlishi mumkin, lekin mulk egalaridan birontasining hukmron boʻlishiga yoʻl berilmaydi. Aralash mulk sohiblari harajatlar va foyda-zararni baham koʻradilar. Amaliyotda Aralash mulkda xususiy, jamoa va davlat mulklari birlashadi va qo’shma korxonalar boʻladi.
2.Oltin va qog’oz pullarning o’zaro bog’liqligi.
Pul — bu shunday maxsus tovarki, u hamma boshqa tovarlar uchun umumiy ekvivalent vazifasini bajaradi. Pul umumiy tovarlarni ayirboshlashda asosiy vazifasini bajaradi. Qadimda pul vazifasini turli xil tovarlar bajargan, masalan, chorva mollari, mol terilari, bolta va hokazo. Keyinchalik pul vazifasini qimmatbaho metallar bajargan, chunki ular oʻzini sifatini yoʻqotmaydi va pul oʻrnini bosishda juda qoʻl kelgan. Pul oddiy mahsulot boʻlib qolmay, u ijtimoiy qiymatga ega, yaʼni hamma tovarlarni xarid etish vositasi boʻlib hizmat qiladi va uning quyidagi shakllari mavjud: oltin pullar,qog’oz pullar,tangalar va naqd pul bo’lmagan hisob vositalari.
Oltin pul- 1816-yildan 1900-yilgacha mamlakatlarning ko'pchiligi oltin yoki oltin tangali standartga o'tganlar: bu standartda mamlakatning asosiy pul birligi to'laqonli muomalada bo'ladigan oltin tangada zarb qilingan.XX asr boshiga kelib tovar ishlab chiqarish katta miqyoslarga erishdi va tovar massasining oshib borayotgan hajmlariga xizmat ko'rsatish uchun tobora ko'proq miqdordagi pullar talab qilingan.Shu orqali qog’oz pullarga o’tish boshlangan.Bugungi kunda har bir davlat o’zining oltin zahirasiga ega va undan eksport maqsadida keng foydalaniladi.2022-yil noyabr holatiga ko’ra O’zbekistonning oltin zaxirasi 397.2 tonnaga teng.