270
turlicha talqin etilmoqda va bu holat auditor
uchun xatning ahamiyati va
samarasini aniq ko’rsatmayapti deb hisoblaymiz. Quyidagi 8.1-rasmda keltirilgan
mazmunda aks ettiriladigan taqdimnoma xatda, avvalo, mijoz amaldagi me’yoriy-
huquqiy hujjatlarga asosan moliyaviy hisobotning ishonchli tarzda taqdim
etilganligi uchun o’z javobgarligini e’tirof etishini aks ettirishi zarur, chunki
aksariyat xo’jalik sub’ektlari rahbarlari auditorlik
tekshiruvi shartnomasini
imzolasalarda, auditorlik tekshiruvi tugagach, javobgarlik to’laligicha auditorning
zimmasiga yuklanadi deb hisoblaydilar.
Ayrim auditorlik tashkilotlari esa bunday taqdimnoma xatning ahamiyati va
zaruratini to’liq tushunmasliklari oqibatida bunga jiddiy e’tibor qaratishmayapti.
Fikrimizcha, mazkur taqdimnoma xatning ahamiyati shundaki, birinchidan,
auditorlik
tekshiruvidan
keyingi
tekshiruvlarda
moliyaviy
hisobot
ko’rsatkichlarining ishonchliligiga ta’sir etuvchi ayrim hujjatlar o’rganilmaganligi
uchun moliyaviy hisobotdagi jiddiy buzilishlarga mijoz
rahbariyati javobgarligi
ta’minlanadi. Ikkinchidan, bu hujjat auditorlik tashkiloti uchun auditorlik riski,
ya’ni kelgusida auditorning javobgarlik darajasini yanada pasaytiradi. Shuningdek,
taqdimnoma xatda mijoz rahbariyati o’zida mavjud bo’lgan, tekshiruv davridagi
barcha birlamchi
buxgalteriya hujjatlari, shartnomalar, ta’sischilar yig’ilishlari va
kuzatuv kengashi majlislarining bayonnomalarini taqdim etganligining e’tirofi
yuqorida keltirilgan taqdimnoma xat bandlarida aniq qayd etilishi lozim. Buning
sababi shundaki, respublikamiz
auditorlik amaliyotida, mijoz-korxonalar
tomonidan auditorga kompaniyada mavjud bo’lgan barcha hujjatlarni, masalan,
ayrim oldi-sotdi shartnomalarini taqdim etmaslik hollari uchrab turadi. Biroq ularni
keyinchalik boshqa tekshiruvchi organlarga taqdim etadi. Natijada moliyaviy
natijalarni aniqlash, soliqlarni hisob-kitob qilish, shuningdek, auditorlik xulosasini
shakllantirishda xatolar kelib chiqadi. Ushbu shartnomalar
tekshiruv vaqtida
taqdim etilmaganligini isbotlash uchun auditor barcha tekshirilgan hujjatlar
ro’yxatini tuzishi lozim. Agar auditorlik tekshiruvi va auditorlik xulosasi
berilganidan keyin auditorlik tekshiruviga taqdim etilmagan hujjatlar aniqlansa,
audit miqyosini cheklash chog’ida yo’l qo’yilgan moliyaviy
hisobotdagi jiddiy
271
buzilishlar uchun mijoz rahbariyati javobgar hisoblanadi. Auditorlar esa, tekshiruv
yakunida tekshirilgan hujjatlar va taqdimnoma xatdagi hujjatlar ro’yxatini o’zaro
solishtirish orqali tahlil qilish natijasida bu holatni baholaydi.
Ma’lumki, tekshiruvning eng muhim bosqichlaridan biri bu uning yakuniy
bosqichidir. Chunki mazkur bosqichda, tekshiruv natijalari umumlashtirib,
auditorlik
hisoboti
va
xulosasi
shakllantiriladi.
Bizningcha,
auditorlik
tekshiruvining yakuniy bosqichi jarayonlarini quyidagi 4
bosqichda amalga
oshirilishi maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz:
1. Auditorlik tekshiruvi natijalarini umumlashtirish va baholash.
2. Auditorlik hisobotini tuzish va tasdiqlash.
3. Auditorlik xulosasini shakllantirish va rasmiylashtirish.
4. Auditorlik hisoboti va xulosasini mijoz rahbariyatiga taqdim etish.
Iqtisodiyot fanlari doktori R.D.Dusmuratovning ta’kidlashicha, “audit
natijalarini baholash ishlari asosan quyidagilarni o’z ichiga oladi:
–
ishchi hujjatlarni sharhlash va yakuniy ishchi hujjatlarni tayyorlash;
–
aniqlangan kamchiliklarning jiddiylik darajasini baholash;
–
auditorlik dalillarning etarliligini baholash;
–
faoliyat ko’rsatayotgankorxona printsipi bilan bog’liq omillarni baholash;
–
moliyaviy hisobotdagi axborotlarni taqdim qilish va bayon qilish;
–
hisobot tuzilganidan so’ng sodir bo’lgan hodisalarni baholash;
–
tekshiruv natijalari bo’yicha auditorning mijoz-korxona rahbariyatiga taqdim
qiladigan yozma axborotini tuzish;
–
auditorlik hisoboti va xulosasini tuzish”
95
.
Tadqiqotlar natijasida auditorlik tekshiruvi natijalarini umumlashtirish va
baholash jarayoni quyidagi 8.1-jadvalda keltirilgan bosqichlar va amallar asosida
amalga oshirilsa, auditorlik tekshiruvining
samaradorligi yanada oshadi, degan
xulosaga kelindi.
Biz, izlanishlar natijasida auditorlik tekshiruvi yakunida auditorlik guruhi
95
Do’smuratov R.D. Audit asoslari. Darslik. - Toshkent: O’zbekiston Milliy entsiklopediyasi, 2003. – 612 b.
272
rahbari tomonidan “auditorlik tekshiruvi to’liq yakunlanganligini aniqlash bo’yicha
savolnoma” o’tkazishni tavsiya etamiz va bu savolnomaning namunaviy shaklini
auditorlik tashkilotlarida qo’llanilishi natijasida ijobiy samaraga
erishildi
.
Dostları ilə paylaş: