Toshkent moliya instituti m. S. Hojiyev, I. I. Meliyev, S. A. Djumanov moliyaviy hisobot auditi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/111
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199664
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111
МОЛИЯВИЙ ХИСОБОТ АУДИТИ DARSLIK

 
Taqrizchilar:
R.D.Do’smuratov - i.f.d., professor, TDAU “Buxgalteriya 
hisobi va audit” kafedrasi mudiri 
A.A.Karimov - i.f.d., professor, TMI “Buxgalteriya hisobi” 
kafedrasi mudiri 
 
 
 
 
 
Darslik Toshkent moliya instituti Ilmiy-uslubiy Kengashining 2019 yil 28 
sentyabrdagi 
2-sonli 
bayonnomasi 
bilan 
muhokamadan 
o’tgan 
va 
Muvofiqlashtiruvchi kengashga tavsiya etilgan.
 
 
 
Toshkent moliya instituti 2020
 



Аудит финансовой отчетности
/учебник/ М.С.Хожиев, И.И.Мелиев, 
С.А.Джуманов. - Т. Ташкентский финансовый институт, - 2020г. 306 с. 
Учебник разработан в соответствии с требованиями Государственного 
образовательного стандарта высшего профессионального образования, и в 
нем изложены теоретические основы «Аудита финансовой отчетности». В 
учебнике также предусмотрена темы цель аудита финансовой отчетности, 
методов бухгалтерского учета, бухгалтерского баланса, отчета о финансовых 
результатах, отчета о движении денежных средств, аудита показателей 
собственного капитала и финансовой отчетности. 
Учебное пособие «Аудит финансовой отчетности» предназначена для 
магистров обучающихся по специальности 5А230902- Аудит (по отраслям и 
сферам).
Учебник обсуждено на заседание Научно-методическом совете ТФИ от 
28.09.2020 
г., Протокол №2 и рекомендовано к рассмотрению 
Координационному совету.
Ташкентский финансовый институт - 2020 
Рецензенты: 
Р.Д.Дусмуратов - д.э.н., профессор, заведующая кафедры 
«Бухгалтерский учёт и аудит» ТГАУ. 
 
А.А.Каримов - д.э.н., профессор, заведующая кафедры 
«Бухгалтерский учёт» ТФИ. 



KIRISH 
Mamlakatimiz iqtisodiyotini innovatsion rivojlantirishda turli mulkchilik 
korxonalarini yanada kengaytirish, biznesni muvafaqqiyatli rivojlantirish hamda 
aholini yangi ishchi o’rinlar bilan ta’minlash bugungi zamonning dolzarb 
talablaridan biri bo’lmoqda. Bu esa, o’z navbatida, aktsiyadorlik jamiyatlari 
faoliyatini yanada rivojlantirish dolzarb masalalardan biri ekanligini bildiradi. 
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati samaradorligini ta’minlash maqsadida 
ishonchli va to’liq axborotlarni tezkorlik bilan olish hamda ulardan samarali 
foydalanish muhim iqtisodiy qarorlar qabul qilishda alohida ahamiyat kasb etadi. 
Bu, o’z navbatida, moliyaviy hisobotlarda keltirilgan ma’lumotlar iqtisodiy 
mohiyatining aniq va tushunarli bo’lishini hamda uning korxona faoliyatidagi 
rolini, baholash usullarini va boshqa hisobot ma’lumotlarining bir-biri bilan 
mutanosibligini ta’minlash kabi vazifalarni talab qiladi. Moliyaviy hisobot 
ma’lumotlarining ishonchliligini tasdiqlash esa sifatli auditorlik hisobotlari va 
xulosalari orqali amalga oshirilishi davr talabi hisoblanadi.. 
Shuningdek, bugungi kunda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliya-xo’jalik 
faoliyatining moliyaviy hisobotlarda aks ettirilgan natijalarni baholash 
masalalariga yangicha, zamonaviy yondashuv uslublari juda ham zarur. Bu mavjud 
nazariy, tashkiliy – huquqiy asoslari va amaliy muammolar bo’yicha auditorlik 
faoliyatining sifatini oshirish, hamda respublikamizda tashqi va ichki audit 
tekshiruvlarini zamonaviy darajada tashkil qilish va uni rivojantirish borasida 
chuqur tadqiqotlar o’tqazishni taqozo etmoqda. Bir tomondan, auditorlik 
faoliyatining xalqaro tajribalariga tizimli yondashish, ularni chuqur tahlil qilish, 
boshqa tomondan bozor iqtisodiyotining jahon ham jamiyatida e’tirof etilgan 
o’zbek modelining xususiyatlari to’g’risidagi bilimlarimizdan maksimal 
foydalangan holda, iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida moliyaviy hisobot 
axborotlaridan foydalanuvchilar uchun nazoratning maxsus tashkiliy shakli – 
auditni istiqbolli rivojlantirish zarurligi ayon bo’lmoqda.
«Moliyaviy hisobot auditi» fanini o’qitishdan maqsad, talabalarga auditorlik 
tashkiloti tomonidan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy hisoboti va 



boshqa moliyaviy axborotlari to’g’riligi va qonun hujjatlarga mosligi to’g’risida 
xolis va asosli fikr shakllantirish uchun zarur bo’lgan auditorlik amallarini bajarish 
bo’yicha nazariy bilim berishdan iborat. 
Ushbu fanni o’qitishning vazifalari: moliyaviy hisobot auditining maqsadi va 
uning asosiy tamoyillari; moliyaviy hisobot auditini o’tkazish usullari; xo’jalik 
sub’ektlari hisobotining auditi va undagi amallar; buxgalteriya balansi moddalari 
va buxgalteriya hisobi registrlari mosligining nazorati; moliyaviy natijalar haqida 
hisobot ko’rsatkichlari auditi; pul oqimlari to’g’risidagi hisobot auditi; xususiy 
kapital to’g’risidagi hisobot auditi; moliyaviy ko’rsatkichlarga auditorlik xulosalar 
va h.k. 
 
Shuningdek darslikda har bir mavzu bo’yicha reja topshiriqlar va o’quv-
uslubiy hujjatlar keltirilgan. Talabalarda mustaqil fikrlash, o’z fikrlarini asosli 
ravishda himoya qilish, bahslashish ko’nikmalarini hosil qilish uchun bahs-
munozara darslariga alohida e’tibor qaratilgan. 
Darslik asosan oliy ta’limning magistratura bosqichining 5A230902-Audit 
(tarmoqlar va sohalar bo’yicha) mutaxassisliklari uchun mo’ljallangan va ularga 
dars berish jarayonini samarali tashkil etish maqsadida yaratilgan. 
Darslikning o’rganilishi o’z navbatida moliyaviy hisobot auditi jarayonining 
ketma-ketlik asosida bajariladigan ishlarini, ya’ni uni rejalashtirishdan toki 
auditorlik hisobot tuzish va auditorlik xulosani rasmiylashtirishgacha bo’lgan 
auditorlik amallarini bajarishga yordam beradi. Bundan tashqari, moliyaviy hisobot 
auditining tekshiruv o’tkazish texnikasi va usuli bo’yicha olgan bilimlarini yanada 
kengaytiradi va chuqurlashtiradi. 




Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin