15
iqtisodiy sub’ektga munosabatdaligini tasdiqlash
To’laligi
Mijozda hisobga olinmagan aktivlar,
majburiyatlar, muomalalar
yoki voqealar, shuningdek, ochilmagan moddalar yo’qligi
Baholanishi
Aktiv yoki majburiyat mos keluvchi balans qiymatida aks etishini
tasdiqlash
Aniqligi
Operatsiyalar yoki hodisalar
mos keluvchi summada va mos
keluvchi balans qiymatida aks etishi
Taqdim va oshkor qilish
Modda qonunchilik talablariga mos holda ochiladi, tasniflanadi va
tavsiflanadi,
deb tasdiqlash
Mavjudlik mezonlarini, odatda buxgalteriya hisoblari (hisobraqamlari)
bo’yicha saldoni tekshirish yo’li bilan tasdiqlash mumkin. Masalan, kassadagi pul
mablag’larining inventarizatsiyasi natijalari hisobot sanasiga pul mablag’lari
mavjudligi haqida auditorlik dalilini olish uchun asos bo’lib xizmat qilishi
mumkin. Kelib chiqishining aniqligi mezoni buxgalteriya hisobi aylanma
hisobraqamiga tegishli, chunki aylanmalar mijozning xo’jalik
hayoti faktlarini
ro’yxatga oladi va tavsiflaydi.
Huquq va majburiyatlar mezoni mijozning aktivlari va passivlarini yuridik
(huquqiy) jihatdan rasmiylashtirishga tegishli. Masalan, xo’jalik yurituvchi
sub’ektning balansida aks etgan passiv yuridik kuchga ega bo’lgan shartnomalar,
kontraktlar, to’lov va tovar hujjatlari yoki boshqa hujjatlar bilan tasdiqlanishi
lozim.
To’lalik mezoni auditorning amaliy faoliyatida etarlicha murakkab
realizatsiya
qilinadi, chunki buxgalteriya hisobraqamlari saldo va aylanmalari
asosidagi tekshiruvida etarlicha ishonch bilan hamma xo’jalik muomalalari
hisobga olingan, deyish qiyin. Qoidaga ko’ra, ushbu mezonning tasdiqlanishi ikki
shartning belgilanishi bilan bog’liq: hisobga tegishli hamma muomalalar
buxgalteriya hisobi registrida aks etganmi va hisob registriga kiritilgan hamma
saldo hamda aylanmalar to’liq hajmda moliyaviy hisobotga kiritilganligi.
Buxgalteriya hisobotlarini baholanishi mezonlariga mos kelishini aniqlashda
hisobotning hamma moddalari me’yoriy hujjatlar talablari
va mijoz tomonidan
tanlangan “Hisob siyosati” talablariga muvofiq baholanganligini tasdiqlash kerak.
Shuningdek, auditor baholashning qo’llangan variantini moliyaviy hisobot tuzish
masalalari nuqtai nazaridan asoslanganligini tasdiqlashi lozim.
Aniqlik mezoni buxgalteriya hisobida mijozning xo’jalik yuritish
16
faoliyatining vaqtinchalik aniqlangani faktlari qo’yib yuborilganligi qabul qilingani
bilan bog’liq, ya’ni bu faktlar ular haqiqiy o’rniga ega bo’lgan hisobot davriga
tegishli. Hisobotlarni taqdim va oshkor qilish mezonlariga mos kelishini
aniqlashda alohida ko’rsatkichlarga nisbatan o’zaro aloqador ko’rsatkichlar
kompleksi sifatida hamma buxgalteriya hisobotlariga
ham isbotlanishga ega
bo’lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: