9
oshirishdan iborat. Bu maqsadga moliyaviy hisobotlar barcha muhim jihatlarda
moliyaviy hisobotlarni taqdim etish uchun qo’llaniladigan asosiga muvofiq
tayyorlangani xususida auditor fikri (xulosasi)ni bildirish yo’li bilan erishiladi.
Umumiy maqsadli asosning aksariyati bilan bog’liq hollarda bunday fikr moliyaviy
hisobotlar barcha muhim jihatlarda haqqoniy taqdim etilgani yoki etilmagani
yoinki ular taqdim etish asosiga muvofiq to’g’ri va haqqoniy tasavvur berishi yoki
bermasligi xususida bildiriladi. Auditning xalqaro standarti va tegishli axloqiy
talablarga muvofiq o’tkaziladigan audit auditorga bunday fikrni ta’riflash imkonini
beradi. Audit qilinishi lozim bo’lgan moliyaviy hisobotlar –
bu tadbirkorlik
sub’ektining xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati tomonidan boshqaruv
yuklatilgan shaxslarning nazorati ostida tayyorlangan moliyaviy hisobotlaridir.
Auditning xalqaro standarti xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati yoki
boshqaruv yuklatilgan shaxslarga majburiyatlar yuklamaydi va ularning
majburiyatlarini tartibga soluvchi qonun hujjatlari va me’yoriy hujjatlarga nisbatan
ustunlikka ega bo’lmaydi. Biroq auditning xalqaro standartiga muvofiq xo’jalik
yurituvchi sub’ekt rahbariyati va,
zarur holda, boshqaruv yuklatilgan shaxslar
auditni o’tkazish uchun birinchi darajali ahamiyat kasb etadigan muayyan
majburiyatlarni e’tirof etishlari lozimligini nazarda tutadigan boshlang’ich shartga
ko’ra o’tkaziladi. Moliyaviy hisobotlar auditi xo’jalik yurituvchi sub’ekt
rahbariyati yoki boshqaruv yuklatilgan shaxslarni ularning majburiyatlaridan ozod
etmaydi. Auditor fikr bildirishi uchun asos sifatida, auditor moliyaviy hisobotlar
umuman olganda firibgarlik yoki xato tufayli
yuzaga kelgan muhim buzib
ko’rsatishlardan xoli ekanligiga oqilona ishonch hosil qilishini talab etadi. Oqilona
ishonch – bu ishonch bildirishning yuqori darajasi. Auditor auditorlik riski (ya’ni
moliyaviy hisobotlarda muhim buzib ko’rsatishlar mavjud bo’lgan holda auditor
tegishli bo’lmagan fikr bildirishi riski)ni maqbul darajagacha pasaytirish uchun
etarlicha tegishli dalillar olganda oqilona ishonch hosil qilingan hisoblanadi. Biroq
oqilona ishonch hosil qilish – bu ishonchning mutlaq darajasi emas, chunki auditga
xos bo’lgan cheklashlar mavjud bo’lib, ular shunga olib keladiki, auditor o’z
xulosalarini chiqarish va auditorlik fikri (xulosasi)ni bildirishda asos sifatida
10
foydalanadigan auditorlik dalillarining aksariyat qismi o’z tabiatiga ko’ra muayyan
xulosani tasdiqlash uchun keltirilgan vajlar hisoblanadi va xulosa xususiyatini kasb
etmaydi.
Auditor tomonidan bildirilgan fikr shakli moliyaviy
hisobotlarni taqdim etish
uchun qo’llaniladigan asosiga va har qanday tegishli qonun yoki me’yoriy hujjatga
bog’liq bo’ladi. Auditorda audit jarayonida aniqlangan masalalar to’g’risida
foydalanuvchilar, xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati, boshqaruv yuklatilgan
shaxslar yoki uchinchi tomonlarga axborot berish va hisobotlar taqdim etish
bo’yicha boshqa majburiyatlar bo’lishi ham mumkin. Bunday majburiyatlar
auditning xalqaro standarti da yoki tegishli qonun hujjatlari va me’yoriy hujjatlarda
belgilanishi mumkin.
Moliyaviy hisobotlar auditini o’tkazishda auditorning
umumiy maqsadlari
quyidagilardan iborat bo’lmog’i lozim:
Moliyaviy hisobotlar umuman olganda firibgarlik yoki xato tufayli yuzaga
kelgan muhim buzib ko’rsatishlardan xoli ekanligiga oqilona ishonch hosil qilish;
bu auditorga moliyaviy hisobotlar barcha muhim jihatlarda moliyaviy hisobotlarni
taqdim etish uchun qo’llaniladigan asosiga muvofiq tayyorlangani to’g’risida fikr
bildirish imkonini beradi;
Moliyaviy hisobotlar xususida auditning xalqaro standarti talablariga muvofiq
auditor xulosalariga mos ravishda hisobot (xulosa) taqdim etish. Agar oqilona
ishonch hosil qilishning imkoni bo’lmasa, auditorlik hisobotida qo’shimcha izohlar
bilan fikr bildirish esa yuzaga kelgan vaziyatda moliyaviy hisobotlarning ehtimol
tutilgan foydalanuvchilariga axborot berish uchun etarli bo’lmasa,
auditning
xalqaro standarti auditor fikr bildirishdan bosh tortishini yoki kelishuv bo’yicha
ishlashdan bosh tortishini talab qiladi.
Yuqoridagilardan ko’rinadiki, moliyaviy hisobot auditi mustaqil fan sifatida
o’z predmeti, ob’ekti va sub’ektlariga ega. Fikrimizcha, moliyaviy hisobot auditi
fanining predmeti deganda mazkur fanning boshqa fan yoki predmetlardan ajratib
turuvchi
belgilari
yoki
xususiyatlari
tushunilib,
uning
predmetini
bizningcha,quyidagicha izohlash maqsadga muvofiqdir: