365
11.2. Umumiy moliyaviy natijalar, ularning tarkibi, tuzilishi va
ko„rsatkichlarining bir-biri bilan bog„liqligi
Xo‗jalik subyektlarining hisobot davridagi sof daromadi yoki zarari quyidagi
elementlar asosida aniqlanadi:
xo‗jalik umumiy faoliyatidan olingan daromad yoki ko‗rilgan zarar;
favqulodda daromad (zarar);
daromad solig‗i to‗langunga qadar umumiy moliyaviy natija (foyda yoki
zarar);
sof foyda.
Yalpi daromad xo‗jalik yurituvchi subyektning asosiy va asosiy bo‗lmagan
faoliyatidan olingan daromadlarni o‗z ichiga oladi. Asosiy faoliyatdan daromad
mahsulot, ishlar, xizmatlar,
tovar-moddiy zaxiralar, boshqa aktivlarni sotishdan,
shuningdek‘ mukofotlar, foizlar va dividendlar, gonorarlar va xo‗jalik yurituvchi
subyektning asosiy faoliyatiga bog‗liq bo‗lgan rentadan olinishi mumkin.
37
Xo‗jalik yurituvchi subyekt asosiy bo‗lmagan faoliyat
natijasida oladigan
daromadlari daromadni aniqlashga mos keladigan moddalarni o‗z ichiga oladi.
Birjada muomalada bo‗ladigan qimmatli qog‗ozlarni qayta baholash va
boshqalar asosiy bo‗lmagan faoliyat natijasida paydo bo‗ladigan daromadlarga
kiradi. Bunday daromadlar iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda ular haqidagi axborot
foydali bo‗lganligi sababli alohida qayd etiladi.
Soliqqa tortiladigan daromad (zarar) soliq qonunchiligiga muvofiq
belgilangan hisobot davridagi daromad (zarar) summasini ifoda etadi.
Moliyaviy natijalar – xo‗jalik yurituvchi subyektning
foyda yoki zarar
shaklida ifodalangan faoliyatining pirovard iqtisodiy yakunidir.
38
37
МҲХС-1- Молиявий ҳисоботларни тақдим этиш.
38
Молиявий ҳисоботни тайѐрлаш ва тақдим этиш учун концептуал асос Мазкур Концептуал
асосга АВ 09.09.2016 й. 475-1-сон билан рўйхатга олинган Молия Вазирининг Буйруғига мувофиқ
ўзгартиришлар киритилган
366
Daromadlar va xarajatlar moliyaviy natijalar to‗g‗risidagi hisobotda qarorlar
qabul qilish uchun zarur bo‗lgan axborotni taqdim etish maqsadida faoliyat
turlarini chegaralash yo‗li bilan ko‗rsatilishi mumkin.
Daromadlar va xarajatlarning xo‗jalik yurituvchi subyektning ish natijalarini
ko‗rsatish imkoniyatini beradi. Shuni alohida ta‘kidlash lozimki,
omonat
egalarining xususiy sarmoyaga ulushlari daromad hisoblanmaydi, xususiy
sarmoyaning egalari o‗rtasida taqsimlanishi esa xarajat hisoblanmaydi.
Moliyaviy natijalarni moliyaviy hisobotda aks ettirish masalasi eng muhim
masala hisoblanadi. Bunda quyidagi talablarga amal qilinadi:
- aktivlarning ko‗payishi va majburiyatlarning kamayishi bilan bog‗liq
bo‗lgan bo‗lg‗usi iqtisodiy foydaning o‗lchangan ko‗payishi paydo bo‗lganda
daromad moliyaviy natijalar to‗g‗risidagi hisobotda aks etadi. Daromadlarni tan
olish aktivlarning ko‗payishi va majburiyatlarning kamayishini
aks ettirish bilan
bir vaqtda yuzaga kelishi lozim;
- xarajat aktivlarning kamayishi va majburiyatlarning ko‗payishi bilan bog‗liq
bo‗lgan bo‗lg‗usi iqtisodiy foydaning o‗lchangan kamayishi paydo bo‗lganda
moliyaviy natijalar to‗g‗risidagi hisobotda aks etadi. Xarajatlarni tan olish
majburiyatlardagi ko‗payish yoki aktivlarning kamayishini aks ettirish bilan bir
vaqtda yuzaga kelishi lozim.
Xarajatlarni belgilash mulkni, ishlab chiqarishni boshqarish hamda mahsulot
sotish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‗rsatish va zararlar bilan bog‗liq. Ular odatda
pul mablag‗lari,
moddiy zaxiralar, inshootlar, uskunalar va boshqa aktivlarning
chiqib ketishi yoki ulardan foydalanish, ishlatish shaklida bo‗lishi mumkin.
Zararlar ham iqtisodiy foydaning kamayganligini bildiradi va o‗z tabiatiga
ko‗ra boshqa xarajatlardan farq qilmaydi. Zararlar boshqa aktivlarni sotishda yoki
tabiiy ofatlar natijasida ham yuzaga kelishi mumkin.