Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Mavlanov, N. N. Kalandarova



Yüklə 5,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/287
tarix24.12.2023
ölçüsü5,29 Mb.
#191144
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   287
Iqtisodiy tahlil darslik

UO„K: 657.622(075.8) 
KBK: 65.261
ISBN 978-9943-13-798-1 © 
M.Y.Raximov, N.N.Mavlanov, 
N.N.Kalandarova, 2020 
 
 
 
© “IQTISOD-MOLIYA”, 2022 



KIRISH 
Iqtisodiyotdni liberallashtirish, globallashuv jaryonlari o‗z navbatida hisob 
va audit tizimining ham xalqaro gormonizatsiyasini va standartlashtirilishini talab 
etmoqda. Mazkur vazifani hal etish boshqaruvning muhim elementlari bo‗lgan 
hisob, iqtisodiy tahlil va auditning ham nazariy, metodologik va amaliy jihatlarini 
yagona tartiblarini belgilashni, ularni unifikatsiyalashni, muqobillikdagi tartiblarni 
yagona mezonlarga keltirishni taqozo qilmoqda.
Xalqaro kapital va kredit bozorining shakllanishi, xorijiy investitsiyalarning 
ko‗payishi, eksport-import operatsiyalarining jadallashuvi, transmilliy korxonalar 
rolining ortib borishi bilan moliyaviy hisobotlarni tuzishning xalqaro standartlarini 
belgilash, hisob ma‘lumotlarini qiyosiyligini ta‘minlash zaruriyati tobora ortib 
bormoqda. Axborotlarni olish va taqdim etishning eng muhim vositasi bu 
moliyaviy hisobotlardir. 
Moliyaviy hisobotlar axborot foydalanuvchilarining keng doirasi uchun: 
- investitsiyalar bilan bog‗liq xatarlar, dividendlarni to‗lash, aksiyalarni sotib 
olish, saqlash yoki sotish haqidagi; 
- kreditlar va foiz to‗lovlari haqidagi; 
- mol yetkazib beruvchilarga tegishli bo‗lgan summalarning o‗z vaqtida 
to‗lanishi haqidagi; 
- uzluksiz faoliyati to‗g‗risidagi; 
- faoliyat barqarorligi va rentabelligi to‗g‗risidagi; 
- resurslarning taqsimlanishi, faoliyatni tartibga solib turilishi, soliqqa 
tortish, milliy daromadni hamda boshqa statistik ma‘lumotlarni shakllantirish 
to‗g‗risidagi; 
- rivojlanish, taraqqiyot va farovonlikka erishish yuzasidan erishilgan 
so‗nggi yutuqlar to‗g‗risidagi axborotlar bilan ta‘minlaydi. 
Bunday axborotlar xo‗jalik subyekti yoki tadbirkorlik subyektining 
moliyaviy ahvoli, uning hisobot davridagi faoliyatining moliyaviy natijasi va pul 
mablag‗larining aylanishi to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni retrospektiv tahlil etishni va 
prognozlashni, moliyaviy natijalarni shakllantirgan asosiy omillar va ta‘sirlar, 



subyekt faoliyat ko‗rsatadigan muhitdagi o‗zgarishlarga javoban qo‗llaydigan 
choralari, subyektning moliyaviy natijalarni saqlab qolish va ko‗paytirishga 
qaratilgan investitsion siyosati, dividend siyosati; uning faoliyatni moliyalashtirish 
manbalari va majburiyatlari holatini qamrab olgan kompleks moliyaviy tahlilini 
amalga oshirishni talab etadi. 
Iqtisodiy tahlil faoliyatning boshqaruv samaradorligini oshirishga
investitsiyalar va kreditlarga doir qarorlarni qabul qilishga; subyektning bo‗lg‗usi 
pul oqimlariga; ularga ishonib topshirilgan resurslarga, majburiyatlarga; rahbar 
organlarning ishiga baho berishda biznes samaradorligi va boshqaruvning sifat 
menejmentiga erishishda muhim dastak vazifasini bajaradi. 
Iqtisodiy tahlilning eng muhim obyektlariga: subyekt nazorat qilib turadigan 
iqtisodiy resurslari va ularning moliyaviy tuzilmasi; likvidligi; to‗lovga qobiliyati; 
moliyaviy ahvoli va uning kelgusidagi kutilishlari; moliyaviy natijalari va 
rentabelligi; pul mablag‗lari va ularning ekvivalentlari; kapital hajmi, moliyaviy va 
iqtisodiy salohiyati; iqtisodiy nochorlikka yuz tutmasligi, investitsion jozibadorlik; 
kreditga qodirlik; moliyaviy ahvoli bo‗yicha reyting baholashlar kiradi. 
Mazkur darslik iqtisodiy tahlilning nazariy, metodologik va amaliy jihatdan 
xalqaro normalarga mos ravishda tuzib chiqilgan. Fan doirasida nafaqat obyekt 
yoki predmet balki, mavzular birligiga ham alohida ahamiyat qaratildi. 
Fanni o‗rganish davomida talabalar boshqaruv, moliyaviy va investitsion 
qarorlar qabul qilish uchun xo‗jalik subyektlarida resurslardan foydalanish 
holatini, 
faoliyat 
samaradorligini, 
moliyaviy 
holatini 
hamda 
ularning 
o‗zgarishlarini, o‗zgarishlarga ta‘sir etuvchi omillarni aniqlash, hisob-kitob qilish, 
baholash yo‗llarini o‗rganadilar. Shuningdek, xo‗jalik subyektlarining moddiy, 
moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish holatiga, ularning ishlab chiqarish‚ 
tijorat va moliya faoliyati samaradorligiga, subyektlarning iqtisodiy va moliyaviy 
salohiyatiga, boshqaruv samaradorligiga obyektiv baho berish, faoliyatning kuchli 
jihatlari va zaif tomonlarini aniqlash asosida aktivlarning bugungi va kelajakdagi 
qiymatini oshirishda aniq boshqaruv qarorlarini tayyorlash yuzasidan zamonaviy 
bilim, ko‗nikma va malakalarni shakllantiradilar. 



Iqtisodiy tahlil darsligi o‗z ichiga quyidagi mavzularni qamrab olgan: 
Iqtisodiy tahlilning predmeti, asosiy vazifalari va tamoyillari; iqtisodiy tahlilning 
metodi va usullari; iqtisodiy tahlilning turlari, tahlil ishlarini tashkil qilish va 
manbalar bilan ta‘minlash; xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarning marketing faoliyatida 
tahlil; xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarning mahsulot (ish, xizmatlar) ishlab chiqarish 
va sotish hajmini tahlili; asosiy vositalar holati va ulardan samarali foydalanish 
tahlili; moddiy resurslar bilan ta‘minlanganlik va ulardan foydalanish tahlili; 
mehnat resurslari bilan ta‘minlanganlik va mehnat unumdorligi tahlili; mahsulot 
ishlab chiqarish va davr xarajatlari tahlili;
 
buxgalteriya balansi ko‗rsatkichlari va 
moliyaviy holat tahlili; moliyaviy natijalar va rentabellik tahlili; debitorlik va 
kreditorlik qarzlarini tahlili; pul oqimlari tahlili; xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar 
xususiy kapitali tahlili. Har bitta mavzu keng, metodik jihatdan yangi, amaliy 
ma‘lumotlar tahlili asosida atroflicha yoritib berilgan. Mavzuga oid mustaqil ish 
topshiriqlari, nazorat savollari, adabiyotlar ro‗yxati, glossariylar bilan boyitilgan. 
Mualliflar tarkibi darslikni yozishda yaqindan amaliy yordam bergan bir 
guruh professor o‗qituvchilarga jumladan i.f.n., dots. Ibrohimov A va Ishonqulov 
N ga(boshqaruv tahlili), i.f.n., dots. Xakimov B. ga (moliyaviy tahlilda iqtisodiy 
matematik usullardan foydalanish) o‗z minnatdorchiliklarini bildiradi. 
Mazkur darslik talabalarning xo‗jalik subyektlari tomonidan tuziladigan 
moliyaviy hisobotlar va ularning tahlilini amalga oshirishda, faoliyat va biznes 
samaradorligini baholashda, boshqaruvning muhim qarorlarini tayyorlashda, 
moliyaviy holatni kompleks baholashda, reyting baholashda, moliyaviy hisobot 
elementlarini prognozlashda muhim manba bo‗lib xizmat qiladi. Darslikdan 
shuningdek‚ mustaqil ekspertlar, tahlilchilar, buxgalter va iqtisodchilar amaliy 
jihatdan 
keng 
foydalanishlari 
mumkin.Darslik 
yuzasidan 
o‗z 
fikr 
mulohazalaringizni mualliflarning quyidagi manziliga yo‗llashingiz mumkin va siz 
tomondan bildirilgan har bitta tavsiya darslikning keyingi nashrlarini yanada 
mukammal qilishda muhim manba bo‗lishiga umid bildirib qolamiz: 
Manzil: Toshkent moliya instituti, A.Temur ko‗chasi 60-A uy, audit va iqtisodiy 
tahlil kafedrasi, www.tfi.uz; 




Yüklə 5,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin