10
tizimli yondashishi, tanqidiy tahlil qilishi, ishlab chiqarishni sifat jihatdan yangi
bosqichga ko‗tarish masalalariga e‘tibor qaratishi talab etiladi.
Subyektlar qabul qiladigan iqtisodiy qarorlarda pul mablag‗larini
ko‗paytirish, ularning ko‗payish vaqtini aniq hisob-kitob qilish va natijaga
erishishga umid qilishdagi qobiliyatini baholash muhim masala hisoblanadi.
Bu borada tahlil:
- xo‗jalik yurituvchi subyektlariga ichki va tashqi ta‘sir birliklarini hisobga
olgan holda faoliyatning tizimli tahlilini amalga oshirishga;
- xo‗jalik yurituvchi subyektlarining joriy va istiqboldagi ko‗zlangan
maqsadlariga erishish yuzasidan mavjud imkoniyatlarni aniqlashga;
- xo‗jalik yurituvchi subyektining rivojlanish
tendensiyalari dinamikasiga
baho berishga;
- xo‗jalik yurituvchi subyektni kelgusida yanada rivojlantirish, mavjud
imkoniyatlarini ishga solishning iqtisodiy, moliyaviy manbalarini izlab topish va
amalga oshirishga yordam beradi.
Tahlil – boshqaruv faoliyatining sifatini oshirish va samaradorligini
ta‘minlashning muhim dastagi sifatida boshqaruv qarorlarini qabul qilishning
barcha bosqichlarida ishtirok etadi.
Tahlilning zamonaviy shaklida aniq vazifalarni hal etishda yuksak
professionallik, iqtisodiy-
matematik modellar,
axborot texnologiyalari, murakkab
analitik yechimlarga tayanishi lozim.
Tahlil – xo‗jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida obyektiv reallikni,
jarayonlar, erishilgan natijalar yuzasidan real analitik xulosalarni tayyorlash, aniq
chora-tadbirlarni belgilash va amalga oshirishda inson omilining ham muhim
ekanligini qayd etadi.
O‗z navbatida tahlil:
- boshqaruv jarayonini takomillashtirishga;
- boshqaruv samaradorligini oshirishga;
- boshqaruv sifatini ta‘minlashga;
- raqobatbardoshlikni oshirishga imkon beradi.
11
Zamonaviy boshqaruvda tahlil – ilmlar va bilimlar tarmog‗ining ham muhim
bo‗g‗ini sifatida xo‗jalik yurituvchi subyektlarning samarali faoliyatini yo‗lga
qo‗yish, yo‗qotishlarning oldini olish va zararsiz ishlash, iqtisodiy va moliyaviy
holatni yaxshilash, tahlikalarga bardoshlikni oshirishni ham muhim dastagi sifatida
qaraladi.
Hozirgi vaqtda tahlil rivojlanishining yangi bir bosqichiga qadam
qo‗ymoqda. Bu borada tahlilning tubdan yangi nazariyasi,
uslubiyoti, amaliyoti
shakllanish jarayoni kechmoqda. O‗zbekiston va xorijlik olimlar tomonidan
tahlilning boshqaruvda operativlikni ta‘minlashga imkon beruvchi, joriy va
istiqboldagi rivojlanishini belgilab beruvchi, iqtisodiy va moliyaviy axborotlar
oqimining shakliga (moliyaviy, boshqaruv) mos tushuvchi, kommunikatsiya
texnologiyalar, matematik modellar, statistik metodlarga asoslangan shaklini
yo‗lga qo‗yishga harakatlar qilinmoqda.
3
Tahlilning raqobatdosh iqtisodiyotda, doiraviy kengligi yanada kuchayadi.
Ayniqsa jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozlari sharoitida ularning yuzaga kelishini
makro va mikroko‗lamdagi sabablarini tahlil qilish zaruriyati yanada ortadi.
Negaki, har bitta (iqtisodiy, moliyaviy, tashkiliy va h.k.) jarayondagi o‗zgarishlar
sabab va oqibat, ichki va tashqi omillar ta‘sirida tashxislanishi va yakuniy
xulosalar bilan izohlanishi lozim.
Bugungi kun iqtisodiyoti xo‗jalik subyektlari oldiga texnik-texnologik
taraqqiyotga, ilm fanga asoslangan iqtisodiyotni yo‗lga qo‗yishga undamoqda. Bu
esa o‗z navbatida boshqaruvchilardan samarali faoliyat shakllarini yo‗lga
qo‗yishni, tadbirkorlikni faollashtirishni, individuallik va namunaviylikni
kuchaytirishni talab etadi. Bu vazifalarning
birontasini iqtisodiy, moliyaviy
tahlilsiz amalga oshirib bo‗lmaydi. Bu borada avvalo, boshqaruvning o‗zini ham
takomillashtirish masalasiga alohida ahamiyat qaratish lozim. Boshqaruv tizimi
takomillashtirilmas ekan, uning muhim dastaklari takomillashtirilmaydi. Bugungi
kunda boshqaruvning takomillashgan shakli sifatida uning korporativ shakliga
3
Пронина В. С. Экономический анализ: перспективы развития // Молодой ученый.-2016. №27.
С. 485-487. URL https://moluch.ru/archive/131/36374/ (дата обращения: 05.02.2018).
12
o‗tish yuzasidan dunyo amaliyotida yangi bir davr boshlanganligini qayd etish
lozim.
4
An‘anaviy boshqaruv qarorlarini qabul qilish nazariyalarida boshqaruvning
kompleks tahlil konsepsiyasiga alohida urg‗u beriladi. Boshqaruvning kompleks
tahlil konsepsiyasi – boshqaruv qarorlarini qabul qilishda barcha jihatlarni hisobga
olishni, ko‗plab soha mutaxassislarining hamkorlikda ishlashini talab etadi.
Mazkur konsepsiyada qaror qabul qilishda samaradorligini belgilovchi mezonlar
faqat miqdor ko‗rsatkichlar (quantitative indicators)
bilan emas, balki sifat
ko‗rsatkichlari (qualitative indicators) bilan ham baholanadi.
Tahlilning boshqaruvdagi roli – boshqaruv subyektlariga boshqaruv
obyektini (xo‗jalik jarayonlari va hodisalari, ularning samarasi va natijalari
yuzasidan boshqaruvning) maqbul yechimlarini berish yuzasidan zaruriy
axborotlar bilan ta‘minlashdan iborat.
Tahlilning boshqaruvdagi o‗rni – xo‗jalik yurituvchi subyektlarning xo‗jalik-
tijorat-moliya faoliyatining joriy holatiga baho berish va uni kelgusida yanada
rivojlantirish yuzasidan tizimli yechimlarni boshqaruv subyektlariga yetkazib
berishdan iborat.
Tahlilning boshqaruvdagi ahamiyatini – xo‗jalik yurituvchi subyektlar
iqtisodiy, moliyaviy ahvoli, uning kelgusidagi kutilishlari, pul mablag‗lari kirimi
va chiqimidagi ijobiy farqlanishlar, kapital hajmini oshirishdagi kompleks
o‗rganishlarning zaruriyligini ifodalaydi.
Dostları ilə paylaş: