Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Mavlanov, N. N. Kalandarova


Iqtisodiy tahlil fanining vujudga kelishi va tarixiy taraqqiyot jarayonida



Yüklə 5,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/287
tarix24.12.2023
ölçüsü5,29 Mb.
#191144
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   287
Iqtisodiy tahlil darslik

Iqtisodiy tahlil fanining vujudga kelishi va tarixiy taraqqiyot jarayonida 
atalgan nomlari
5
 
Nomlanishi 
Izoh 
Balansshunoslik 
Balans ma‘lumotlarini o‗rganganligi sababli 
Balans talqini 
Ko‗rsatkichlarning davriy o‗zgarishlariga baho 
berish zaruriyati tufayli 
Balansni tahlil qilish 
Davriy o‗zgarishlarda erishilgan natijalar yoki boy 
berilgan imkoniyatlarga qarab kelajakni baholash 
zaruriyatining paydo bo‗lishi bilan 
Hisobot tahlili 
Moliyaviy hisobot shakllarining sonini ko‗payishi 
va ularda aks etuvchi elementlarni baholash 
zaruriyati tufayli
Iqtisodiy tahlil 
Barcha iqtisodiy o‗zgarishlarga bo‗lgan talabning 
kuchayishi bilan 
Sotsial-iqtisodiy tahlil 
O‗rganiladigan masalalar ko‗lamining faqat 
iqtisodiy jihatlarini emas, balki ijtimoiy jihatlarini 
ham o‗rganishga zaruriyatning paydo bo‗lishi 
bilan 
Xo‗jalik faoliyati tahlili 
Xo‗jalik faoliyatining barcha qirralarini qamrab 
olinishiga bo‗lgan talab tufayli 
Moliyaviy va boshqaruv 
tahlili 
Buxgalteriya hisobining moliyaviy va boshqaruv 
hisobi tarkiblanishiga uyg‗unlikda 
5
Муаллифлар томонидан мустақил тузилган 


15 
Moliyaviy tahlil, 
Moliyaviy hisobot tahlili 
Rivojlangan 
davlatlarning 
umumkasbiy 
va 
ixtisoslik fanlar tizimiga uyg‗unlikda 
Buxgalteriya hisobi, auditning fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi ham 
iqtisodiy, moliyaviy tahlil fanining paydo bo‗lishiga muhim turtki bo‗ldi deyish 
mumkin.
Uning shakllanishi va rivojlanishiga oid manbalarda italyan matematigi 
Luka Pochiolining ―Schyotlar va yozuvlar haqidagi traktati‖ alohida o‗rin tutadi. 
Tahlil fanining fan sifatida shakllanganligiga uncha ko‗p vaqt bo‗lgani yo‗q. 
Unga doir chop etilgan fundamental manbalar XX asrning 20–30-yillariga 
kelibgina chop etila boshlandi.
Fanlarning yuzaga kelishi tabiiy jarayon hisoblanadi. Dunyoni bilish 
nazariyasini iqtisodiyotga bog‗langan so‗rovlarini hal etishda muhim vosita 
hisoblangan tahlil nafaqat aniq fan sifatida balki barcha fanlarga metodologik asos 
sifatida ham qaraladi. 
Tahlil fanining predmetiga keng ma‘noda e‘tibor beradigan bo‗lsak, u tahlil 
qilinayotgan obyekt (firma, kompaniya, konsernlar)ning butun xo‗jalik faoliyatidir. 
Tahlil fani xo‗jalik faoliyatida nafaqat sodir bo‗lgan, balki bo‗layotgan va 
kelgusida bo‗ladigan jarayonlarni ham o‗z ichiga oladi. Shu jihatdan ushbu fan 
boshqa fanlardan tubdan farq qiladi.
Tahlil fanining predmetiga manbalarda berilgan ta‘riflar shu darajada ko‗p 
bo‗lishiga qaramasdan ularning barchasini bir mazmunda tushunish mumkin. Bu 
mazmun, jarayonlarning doiraviyligi, faoliyat natijalarining manbalarda ifoda 
etilganligi, ko‗rsatkichlar tizimida baholanishi, sabab-oqibat bog‗lanishlari, ichki 
va tashqi omillar ta‘sirida o‗rganishning yagonaligi bilan izohlanadi.

Yüklə 5,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin