13
mahsulotlarni yaratish orqali raqobatdoshlikni ta‘minlash, tarkibiy o‗zgarishlarni
talab etadi. Bu jarayonlar albatta ishdagi unum va samarani, natijaviylikdagi
ijobiylikni ta‘minlashning muhim garovi hisoblanadi.
Ishdagi unum va samara,
natijaviylikda ijobiy o‗zgarishlar xo‗jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini
keng qamrovli va tizimli shaklda doimiy o‗rganishni, baholash va tahlil qilishni
talab etadi.
Xo‗jalik yurituvchi subyektlar faoliyati, uni yo‗lga qo‗yishdagi kafolatlangan
erkinliklari hamda ma‘lum bir dastaklar asosida tartiblanuvchi
birliklari doimo
tahliliy yechimlar asosida boshqarib boriladi. Xuddi shu boshqaruv oddiydan
murakkabga, maydadan yirikka, sabab-oqibat bog‗lanishlaridagi
iqtisodiy,
moliyaviy tahlilni yo‗lga qo‗yishni talab etadi.
Har bitta fan obyektiv zaruriyat tufayli paydo bo‗lishi va oldiga qo‗yilgan
vazifalarni hal etishi, moddiy va nomoddiy olamdagi savollarning aniq yechimini
berishi, hayot va uni go‗zalligini ta‘minlashning muhim
vositasiga aylanishida
tobora rivojlanib borishini hisobga oladigan bo‗lsak, iqtisodiy, moliyaviy tahlil
fanining ham tashkil topganiga bir necha asrdan oshganligini qayd etish lozim.
Fan shakllanishining ilk ko‗rinishlari qadimgi davrlarga borib taqaladi.
Jumladan uning ilk manbalari Konfutsiylik ta‘limotiga,
Qadimgi Gretsiyadagi
Ksenofot, Aristotel, Qadimgi Rimdagi Varroon,
Sanekalar tomonidan yozib
qoldirilgan manbalarga borib taqaladi.
O‗rta asrlarda tahlilga oid manbalarni iqtisodiy nazariya fanining tarkibida
makro va mikro iqtisodiy tahlil yechimlaridan foydalanilganligini ko‗rish mumkin
(Antuan Monkret, U.Petti, D.Rikardo, A.Smit, S.Sismondi va boshqalar).
Zamonaviy iqtisodiy tahlil fanining vujudga kelishini va rivojlanishini olimlar
ko‗pincha buxgalteriya hisobi, nazorat, audit fanlarining
vujudga kelishi va
rivojlanishi bilan bog‗lashadi.
Fanning rivojlanishida xorijlik olimlardan: I.Arinushkin, M.I.Bakanov,
L.E.Basovskiy,
D.Bliss,
B.Barngolts,
M.A.Baxrushina,
V.V.Bocharov,
S.Yu.Buevich, O.N.Volkov, R.Ya.Veytsman, N.V.Voytolovskiy, N.R.Veytsman,
L.T.Gilyarovskaya, A.I.Gingzburg, P.Gerstnera, L.V.Dontsova, D.A.Endovitskiy,
14
O.V.Efimova,
B.T.Jarilgasov,
I.I.Karakoz,
V.E.Kerimov,
V.V.Kovalev,
L.I.Kravchenko, V.G.Kogdenko, A.Ya.Lokshin, N.P.Lyubushin, E.I.Maydanchik,
A.Sh.Margulis, M.V.Melnik, A.I.Muravev, E.V.Negashev, N.A.Nikiforova,
A.Yu.Petrov,
V.I.Petrova,
G.V.Savitskaya,
S.K.Tatur,
V.I.Sambrovskiy,
A.I.Sumtsova, A.Ya.Usachev, I.Sher, A.E.Xorin, P.N.Xudyakov, A.D.Sheremet,
I.A.Sholomovich, O‗zbekistonlik olimlardan N.A.Xan, S.X.Abdulyatipov,
I.T.Abdukarimov, Yo.Abdullayev, A.T.Ibragimov, A.V.Vaxobov, M.Q.Pardayev,
M.Yu.Raximov, A.Usanov, N.F.Ishonqulov, B.J.Xakimov, A.A.Abdug‗aniyev,
U.A.Nurmanov,
G.A.Ibragimov,
U.Q.Yaqubov,
Z.A.Sagdillayeva,
T.Sh.Shog‗iyasov, S.Shoalimov, B.Isroilov, Yu.S.Sattarov, R.Ko‗chqorov,
D.Q.Qudbiyev,
I.O.Voljin,
V.V.Ergashbayev,
Z.N.Qurbonov
va
Sh.U.Xaydarovlarning hissalari kattadir. Tahlil fanining rivojlanishida ayniqsa
Toshkent va Samarqand maktabi vakillarining hissasi alohida e‘tirof etiladi.
1.2-jadval
Dostları ilə paylaş: