Menejerning imidji - bu uning obrazi, ushbu menejerning unga alohida o'ziga xoslikni beruvchi va uni bir qator boshqa rahbarlardan ajratib turuvchi farqlanuvchi va mutloq ta'riflari haqidagi mustahkam tasavvurdir. Imidjning asosini ishning maqsadga qaratilgan holda tashkil qilinayotgan va qo'llab quvvatlanayotgan uslubi va menejerning shaxslararo munosabatlari va rasmiy atributlari (belgilari) tashkil qiladi.

"Imidj" inglizcha so'z bo'lib, "obraz", "shuhrat"ni bildiradi. Bu kimningdir, nimaningdir ommaviy ongda vujudga kelgan va sterotip xarakterga ega bo'lgan hissiyotli bo'yalgan obrazidir. O'zining imidji haqidagi g'amxo'rlik bu uni odamlar ongida gavdalanishi, o'zini o'zi eng yaxshi tanishtirishdir.
Imidj tushunchasi personifikatsiya (gavdalantirish, tasvirlash)ga yaqinroq bo'ladi, ammo o'zining ichiga shaxsning nafakat tabiiy xususiyatlarini, balki maxsus yaratilganlarini ham oladi. Bundan tashqari, u odamning tashqi qiyofasi va ichki dunyosi haqida, uni psixologik turi haqida gapiradi.
Kasbiy imidjni olish ishbilarmon kishi, yetakchi uchun birdan bir maqsad emas. Ammo unga ega bo'lish unning g'oyatda muhim shaxsiy va kasbiy ta'rifini tashkil qiladiki, bu chukur amaliy ma'noga ega.
"Imidj" tushunchasining ma'nosi har xil yig'ilganlardan vujudga keladi. Uning eng muhim qismi ahloqiydir. Gap shundaki, ahloqli odam insoniy tajriba tomonidan tekshirib chiqilgan ahloqiy nasihatlar bo'yicha yashash zarurligini his qiladi, ahloqsiz esa hamma vakt shaxsiy ehtiroslari va ehtiroschalarining asiri bo'ladi va uning ideali - hamma narsaga yo'l qo'yilganlikdir.
Bizning jamiyatimizga o'zini o'zi hammadan avval ma'naviy takomillashti rishga qodir ahloqan ishonchli menejer zarur. Uning e' tiborini insoniyat madaniya tining barcha boyliklarini qamrab olishi kerak, ya'ni u keng gumanitar bilimlarga ega bo'lishi kerak.