Toshkent moliya instituti menegment. Marketing fanidan



Yüklə 201,2 Kb.
səhifə2/4
tarix13.12.2023
ölçüsü201,2 Kb.
#175398
1   2   3   4
Normatov Shohabbos

2 Menejer va yetakchi

  • Menejerni yana yetakchilik sifatini egallashi maqsadga muvofiqdir. Yetakchi ko'pincha rahbar bo'ladi, ammo uning harakatlarining xarakteri odatdagi menejer- ma'murdan boshqacharoq. U boshqarmaydi, buyruq bermaydi, balki boshqalarni orqasidan olib yuradi. Ular unga nisbatan tobelar emas, balki ergashuvchilar bo'ladilar.
  • Lavozim rahbar uchun rasman jamoaning yetakchisi bo'lish uchun kerakli shart-sharoitlarni yaratadi, ammo uni avtomatik ravishda shunday qilmaydi, tashkilotda birinchi shaxs bo'lish, ammo haqiqiy yetakchi bo'lmasligi mumkin, chunki u buyruq bilan tasdiqlanishi emas, balki atrofidagilar tomonidan ularning extiyojlarini qanoatlantirishga qodir yagona kishi sifatida psixologik tan olinishi kerak. Buning uchun yetakchilik o'rniga da'vogarlik qiluvchi kishi kelgusini va unga qarab harakatlanish yo'llarini aniq ko'ra olishni bilishi kerak.
  • Yetakchilar rasmiy menejerlardan nima bilan farqlanadilar? Menejerlar qoidaga ko'ra, boshqa kishilar tomonidan qo'yilgan maqsadlarga qanday, qaysi usullar bilan erishish kerakligini belgilaydilar, qo'l ostidagilarning ishini rejalarga muvofiq tashkil qiladilar va yo'naltiradilar, ammo bunda passiv o'rini egallaydilar. O'zlarining atrofdagilar bilan o'zaro hamkorliklarini huquqlar va majburyatlarni aniq tartibga solinishi asosida quradilar. Yetakchilar esa qanday maqsadlarga intilish kerakligini mustaqqil ravishda, ortiqcha tafsilotlarni surishtirmasdan belgilaydilar. Ularning qarashlarini qabul qilgan va qiyinchiliklarga qaramasdan, ularning orqasidan borishga tayyor bo'lgan kishilar, ularga ergashuvchilar bo'ladilar, yetakchilar bunda ilhom beruvchilar bo'ladilar. Ular atrofdagilar tomonidan nazorat qilinmaydilar, ergashuvchilar bilan munosibatlarni esa ular inshonch asosida quradilar

3. Menejerning uslubi va imidji

  • Boshqaruv uslubi - bu rahbar tomonidan foydalaniladigan masala-larni yechishni eng xarakterli va barqaror usullarining majmuasi, uning qo'l ostidagilarga nisbatan hulqining odatlari. Boshqaruv uslubi jamoa va umuman korxona (tashkilot) faoliyatining samaradorligiga katta ta'sir ko'rsatadi. Haqiqiy sharoitlardagi boshqaruvning aniq uslubi ob'yektiv va sub'yektiv xarakterdagi quydagi omillarni belgilab beradi:
  • jamoaning vazifalari va xizmatlari;
  • jamoaning ish sharoitlari;
  • jamoaning o'lchamlari va tuzilishi;
  • rahbarning shaxsiy sifatlari va tajribasi;
  • menejerning kasbiy mahorati;
  • mehnat jamoasi a'zolarining kasbiy tayyorgarlik darajasi va ongliligi;
  • - mehnat jamoasining pishib yetilganligi va birlashganligi darajasi va boshqalar.
  • Rahbarlik uslublarining kengligi to'liq demokratiyadan to mutloq avtokratiya gacha yoyilib ketadi. Ruhshunoslar va sotsiologlar tomonidan o'tkazilgan rahbar larning har xil turlari va ular faoliyati samaradorligining tadqiqotlari rahbarlikning uchta eng ko'p uchraydigan uslublar: avtoritar yoki avtokratik, demokratik va liberalni ajratishga imkon bergan, ammo amalda mutloq u yoki bu uslubga rioya qiluvchi rahbarlar kamroq uchraydilar.

Avtoritar uslubdan foydalanishda avtokrat rahbar e'tirozlarga toqat qilaol maydi. U qo'li ostidagilarga kamroq axborotlarni beradi. Hech kimga ishonmaydi va hech kimga o'zining niyatlarini ma'lum qilmaydi. U o'z harakatlari yo'nalishini tez o'zgartiradi. Qo'li ostidagilar bilan iltifotsiz, shoshilinch qarorlarga moyil. Unda, fikrlarini payqab olishni biladiganlar eng yaxshi xodimlar hisoblanadilar. Qo'li ostidagilar barcha savollar bilan "boshliq" oldiga chopadilar. Avtokrat rahbarni oldindan bilib bo'lmaydi. Hech kim u yoki bu hodisaga u qanday javob qayt arishini ochiq-oydin bilmaydi.
Rahbarlarning bunday uslubida ko'pincha nizolar chiqadi. Avtokratning barcha masalalarda shaxsiy omilkorligiga da'volari tartibsizlikni keltirib chiqadi va ishning samaradorligini pasaytiradi.
Liberal uslub tashabbussizlik, mehnat jarayoniga aralashmaslik bilan ta'riflanadi. Liberal rahbar orqali yuqori rahbariyat ko'rsatmalari bo'yicha harakat qiladi, javobgarlikdan qochishga intiladi.U har xil omillarning ta'siri ostida o'zining qarorini o'zgartirishi mumkin. Tashkilotda ko'pincha muhim masalalar uning ishtirokisiz hal qiladi.

Yüklə 201,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin