Ishbilarmonlig etikasi-bu yaxshilik va yomonlik, ma'naviylik va ahloqiylik, insonni jamiyatdagi ma'lum o'rni va hayoti va faoliyatining ma'nosi haqidagi tushunchalarga mos keluvchi inson hulqining ta'limi va amaliyotidir. Ishbilarmonlik etikasi o'z ichiga menejer, har qanday ishbilarmon kishi qo'yilgan maqsadlarga erishish uchun suyanadigan ideallarni oladi.
Ishbilarmonlik etikasi faoliyatining u yoki bu sohasida tavakkalli, novatorli, halol, omilkor va qonuniy biznesni olib borishga asoslanadi. Tadbirkorlik faoliya tining xili va uning alohida turlaridan qat'iy nazar, ishbilarmonlik etikasi, ya'ni milliy etnik an'analarini va undan kelib chiquvchi qoidalarni hisobga olishi kerak.
Ishbilarmonlik etikasi menejerning xarakteri, uning qalbi, aqlining xususiyat lari, motivatsiya, ma'lumoti va bilimlarining darajasi, uning jamoada, jamiyatdagi insonlarga nisbatan hulqi bilan chambarchars bog'langandir. Obru, faxr, halollik, izzattalablik, oliyjanoblik, muloyimlik menejer ishbilarmonlik etikasining "arsena liga" kiradi, uni ijobiy ta'riflaydi.
Etik me'yorlar, huquqiy me'yorlardan farqliroq, rasmiy ravishda hech qaerda yozilmagan va uzoq vaqt davomida "otalardan" "bolalarga", kattalardan kichiklarga, bir avloddan boshqasiga og'zaki ravishda uzatib kelingan. Ular asrlar davomida har xil xalqlarning ko'pgina avlodlarining birgalikdagi fao liyati, jamoaviy turmushlari jarayonida vujudga kelganlar va madaniyatning asosiy yutuklaridan biri bo'lganlar.
Biznesda muvaffaqiyatga erishish uchun menejerlarga ishbilar-monlik etikasining asosini egallash muhimdir. Boshqaruv amaliyoti etik me'yorlarni, ya'ni kasbiy etikaning postulatlari(isbotsiz qabul qilinadigan qoidalar)ni ishlab chiqqan, ular tadbirkor, menejerning etik kodeksi deb ataluvchining asosida yotadilar. Ya'ni madaniy tadbirkor, menejer:
Biznesda muvaffaqiyatga erishish uchun menejerlarga ishbilar-monlik etikasining asosini egallash muhimdir. Boshqaruv amaliyoti etik me'yorlarni, ya'ni kasbiy etikaning postulatlari(isbotsiz qabul qilinadigan qoidalar)ni ishlab chiqqan, ular tadbirkor, menejerning etik kodeksi deb ataluvchining asosida yotadilar. Ya'ni madaniy tadbirkor, menejer:
o'z mehnatini nafaqat o'zi uchun, balki boshqalar, jamiyat, davlat uchun foydali bo'lishiga ishonishi;
o'zini o'rab turgan insonlar ishlashni xohlashlari va bilishlari, o'zlarini tadbirkor bilan birga ko'rsatishga intilishlaridan kelib chiqishi;
biznesga ishonishi, uni o'ziga jalb qiluvchi ijod sifatida baholashi, biznesga san'atga kabi qarashi;
raqobatni zarurligini tan olishi, ammo hamkorlikni zarurligini ham tushunishi;
o'zini shaxs sifatida, har qanday shaxsni esa o'zi kabi hurmat qilishi;
har qanday mulkni, davlat hokimiyatini, ijtimoiy harakatlarni, satsial tartibni, qonunlarni hurmat qilishi;