Xususiy hollardagi elastiklik koʻrsatkichlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
1.6-rasm. Chiziqli talab (koʻk) va taklif (qizil) funksiyalari
1.7-rasm. Egri chiziqli talab funksiyasi
Elastiklik eng koʻp qoʻllaniluvchi soha ekonometrika boʻlganligi uchun elastiklikni oʻlchashda turli funksiyalardan foydalaniladi[34]. Quyidagi funksiyalar ekonometrikada uchraydi:
1.Chiziqli funksiya.
2.Egri chiziqli funksiya (Darajali funksiya).
Chiziqli funksiyada elastiklik y=kx+b dagi k koeffitsienti orqali ifodalanadi. Yaʼni, ixtiyoriy {\displaystyle Q_{D}^{P}=100-2P} funksiyadan 2 soni k koeffisienti hisoblanib, funksiya elastik hisoblanadi. Chiziqli funksiyada oʻzgaruvchiga manfiy qiymat berilmaydi, chunki narx noldan kichik boʻlishi mumkin emas. Rasmdagi -x+5 funksiyaning elastikligi 1 ga, y = x/2+2 funksiyasida esa elastiklik 1/2 ga teng hisoblanadi, yaʼni funksiya noelastikdir[35].
Egri chiziqli funksiyada esa funksiyaning darajasi bu vazifani oʻtaydi. Ixtiyoriy {\displaystyle 3x^{-2}} funksiyada funksiya elastikligi 2 hisoblanadi. Darajali funksiyada x ning manfiy qiymati olinmaydi, chunki narx noldan kichik boʻlishi mumkin emas. Real iqtisodiyotdagi funksiyalarda modellar aynan egri chiziqli funksiya koʻrinishida ifodalanadi, chunki aynan koʻp chiziqli funksiyalar yigʻindisi egri chiziqli funksiyani hosil qiladi[36].
Elastiklik koʻrsatkichlari
Baʼzi tovarlarning narxga bogʻliq talab elastikligi koʻrsatkichlari[25]