O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI “MIKROIQTISODIYOT.MAKROIQTISODIYOT” FANIDAN Mavzu: Aholining bo’sh turgan mablag’larini tijorat banklariga jalb etish masalalari. Qabul qildi: ________________ Bajardi: Qozoqov Aktam TOSHKENT -2022
Reja:
Reja:
1.Aholining omonatlarini jalb qilish bo‘yicha respublika tijorat banklari o‘rtasida tanlov
2.Tanlov natijalariga ko‘ra, g‘oliblar sakkizta asosiy va o‘n bitta qo‘shimcha nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi.
3.Tijorat banklari depozitlariga aholi va xo‘jalik subyektlari bo‘sh pul mablag‘larini jalb etishni yanada rag‘batlantirish qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida
Mavzu: Aholining bo’sh turgan mablag’larini tijorat banklariga jalb etish masalalari.
1.Aholining omonatlarini jalb qilish bo‘yicha respublika tijorat banklari o‘rtasida tanlov
Aholining omonatlarini jalb qilish bo‘yicha respublika tijorat banklari o‘rtasida tanlov o‘tkazish to‘g‘risida» 2008 yil 31 oktyabrdagi Prezident Qaroriga muvofiq 2016 yil yakunlariga ko‘ra, aholi bo‘sh pul mablag‘larini banklardagi omonatlarga jalb qilish bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov g‘oliblari aniqlandi. Tanlovda jami 27 ta tijorat bankining 855 ta filiali, 4 299 ta mini-banki hamda maxsus kassalari ishtirok etdi.
Tanlov g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi 4 fevral kuni O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasida bo‘lib o‘tdi. Har yili o‘tkazib boriladigan mazkur tanlov aholining bo‘sh pul mablag‘larini banklardagi omonatlarga jalb qilishda tijorat banklarini rag‘batlantirish va ular faoliyatini kuchaytirish, banklarning investitsiya imkoniyatlarini yanada kengaytirish uchun resurs bazalarini mustahkamlash, omonatlarni jalb etishda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, shuningdek aholiga ko‘rsatilayotgan bank-moliya xizmatlari sifatini yanada oshirish borasida ilg‘or tajribalarni keng joriy etishga da'vat etmoqda.