Toshkent moliya instituti moliya fakulteti


III. XULOSA------------------------------------------------------------------------------- IV



Yüklə 152,9 Kb.
səhifə2/15
tarix28.04.2023
ölçüsü152,9 Kb.
#104139
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
agrar munosabatlar va ularning bozor tizimidagi xususiyatlari

III. XULOSA-------------------------------------------------------------------------------
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR------------------------------------------
V.ILOVALAR.


Reja:



  1. Bozor islohotlari sharoitida agrar munosabatlarning iqtisodiy mohiyati, mazmuni.

  2. Agrar munosabatlar rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari.

  3. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida klaster tizimining rivojlanishi.

  4. Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini rivojlantirishning huquqiy-me’yoriy asoslari.

  5. Agrar munosabatlarni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari tahlili

  6. Hududlarda agrar munosabtlarni rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar.



Kirish
Agrar sohada ishlab chiqarish ko‘p jihatdan yer bilan bog’liq bo‘ladi. Yerga egalik qilish, tasarruf etish va undan foydalanish bilan bog’liq bo‘lgan munosabatlar agrar munosabatlar deyiladi.
Bizning mamlakatimizda esa yer davlat mulki bo‘lib, u uzoq muddatli ijara sifatida foydalanishga berilayapti.
Qishloq xo‘jaligida takror ishlab chiqarishning muhim xususiyatlaridan biri shundaki, bu yerda ishlab chiqarish jarayoni bevosita tirik mavjudotlar - yer, o‘simlik, chorva mollari bilan bog’liq bo‘ladi va tabiiy qonunlar iqtisodiy qonunlar bilan bog’lanib ketadi. Bunda yer mehnat quroli va mehnat predmeti sifatida qatnashadi. Yerning boshqa ishlab chiqarish vositalaridan farqi shundaki, undan foydalanish jarayonida u yeyilmaydi, eskirmaydi. Aksincha, agar undan to‘g’ri foydalanilsa, uning unumdorligi oshib boradi.
Yerning hosil berish qobiliyatiga tuproq unumdorligi deyiladi. U tabiiy yoki iqtisodiy bo‘lishi mumkin.
Uzoq yillar davomida kishilarning hech qanday aralashuvisiz, tabiiy o‘zgarishlar natijasida yerning ustki qatlamida o‘simlik «oziqlanishi» mumkin bo‘lgan turli moddalarning vujudga kelishi yerning tabiiy unumdorligi deyiladi.
Agar tuproq unumdorligi kishilarning tabiatga ta’siri natijasida, ya’ni tuproq tarkibi va dehqonchilik usullarini yaxshilash sun’iy yo‘l bilan, masalan, yerni organik va kimyoviy o‘g’itlash, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash, ilmiy asoslangan sug’orish, irrigatsiya va melioratsiya kabi ishlab chiqarish usullarini joriy qilish hamda boshqa shu kabi yo‘llar bilan amalga oshirilsa, bu iqtisodiy unumdorlikni tashkil qiladi.
Yerdan olinadigan hosil ko‘proq mana shu yerning tuproq unumdorligini saqlash va uni oshirish, ya’ni insonning, aniqrog’i ishchi kuchining, jonli mehnatning yerga faol ta’siri bilan bog’liq bo‘ladi. Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari kabi qishloq xo‘jaligida ham ishlab chiqarish uning omillarining bevosita birikishi asosida sodir bo‘ladi. Bunda ishchi kuchi faol bo‘lib, asosiy rolni o‘ynaydi. Qishloq xo‘jalik korxonalarida yerdan boshqa barcha ishlab chiqarish vositalari xususiy, shaxsiy, jamoa mulk shaklida bo‘lishi mumkin. Hozirgi paytda qishloq xo‘jaligida xo‘jalik yuritishning asosiy ko‘rinishlari shirkat, fermer, dehqon xo‘jaligi shakllarida bo‘lib, ularda turli iqlim va tuproq sharoitlarida ishlab chiqarish olib boriladi.


www.lex.uz
Qishloq xo‘jalik korxonalarida ham asosiy kapital turli xil traktorlar, mashinalar, transport vositalari, bino, inshootlar, ko‘p yillik daraxtlar, mahsuldor chorva hamda ish hayvonlari, shuningdek, xizmat muddati bir yildan ortiq bo‘lgan turli xil asbob-uskunalardan tashkil topadi.
Qishloq xo‘jaligida muhim ishlab chiqarish vositasi hisoblangan yer pul bilan bilan baholanmasligi, ya’ni qiymati o‘lchanmasligi tufayli, kapital qiymati tarkibida hisobga olinmaydi. Qishloq xo‘jaligida mavjud bo‘lgan asosiy kapitalning ayrim turlari, masalan, ko‘p yillik daraxtlar, mahsuldor chorva, ish hayvonlari, sug’orish inshootlari va boshqalar sanoat tarmoqlarida bo‘lmaydi.
Bundan tashqari, ishlab chiqarish vositalari hisoblangan binolar, sug’orish inshootlari va boshqalar ishlab chiqarish natijasini oshirishga faol ta’sir o‘tkazadi, sanoat tarmog’ida esa ular birmuncha sustroq va bilvosita ta’sir o‘tkazadi. Shunga binoan qishloq xo‘jaligidan kapitalning tarkibida turli inshootlar, binolar, uzatma mexanizmlar va boshqalarning hissasi ko‘proq. Qishloq xo‘jaligida takror ishlab chiqarishni amalga oshirishda asosiy kapital ham qatnashadi.

Yüklə 152,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin