Toshkent moliya instituti moliya fakulteti


Yerdan foydalanish huquqi



Yüklə 152,9 Kb.
səhifə7/15
tarix28.04.2023
ölçüsü152,9 Kb.
#104139
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
agrar munosabatlar va ularning bozor tizimidagi xususiyatlari

Yerdan foydalanish huquqi – bu o‘rnatilgan urf-odatlar yoki qonuniy tartibda undan foydalanishni bildiradi.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishda ham to‘rt omil – yer, kapital, tadbirkorlik qobiliyati, ishchi kuchi qatnashadi. Bunda yer muhim ishlab chiqarish vositasi sifatida ishtirok etadi. Bu omillarni barchasini harakatga keltirish ishchi kuchi omiliga bevosita bog‘liqdir. Kapital foyda yoki foiz, yer esa renta yaratadi degan tushunchalar – xato fikr-mulohazalardir, uni barchasini jonli mehnat egasi bo‘lgan ishchi kuchi yaratadi. Aytish mumkinki, ishchi kuchi - moddiy vositalarni harakat keltiruvchi ishlab chiqarishning ustuvor omilidiр.
3. Agrosanoat integratsiyasi va uning asosiy ko‘rinishlari.
Iqtisodiy rivojlanish qishloq xo‘jalik tarmoqlarida doimo sanoat, savdo, transport va boshqa sohalar bilan bog‘liq bo‘ladi. Mamlakat aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga va qishloq xo‘jalik xom ashyosidan tayyorlangan tovarlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish faqat qishloq xo‘jaligining holatiga emas, balki sanoat tarmoqlari bilan uyg‘un rivojlanishiga ham bog‘liq bo‘ladi. Bu holat tarmoqlarning yagona, yahlit tizimini keltirib chiqarishga asos bo‘ladi.
Agrosanoat integratsiyasi – qishloq xo‘jaligi bilan unga xizmat qiluvchi va mahsulotni iste'molchilarga yetkazib beruvchi tutash tarmoqlar o‘rtasida ishlab chiqarish rivojlanishi hamda ularning uzviy birikish jarayonidir.
Agrosanoat majmuasi (ASM) – bu qishloq xo‘jalik mahsulotdari yetishtirish, uni saqlash, qayta ishlash va iste'molchilarga yetkazib borish bilan shug‘ullanuvchi iqtisodiyot tarmoqlaridir.
ASM to‘rtta sohani o‘z ichiga oladi:

  • birinchi soha – qishloq xo‘jaligiga ishlab chiqarish vositalri yetkazib beradigan sanoat tarmoqlari, shuningdek, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga texnika xizmati ko‘rsatish bilan band bo‘lgan tarmoqlar;

  • ikkinchi soha – qishloq xo‘jaligi o‘zi;

  • uchinchi soha – qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini iste’molchiga yetkazib berishni ta'minlaydigan tarmoqlar (tayyorlash, qayta ishlash, saqlash, tashish, sotish);

  • to‘rtinchi soha – odamlar hayoti va faoliyatining umumiy sharoitlarini ta'minlaydigan infratuzilma (yo‘l-transport xo‘jaligi, aloqa, moddiy texnika xizmati, mahsulotni saqlash tizimi, ombor va tara xo‘jaligi)dan iborat.

Ishlab chiqarish infratuzilmasi bevosita ishlab chiqarishga xizmat qiladigan tarmoqlarni, ijtimoiy infratuzilma odamlar turmush faoliyatining umumiy sharoitlarini ta'minlaydigan sohalarni (uy-joy, madaniy maishiy xizmat, savdo, umumiy ovqatlanish va boshqalarni) o‘z ichiga oladi.
Masalan, qishloq xo‘jaligida yerni unumdorligi bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarga 75 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ o‘zlashtirildi. Bu mablag‘ni ko‘p qismi kollektor-drenaj tarmoqlarini qayta tiklash va tozalash, pudratchi va suv xo‘jaligi tashkilotlarini lizing asosida zamonaviy texnika bilan ta'minlashga ishlatildi.

Yüklə 152,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin