Toshkent moliya instituti moliya fakulteti


-BOB. Agrar tarmoq rivojlanishining iqtisodiy samaradorligi



Yüklə 152,9 Kb.
səhifə10/15
tarix28.04.2023
ölçüsü152,9 Kb.
#104139
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
agrar munosabatlar va ularning bozor tizimidagi xususiyatlari

2-BOB. Agrar tarmoq rivojlanishining iqtisodiy samaradorligi
2.1. Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini rivojlantirishning huquqiy-me’yoriy asoslari.
Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlar ichida qish-loqda yuz bergan o‘zgarishlarni alohida ta'kidlash joiz. Qishloqda tub islohotlar o‘tkazishning bir necha o‘ziga xos omillari bor.
Bu borada davlat rahbari ta'kidlaganidek, istiqlolga erish-gach qishloqni ustun darajada rivojlanishini ta'minlamasdan, qishloq xo‘jaligini sifat jihatidan yangi asoslarda qayta tiklamas-dan turib mamlakatda iqtisodiy islohotlar samaradorligiga erishib bo‘lmaydi, mamlakat aholisining ko‘pchiligini tashkil qiluvchi qishloq mehnatkashlari turmushini yanada to‘kinroq qilish vazifasini bajarib bo‘lmasdi. Ayni chog‘da mamlakat iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligining salmog‘i yuqori edi.
Ikkinchidan, O‘zbekiston Respublikasi aholisining 60 foizi qish-loqlarda istiqomat qiladi. Tug‘ilish ko‘p bo‘lgani tufayli ish bilan ta'minlash muammolari ham qishloqlarda eng dolzarb masalalardan hisoblanadi. Qishloq aholisining 50 foizidan ortig‘i 18 yoshga yet-magan yoshlardan iborat. Bu qishloqda eng katta ishchi kuchi po-tensiali joylashganini, mamlakatimiz iqtisodiyotida yetakchi o‘ringa ega ekanini ko‘rsatadi.
O‘zbekiston hukumati qishloqning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi о'mini yuksak baholab, uni yanada yuksaltirishga doimiy e'tibor berishining boisi ana shunda. Shuning uchun ham I. Karimov Oliy Majlisning 1995-yil 29-dekabrda bo‘lib o‘tgan IV sessiyasida shunday degan edi: «Men bir haqiqatni aytib charchamasam kerak. Buning mazmuni shuki, qishloqda tub islohotlar o‘tkazish, qishloq xo‘jaligini taraqqiy ettirish, qishloq xo‘jahgida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning asosiy omili va manbayidir».
Shu bois avvalo qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi samaradorligini oshirish borasidagi muhim chora-tadbirlardan biri, bu soha-ni boshqarishni takomillashtirish va tubdan o‘zgartirish, rahbarlikni yaxshilash bo‘ldi. Keying yillarda qishloq xo‘jaligi kompleksiga rahbarlikni yaxshilash, qishloqda o‘tkazilayotgan islohotlarning hu-quqiy asosini yaratish choralari ko‘rildi.
Paxtazorlar 1,5 million gektarga qisqardi, sug‘oriladigan yerlardagi g‘allazorlar 1,2 million gektarga ortdi. G‘allachilikni jadal rivojlantirish qisqa vaqt ichidayoq xalq iste'moliga ishlatiladigan va ozuqabop donga bo‘lgan ehtiyojni qondirish, bug‘doy sotib olishga sarflanayotgan valutani tejab qolish imkoniyatini beradigan, eksport-ga ehtiyoj qoldirmaydigan qudratli tarmoq yaratildi.
Don ekinlari uchun ajratilgan maydonlar asosan paxta ekinlari maydonini qisqartirish hisobiga 1,7 barobar oshdi. Don ishlab chiqarish ikki barobardan ko‘proq oshib, 4,15 mln. tonnani tashkil qildi. Mazkur ekinlarni yetishtirish tajribasining ko‘payishi va faol seleksiya ishlari natijasida hosildorlik shu yillar mobaynida 1,3 barobar oshdi. Ushbu chora-tadbirlar don ekinlari importini sezilarli darajada qisqartirish-ga imkon berdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida va Andijon, Qashqadaryo, Navoiy, Toshkent, Farg‘ona viloyatlarida bironta ham maktab binolari foydalanishga topshirilmadi. Shu munosabat bilan, komissiya Qishloq xo‘jalik vazirligi, uning joylardagi viloyat agrosanoat bir-lashmalari, qator viloyat hokimiyatlari, xalq ta'limi boshqarmalari e'tiborini qishloq joylarida maktab qurilishiga, ularni tezroq foydalanishga topshirishga qaratdi.
Qishloqda islohotlar amalga oshirilishi jarayonida mehnatga yaroqli aholini mehnat bilan band qilish masalasiga ham katta e'tibor berildi.
Shuni ta'kidlash o‘rinliki, Prezident I. Karimov va respublika hukumati O‘zbekistonda qishloqni har tomonlama rivojlantirishga, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida islohotlarni chuqurlashtirish, bu sohaning moddiy bazasi va moliyaviy ahvolini mustahkamlashga, agrar siyosatning ustuvor vazifalarini amalga oshirishga muntazam, doimiy e'tibor bermoqdalar.
Xullas, yuqoridagilarni umumlashtirib aytish mumkinki, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda bugun O‘zbekiston erishgan yutuqlar ko‘p jihatdan respublika hukumatining izchil, sobitqadam siyosati bilan bevosita bog‘liqdir.
Avval boshdanoq islohotlarning har bir qadami puxta o‘ylangan, avvalgi mafkura zo‘ravonligi o‘rnini qonun ustuvorligi egalladi. Xususiy iqtisodiyotga rivojlanish uchun davlat sektori bilan teng sharoitlar yaratildi. Ijtimoiy siyosat esa, aholi turmush darajasini asta-sekin yaxshilashga qaratildi.
O‘zbekistonda milliy iqtisodning eng muhim va ustuvor tarmoqlaridan biri qishloq xo‘jaligi bo‘lib, uning taraqqiyoti boshqa sohalar rivoji uchun poydevor vazifasini o‘tamoqda. Chunki valuta tushumining 60 foizi, yalpi mahsulot muomalasining 70 foizi qishloq xo‘jaligi sohasiga to‘g‘ri keladi.
Bunday ijobiy maqsadlarga erishish istiqbolli, ertapishar va serhosil navlar yaratish, ularni iqlim va tuproq unumdorligiga mos ravishda joylashtirish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, qishloq xo‘jaligining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, jumladan, dehqon va fermerlarni kredit resurslari, yangi texnikalar, mineral o‘g‘it va boshqa zarur vositalar bilan ta'minlash, turli zararkunanda hasharotlarga qarshi biologik usullarni qo‘llash kabi ishlarni to‘g‘ri tashkil etilganligi va o‘z vaqtida amalga oshirilgani evaziga bo‘ldi.
Hozirgi paytda respublikamizda 190 mingga yaqin fermer xo‘jaligi faoliyat ko‘rsatmoqda va ularda salkam 1,4 million kishi mehnat qilmoqda.
Qishloq joylarda bozor iqtisodiyoti tamoyillariga asoslangan mehnat kooperatsiyasining yangi shakllari, yangicha xo‘jalik muno-sabatlari tizimi qaror topmoqda.
Jumladan, fermer xo‘jaliklari tomonidan meva-sabzavot mahsulotlari va uzum yetishtirishga hamda ularni qayta ishlashga ixtisoslashgan qariyb 200 ta agrofirma tashkil etildi. Qishloq xo‘jaligi sohasida ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish, transport xizmati, mahsulotlarni qadoqlash, joy lash va eksport qilish hamda shu kabi boshqa xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi shakllanmoqda.
Davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan ana shunday e'tibor va amaliy yordam tufayli 2018-yilda fermer xo‘jaliklarining paxta yetishtirishdagi ulushi 99,1 foizni, g‘alla tayyorlashda esa 79,2 foizni tashkil qildi.

Yüklə 152,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin