O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
SIRTQI FAKULTETI “MOLIYA” KAFEDRASI MM-53-2 GURUH TALABASI
SATTOROV KOMILJON ORIPOVICHning
‘‘Moliyaviy tahlil” fanidan yozgan
NAZORAT ISHI
T OSHKENT – 2022
Reja:
Kreditning mohiyati, zururiyati, funksiyalari va uning bozor iqtisodiyotidagi o`rni.
Kredit munosabatlari rivojlanishining asosiy bosqichlari. Kredit resurslari va kredit uyushmalari
Kreditning chegaralari. Kredit foizi va unga ta`sir qiluvchi omillar.
Bazi davlatlarning kredit tizimi.
1.Kreditning mohiyati, zururiyati, funksiyalari va uning bozor iqtisodiyotidagi o`rni Ma`lumki, jamiyat faoliyatining asosini ishlab chiqarish tashkil etadi. Ishlab chiqarishni o`zluksizligini ta`minlashda esa kreditning o`rni muhim hisoblanadi.
Boshqacha aytganda korxonalarning bozor iqtisodiyoti sharoitida ish yuritishida ishlab chiqarish jarayonining o`zluksizligini ta`minlash, korxonaning asosiy va aylanma fondlarining aylanishini to`xtab kolishiga yo`l qo`ymaslik, korxonalarni moliyaviy resurslari bilan ta`minlash, korxonalar tomonidan tovar mahsulotini sotganda, sotilgan tovar uchun to`lov summmasini olish va boshqa obyektiv va subyektiv sabablar kreditning zarurligiga olib keladi.
Kredit (lotincha – ishonish – verit, doveryatsya) deganda o`z egalari qo`lida vaqtincha bo`sh turgan ayrim qiymat yoki pul mablag`larining boshqalar tomonidan ma`lum muddatga xaq to`lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqadigan munosabatlar tushuniladi.
Kredit qadimdan ma`lum bo`lib, u dastlab savdoda almashuv jarayonida paydo bo`lgan bo`lib, u avval tovarlarni kreditga sotilishi bilan bog`liq. Bunga sabab haridorni tovar sotib olishga hamisha ham naqd puli bo`lmaydi, u tovar sotilsa tushadi, tovar sotuvchi esa uni tushishini kutib turolmaydi (shu davrda tovarning qiymati tushib ketishi, sifati pasayishi mumkin.). Shu va boshqa xolatlar tovarlarni kreditga sotishga olib kelgan. Kredit tovar ishlab chiqarishning va tovar muomilasining ajralmas qismi bo`lib hisoblanadi va uning rivojlanishi bilan bog`liq. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan pul shaklidagi kredit paydo bo`ldi.
Keyinchalik kredit berish mustaqil faoliyatga aylanib, uning asosiy funksiyasi bo`lib pul egalari va unga vaqtincha muxtoj bo`lganlar o`rtasidagi vositachilikdir. Hozir bu faoliyat maxsus malaka va texnikaga ega bo`lgan maxsus ixtisoslashgan muassasalar-banklar tomonidan amalga oshirilmoqda.
Kreditning imkoniyati va zarurligi shu bilan bog`liqki korxonalar mahsulot sotishda, xodimlarga mehnat xaki hisoblanganda, korxona va jismoniy shaxslar o`z pullarini banklarda saklashi va boshqa xollarda vaqtinchalik bo`sh bo`lgan pul mablag`lari bo`lgani xolda boshqa korxona va tashkilotlarda o`z faoliyatlarini o`zluksizligini ta`minlash uchun tegishli pul mablag`iga ehtiyoj sezadi. Bu xolat qishloq xo`jalik korxonalariga ham tegishli bo`lib, bu ishlab chiqarishni mavsumiyligi, mahsulot ishlab chiqarish vaqti bilan uni sotish xajmini ko`pchilik mahsulotlar bo`yicha mos kelmasligi, sotilgan mahsulotlarga pulni o`z vaqtida kelib tushmasligi va boshqa xolatlar ularni kreditdan foydalanishni takozo etadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditning ahamiyatini oshishi quyidagilar bilan bog`liq:
Naqd puldan foydalanishni kamaytirib, muomila harajatlarini, pul emissiyasini kamayishini ta`minlaydi.
Korxonalar va axolining vaqtinchalik bo`sh pul mablag`lari kredit muassasalarida saqlanishi tufayli ulardan unumli foydalanish ta`minlanadi.
Bank muassasalariga tuplangan pullar xalq xujaligi tarmoqlari, korxonalarning asosiy va aylanma mablaglarining tuldirishning qarzga olingan manbai sifatida muhim ahamiyatga ega.
Kredit tufayli xujaliklar urtasidagi shartnoma majburiyatlarining bajarilishi ta`minlanadi, mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonining o`zluksizligi ta`minlanadi va boshqalar.
Ijtimoiy iqtisodiy tizimda kreditning o`rni va roli u bajarayotgan funksiyalar bilan aniqlanadi. Kreditning funksiyasi – bu kreditning iqtisodiyotdagi faoliyatining muayyan ravishda namoyon bo`lishidir.
Kreditning funksiyalari:
1. Qarzga beriluvchi qiymatni vaqtincha foydalanishga berish. Bunda kreditor va qarz oluvchi o`rtasidagi munosabat shunday aniqlanadiki, kreditor qarz oluvchiga resurslarni taklif qiladi, qarz oluvchi bu resurslarni ishlatadi va bunda qarzga beriluvchi qiymat kreditor va qarz oluvchi o`rtasida aylanadi.
2. Qayta taqsimlash. Kredit takror ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlariga – ta`minot, ishlab chiqarish, taksimlash, muomila va iste`molga xizmat kiladi.
Ushbu funksiya yordamida korxonalar, tashkilotlar, davlat va shaxsiy sektorning bo`sh pul mablag`lari va daromadlari ssuda kapitaliga aylantiriladi va vaqtincha foydalanishga, muayyan to`lov asosida beriladi. Bu funksiya yordamida ishlab chiqarishdagi proporsiyalar va pul kapitali harakati boshqarilib turiladi.
3. Muomila harajatlarini tejash. Bu funksiya yordamida nakt pulsiz hisob-kitoblar rivojlantirilib, hisob-kitoblarni tezligini va kam harajatliligi ta`minlanadi. Kapitalning muomilada bo`lish vaqtini tejalishi uning ishlab chiqarishda bo`lish vaqtini oshiradi va ishlab chiqarishni kengaytirishga, foydani ortishiga olib keladi.
4. Kapital to`planishining jadallashuvi va markazlashuvi. Kapital to`planishi jarayoni iqtisodiy rivojlanishning barqarorlashuvi va xo`jalik yurituvchi subyektning o`z maqsadiga erishishining muhim sharti hisoblanadi. Bu ishlab chiqarishni kengaytirish uchun kredit yordamida katta xajmdagi mablag`ga ega bo`lishga imkon yaratadi. Ushbu funksiya xozirgi sharoitda rejali iqtisodiyot davrida rivojlanmagan va mablag`lar bilan ta`minlanmagan faoliyat jabhalarini moliyaviy mablag`lar bilan ta`minlash jarayonini sezilarli tezlashtiradi.
5. Muomilaga to`lov vositalarini chiqarish. Bu funksiyani amalga oshirish jarayonida kredit faqatgina tovar emas, balki pul muomilasining jadallashuviga, undan naqd pullarni siqib chiqarib, to`lovlar aylanishining tezlashuviga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Kredit tufayli pul muomilasi doirasiga veksel, chek, kredit kartochkalari kabi vositalar kiritilib, naqd pulli hisob-kitoblarni, naqd pulsiz hisob-kitoblarga almashtiradi. Bu esa ichki va tashki bozordagi iqtisodiy munosabatlar mexanizmini osonlashtiradi va tezlashtiradi. Bu masalani hal etishda tijorat krediti zamonaviy tovar almashinishining kerakli elementi sifatida muhim o`rin tutadi.
Kreditning obyekti - bu (kreditor) qarz beruvchidan qarz oluvchiga beriladigan qiymatdir. Boshqacha aytganda kredit aynan qaysi maqsad uchun berilsa, shu kredit obyekti hisoblanadi. Qishloq xo`jaligida banklar dehqonchilik va chorvachilik harajatlari - mineral o`g`it, yoqilg`i va moylash materiallari va boshqa harajatlar kreditlanadi. Kredit munosabatlarining subyektlari bo`lib (qarz beruvchi) va qarzdor (qarz oluvchi)lar hisoblanadi.
Boshqacha aytganda kreditlash subyektlari bo`lib davlat korxona va tashkilotlari, qurilish tashkilotlari, savdo tashkilotlari, fermer va shirkat xo`jaliklari, yakka mehnat faoliyati bilan shug`ullanuvchi tadbirkorlar, qo`shma korxonalar, mikro firmalar, birlashmalar, tijorat banklar va boshqalar hisoblanadi.
Yuqoridagi subyektlar kredit oluvchi sifatida faoliyat ko`rsatsa, tijorat banklari yoki boshqa kredit muassasalari kredit beruvchi subyekt sifatida namoyon bo`ladi.
Kredit tovar-pul munosabatlari mavjud sharoitdagi takror ishtab chiqarish kredit munosabatlari vujudga kelishining labiiy asosi hisobianadi.
Ishlab chiqarish fondlarining doiraviy aylanishidagi va fondlarning bir marta aylanishidagi qiymatning harakati qisqa muddatli kredit munosabatlari paydo bo'lishining iqtisodiy asosidir.
Bizga ma'lumid, pul mablag'lariga ko'p hollarda Kreditlarga olingan mablag'Iar, Korxonalarning hisob varaqasidagi mablag'Iar va naqd pullar, aylanma mablag'Iar va moliyaviy mablag'Iar madi.
Kredit — vaqtincha bo'sh turgan pul mablag'larini ma'lum muddatga haq to'lash sliarti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan Kelib chiqqan iqtisodiy munosabatlar yig'indisidir.
Kredit yordamida tovar-moddiy boylitdari, turli mashina va mexanizmlar sotib olinadi, iste'molchilar mablag'lari yetarli bo'lmagan sharoitda to'lovni KechiKtirib tovarlar sorib olish va boshqa bar xil to'lovlarni amalga oshirish imKoniyatiga ega bo'ladilar.
Kredit iqtisodiy Kategoriya bo'lib, ijtimoiy munosabatlarning aniq bir Ko'rinishi sifatida yuzaga chiqadi.
Kredit bar qanday ijtimoiy munosabat emas, balKi ijtimoiy ishlab chiqarish mahsuli, qiymatning haranati, qarz beruvchi va qarz oluvchi o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni ifodalovchi Kategoriyadir.
Kreditning mohiyati uning ichid belgilarini ochib berishga qaratilgan. Kreditning mohiyatini ochish - bu lining sifatlarini, kreditning muhim tomonlarini, iqtisodiy munosabatlar tizimining bir elementi sifatidagi asoslarini bilish demaKdir.
RespubliKamizning Ko'zga Ko'ringan olimalaridan bin Sh-Abdullaeva o'zining «Pul, Kredit va banKlar»' nomli Kitobida Kredit munosabatlarida sub'extlar iKKi xil bo'lishini Ko'rsatib o'tadi:
Kredit (qarz) beruvchi;
qaizdor.
Kreditning haraicat bosqichlari ham uning muhim belgisi hisoblanadi.
Kredit mohiyatining tahlili uzliiKsiz jarayon. Bunda tahlii jarayonida yangidan-yangi belgilar, xususiyatlar yuzaga chiqishi mumidn.
Ssuda kapitali - bu faoliyat ko'rsatuvclii kapitai aylanisliiga xizmat qiluvchi va foiz keltiruvchj ssudaga (qarzga) beriladigan pul kapitalidir.
Ssuda kapitalining manbalari - bu sanoat va savdo kapitallari aylanishi jarayonida bo'sh qoladigan pul kapitalidir. Pul kapitalining bo'shaslii quyidagi omillarga asosan yuzaga keladi:
asosiy kapitai oborotining (aylanishining) xarakteridan. Tovarlarni
sotgandan so'ng asosiy kapitalning eskirgan qismi amortizatsiya zahirasi
sifatida asosiy kapitalning yangilanish muddati kelgunga qadar yig'ilib turadi;
oborot (aylanma) kapitalning doimiy qismi aylanishi xarakteridan.
Tayyor tovarlarni sotish hamda xomashyo va materiallarni yangi tovarlar
ishlab chiqarish maqsadida xarid qilish oralig'ida ma'lum bir muddat o'tacii.
Shuning uchun tayyor tovarlarni sotishdan tushgan pul tushumi vaqtinchalik
bo'sh pul kapitali sifatida bo'sh bo'lib qoladi;
tovarlarni sotish davri (vaqti) bilan ish haqini to'lash davri orasidagi
vaqtinchalik uziiishning mavjudligi;
ishlab chiqarish hajmini kengaytirish talablari darajasida zarur bo'igan
pul shaklidagi qo'shimcha qiymatni jamg'arish (yig'ish) zarurati va boshqa
holatlar.
Shunday qilib, vaqtinchalik pul kapitalining bo'shaslii obyektiv zaruriyatdir. Biroq bunday holda bekor turadigan pullar doimiy harakatda bo'ladigan kapitai qiymati talabiga qarshi ishtirok etadi. Bunday qarama-qarshilik kreditlar berish orqali hal qilinadi, ya'ni, vaqtinchalik bo'lmaydigan pul kapitali qarzga beriladi.