Toshkent moliya instituti moliya-iqtisod



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/65
tarix01.01.2022
ölçüsü1,26 Mb.
#50349
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   65
pul-kredit siyosatini samarali tashkil etish yollari

                                           

5

 Тарасевич Л.С., Гребенников П.И., Леусский А.И.  Макроэкономика: Учебник. — 6_е изд., испр. и доп. — 



М.: Высшее образование, 2006. –C. 370.

 



10 

 

B.Irishev  va  boshqalarning  qo’shgan  hissalarini  e’tirof  etmoq  lozim.    Monetar 



siyosatning  qator  nazariy  va  amaliy  masalalari  mamlakat  Prezidenti  I.A.Karimov 

tomonidan  ishlab  chiqilgan  g’oya  va  mulohazalarda,  Shuningdek,  respublikamiz 

iqtisodchi  -  olimlari  va  mutaxassislaridan 

-  A.Vahobov,  T.Qoraliev, 

M.Nurmuratov,  O.Namozov,  T.Bobakulov,  Z.Holmahmadov,  S.Norqobilov, 

M.Mo’minov, R.Shomurodov va boshqalarning ilmiy asarlarida yoritilgan

6

. Pulga 


bo’lgan  talab,  pul  taklifi,  monetar  siyosatning  maqsadlari  va  ko’rsatkichlarini 

tanlash  hamda  ularni  hozirgi  zamon  talablariga  moslab  amalda  to’g’ri  qo’llash 

masalalarini chuqur o’rganish maqsadga muvofiqdir. 

Pul-kredit  siyosatning  asosida  pul  nazariyasi  yotadi.  Uzoq  davrlardan  beri 

pul-kredit  siyosatining  muammolari  va  uning  bozor  sharoitidagi  roli  bo'yicha 

iqtosodchilar  tomonidan  diskussiya  qilinib  kelinmoqda.  Bunga  sabab  pul 

nazariyasi  to'g'risida  ikki  xil  yirik  qarash  mavjudligidir:  bir  tomondan  zamonaviy 

keynscha  pul  kredit  konsepsiyasi,  ikkinchi  tomondan  esa  zamonaviy  monetarizm 

konsepsiyalaridir. Zamonaviy keynschilar va monetaristlar xam iqtisodiyotdagi pul 

massasi  va  uning  pul-kredit  siyosati  ta'sirida  o'zgarishini  milliy  iqtisodiyotga 

sezilarli  darajada  ta'sir  ko'rsatadi  deb  hisoblaydilar.  Lekin  ular  bu  xolatni  xar  xil 

baholaydilar.  Keyns  konsepsiyasi  nuqtai  nazardan,  pul-kredit  siyosatni  tartibga 

solishning  asosi  sifatida  foiz  stavkasi  hisoblanadi.  O'z  navbatida,  monetaristlar 

nuqtai nazardan esa, buning asosi deb pulga bo'lgan talab va taklifni qo'yadilar. 

Keyns  tarafdorlari  shunday  xisoblaydilarki,  bozor  iqtisodiyoti  nobarqaror 

tizimni  namoyish  qiladi.  Shuning  uchun  davlat  iqtisodiyotni  tartibga  solishda  xar 

xil  instrumentlardan,  shu  jumladan  moliyaviy  va  pul  kredit  intrumentlaridan  faol 

foydalanishi kerak. Pul-kreditni tartibga solish mexanizmi quyidagi tarzda amalga 

oshiriladi.  Foiz  stavkasini  pasayishi  yoki  ko'tarilishi  pul  taklifining  o'zgarishiga 

sabab  bo'ladi  va  o'z  navbatida  investitsiya  talabini  o'zgarishiga  olib  keladi. 




Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin