Toshkent moliya instituti moliya-iqtisod



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/65
tarix01.01.2022
ölçüsü1,26 Mb.
#50349
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   65
pul-kredit siyosatini samarali tashkil etish yollari

                                           

7

  Мишкин  Ф.  Экономическая  теория  денег,  банковского  дела  и  финансовых  рынков.  Учебное  пособие  для 



студентов вузов. Аспект пресс. М.: 1999 г. –C. 548. 


12 

 

davlat  iqtisodiy  siyosatining  dasturlarida  bosh  o’rinni  egallab  olgan  edi.  Uning 



asoschisi  -  XX  asrning  eng  mashhur  iqtisodchilaridan  biri  Buyuk  Britaniyalik 

iqtisodchi Jon Meynard Keyns edi

8

.  


Umuman,  Keyns  va  uning  tarafdorlarining  qarashlari  XX  asrning  70-

yillarigacha  eng  keng  tarqalgan  va  mashhur  nazariya  bo’lib  qoldi.  Ayniqsa,  XX 

asrning  60-yillarida  AQSHda  yuz  bergan  iqtisodiy  yuksalish  yetti  yildan  ortiq 

davom  etdi.  Bunday  uzoq  davom  etgan  inqirozsiz  rivojlanish,  Keyns  nazariyasi 

uzoq  muddatli  rivojlanishni  kafolatlaydigan,  iqtisodiyotni  davlat  tomonidan 

tartibga solishning yuqori darajada samaradorligini ta’minlaydigan nazariya, degan 

fikrning keng miqyosda tarqalishiga sabab bo’ldi. 

Jon  Meynard  Keyns  "Bandlilik,  foiz  va  pulning  umumiy  nazariyasi"  (1936 

yil)  nomli  o’zining  mashhur  kitobida  pulning  aylanish  tezligining  doimiyligi 

to’g’risidagi klassik yondashuvdan voz kechdi va asosiy e’tiborni foiz stavkasining 

ta’siriga  qaratgan  holda  pulga  bo’lgan  talab  nazariyasini  ishlab  chiqdi.  Keyns 

ishlab chiqqan pulga bo’lgan talab  nazariyasi likvidlikka ihlos qo’yish nazariyasi 

nomini oldi

9

. Ushbu nazariya ham nima uchun odamlar qo’llarida pulni saqlaydilar 



degan  masalani  o’rganadi.  Kembrij  maktabi  vakillarining  pulga  bo’lgan  talab 

boylikning  zahirasi  bilan  aniqlanadi  va  u  daromadga  proporsional  degan  fikrdan 

farqli  o’laroq,  Keyns,  pulga  bo’lgan  talab  foiz  stavkasiga  ham  bog’liq,  deb 

hisoblaydi.  Keyns,  pulga  bo’lgan  talab  nafaqat  daromadga  emas,  balki  foiz 

stavkasiga  ham  bog’liq,  degan  hulosaga  kelgan.  Bu  esa  uning  funksiyasining 

Fisher tomonidan ilgari surilgan pulga bo’lgan tablabga foiz stavkasi xech qanday 

ta’sir qilmaydi degan, pulga bo’lgan talab tenglamasidan keskin farq qiladi.  

O’z  navbatida,  Keyns  pulga  jamiyatdagi  boyliklarning  bir  turi  sifatida 

qaradi. Uning fikriga ko’ra, ho’jalik sub’ektlarini o’z aktivlarining ma’lum qismini 

pul  shaklida  saqlashlari,  ularning  likvidlik  hususiyatlarini  qay  darajada 

baholashlariga  bog’liq.  Odamlar  odatda,  eng  likvidli  portfelni  tanlaydilar  va 

binobarin, bu ular tomonidan pulga bo’lgan talabni anglatadi. Shu sababli, Keyns 




Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin