Karimov I.A. Erishgan marralarimizni mustahkamlab, islohatlar yo’lidan izchil borish – asosiy vazifamiz. Т.:
26
Kanada 1967 yilda, Frantsiya va Buyuk Britaniya 60-yillarning ohirida, 90-
yillarning boshlarida Belgiya, Daniya, Ispaniya, Italiya, Niderlandiya, Norvegiya,
Finlandiya, Shvetsiya, AQSH, Yaponiya, Germaniya, Yangi Zelandiya, Chili,
Meksika bilvosita vositalarilardan foydalanishga o’tishdi. Ushbu davlatlarning
integratsiyalashuvi, o’z navbatida, pul-kredit siyosatini amalga oshirishda bilvosita
vositalardan foydalanish usullarini bir-biriga yaqinlashtirishga imkon berdi.
Ta’kidlash joizki, o’sha paytda ayrim mamlakatlar islohotlarda
chekinishlarga ham yo’l qo’yib, ba’zi bevosita cheklovlarni qo’llashni davom
ettirgan holda, ma’lum muddatda bevosita vositalardan foydalanishga qaytgan
edilar. Xususan, AQSH, Buyuk Britaniya va Frantsiyada 1990 yilga qadar kredit
uchun ayrim bevosita cheklovlar qo’llanildi. Yaponiyada foiz stavkalarini cheklab
qo’yish va kreditlash mexanizmiga nisbatan tavsiyalar berish kabi ahloqiy ta’sir
o’tkazish usuli uzoq vaqt saqlanib qolib, 1991 yilda rasman bekor qilindi
27
.
Umuman, bilvosita usullarga o’tish jarayoni rivojlangan mamlakatlarda oson
kechdi. Birinchidan, ularda moliya bozori yetarli darajada rivojlangan bo’lib,
Markaziy bank bilvosita vositalardan yanada kengroq foydalana boshladi.
Ikkinchidan, makroiqtisodiy holat asosan muvozanatlashgan edi. Uchinchidan, foiz
stavkalari tez-tez cheklanganligiga qaramasdan, odatda ular bozor muvozanatini
ta’minlovchi darajaga yaqin edi va jiddiy nomutanosibliklarni keltirib chiqarmadi.
Rivojlanayotgan davlatlarda esa ma’lum institutsional va iqtisodiy shart-
sharoitlar yo’qligi tufayli ishlab chiqarishning pasayishi, yuqori darajadagi
inflyatsiya, byudjet taqchilligi, to’lov balansi muvozanatining buzilishi kabi bir
qator makroiqtisodiy muammolarni hal etishga to’g’ri kelgan edi. Bilvosita
vositalarini to’liq qo’llashga o’tish, o’z navbatida, mamlakatda jiddiy iqtisodiy va
tuzilmaviy islohatlarni amalga oshirishni talab qiladi. Monetar siyosatning
bilvosita vositalariga o’tish jarayoni turli davlatlarda turlicha bo’lishi mumkin. Bu
borada Xalqaro valyuta fondining mutaxassislari quyidagi fikrni bildirishgan:
"Monetar siyosatning bilvosita vositalarini to’liq joriy qilish o’tish iqtisodiyotining
Dostları ilə paylaş: