33
Markaziy bank tomonidan ajratilgan markazlashgan kreditlar qayta moliyalash
stavkasi asosida emas, Hukumat qarorlari asosida imtiyozli foizlarda berildi.
Pul-kredit siyosati samaradorligini oshirish va mavjud qoidalarni bozor
usullariga moslashtirish maqsadida ushbu sohada yangi mexanizmlar amaliyotga
kiritildi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 4 fevraldagi
«Pul-kredit ko'rsatkichlarini tartibga solish mexa-nizmini takomillashtirish chora-
tadbirlari to'g'risida»gi 63-sonli Qaror qabul qilinishi bilan pul-kredit siyosatini
olib borishda bozor iqtisodiyoti qoidalariga amal qilish bo'yicha bir qator ijobiy
muhim ishlar amalga oshirildi. Jumladan, byudjet taqchilligini qoplash uchun
markazlashgan imtiyozli kreditlar ajratish amaliyotiga chek qo'yildi va avval
ajratilgan kreditlar qaytarilishi bo'yicha choralar ko'rib borildi.
3-rasm.
Dostları ilə paylaş: