.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
30
2-rasm.
AOTB Ipoteka bank kreditlari va Markaziy bankning qayta
moliyalash stavkasining o'zaro bog'liqligi dinamikasi
30
AOTB Ipoteka bank aktivlari ham yildan yilga ortib bormoqda. Xususan,
2014 yilda 2008 yilga nisbatan bankning aktivlari 3,5 barobarga ko'payib, 1,5 trln
so'mdan ortib ketdi. Bankning aktivlari tarkibida asosiy salmoqni bankning
kreditlari tashkil etmoqda, ya'ni uning ulushi 2014 yilda 61 %ni tashkil etgan.
OATB Ipotekabankning kreditlari aktivlar bilan mos ravishda ortib bormovda va
unga Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi ham o'z ta'sirini ko'rsatmoqda
(2-rasmga qarang).
Markaziy bank tomonidan samarali pul-kreditsiyosati olib borilishi
natijasida inflyatsiya darajasini 1994 yildagi 1132 foizdan 1997 yilda 27,6
foizgacha pasaytirish imkonini yaratdi. Bu esa o'z navbatida qayta moliyalash
stavkasini 250 foizdan 36 foizgacha pasaytirilishiga olib keldi. Xalqaro bank
amaliyotiga muvofiq respublikamizda qayta moliyalash stavkasi amaldagi va
kutilayotgan inflyatsiya darajasidan, pul bozorida pulga va kredit mablag'lariga
bo'lgan talab va taklifdan kelib chiqqan holda o'zgartirib borildi.
Milliy valyuta muomalaga kiritilgan paytda qayta moliyalash stavkasi
yiliga 150 foizni tashkil etar edi. Ammo milliy valyuta muomalaga kiritilgunga
Dostları ilə paylaş: