Родионов С.С., Бабичев Ю.А. Денежно-кредитное регулирование капиталистической экономики.
17
foizni, Kanadada-3,1, Germaniyada-2,8 foizni tashkil etgan edi. Ushbu davlatlar
amalga oshirgan qator chora-tadbirlariga qaramasdan, byudjet taqchilligi 1976
yildagi o’rtacha 4,8 foizdan 1990 yilda 3,2 foizgacha pasaygan, holos
14
.
Ma’lumki, monetarizm iqtisodiyotni monetar siyosat vositalari orqali va
baholar yordamida tartibga solishga ustuvor darajada ahamiyat beradigan,
muvozanatlashgan tizim sifatida qaraydigan nazariyadir. N.Kaldorning fikriga
ko’ra, monetarizm - bu "asosan bitta iqtisodchining favqulodda kuchli ishontirish
qobiliyatiga ega bo’lgan iqtisodchi - professor Milton Fridmenning sa’y-
harakatlarining mevasidir"
15
.
Foiz stavkasining pulga bo’lgan talabga ta’siriga oid ilk tadqiqotlardan biri,
AQSH iqtisodchisi Jeyms Tobin tomonidan amalga oshirilgan. U muomaladagi
pullarni ikki qismga bo’lib, birinchisini transaksion, ya’ni kundalik ehtiyojlar
uchun ishlatiladigan, ikkinchisini foydalanilmaydigan pullarga ajratgan. U
transaksion pullarni daromadga proporsional, foydalanilmaydigan pul qoldiqlarini
foiz stavkasi bilan bog’liq, deb hisoblagan
16
.
So’ngra J.Tobin 1922-1941 yillarda foydalanilmaydigan pul qoldiqlarining
foiz stavkasi bilan o’zaro bog’liqligini tekshirib ko’rib, ushbu ko’rsatkichlar
o’rtasidagi aniq aks ta’sirning guvohi bo’lgan va pulga bo’lgan talab foiz
stavkasining o’zgarishiga bog’liq, degan hulosaga keldi
17
.
O’sha davrda D.Leyder, K.Bryunner, A.Meltser kabi olimlar tomonidan olib
borilgan pulga bo’lgan talab to’g’risidagi qo’shimcha emperik tadqiqotlar ham
J.Tobinning ushbu kashfiyotini tasdiqlaydi. Aslida foydalanilmaydigan pullar real
hayotda transaksion pul qoldiqlari bilan ajralmasdir. Umuman, J.Tobin va uning
safdoshlari pulga bo’lgan talab foiz stavkasining o’zgarishiga bog’liq, degan
hulosaga kelishgan
18
.
Dostları ilə paylaş: