Irving Fisher, assisted by Harry G. Brown. The Purchasing Power of Money: Its Determination and Relation to
15
olish uchun 5 marta foydalanganligini anglatadi. Almashuv tenglamasi nominal
daromad, pul miqdori va ularning aylanish tezligini ifodalaydi:
PxY
MxV
(2)
Almashuv tenglamasidan ko’rinadiki, yil davomida pul aylanish tezligining
pul miqdoridagi ko’paytmasi nominal daromadga (ya’ni yil davomida sotib olingan
tovar va xizmatlarning nominal qiymatiga) teng bo’lishi kerak. Ushbu tenglamadan
pul miqdorining (M) o’zgarishi YAIMning u yoki bu tomonga o’zgarishiga olib
keladimi, degan savol tug’ilishi mumkin. (M)ning o’sishi pul aylanish tezligining
kamayishi hisobiga kompensatsiya bo’lishi mumkin. Shunda tenglik (MxV) va
(PxY) o’zgarmasdan qoladi.
Fisherning fikricha iqtisodiyotda pul aylanish tezligini kredit institutlari
aniqlaydi. Agar, odamlar qilayotgan haridlari uchun qisob cheklari va kredit
kartochkalari orqali to’lovlarni amalga oshirsalar, naqd pullar to’lovda kamroq
ishlatilib, pul aylanish tezligi oshadi va aksincha. I. Fisher institutsional va
tehnologik omillar pulning aylanish tezligiga juda sekin ta’sir qiladi, Shuning
uchun qisqa muddatli davrda pulning aylanish tezligini doimiy deb hisoblash
mumkin, deydi.
Shuningdek, Fisherning qisqa muddatli davrda pulning aylanish tezligi
doimiy degan tahmini almashuv tenglamasini pulning miqdoriylik nazariyasiga
aylantirdi. Chunki bunga ko’ra, nominal YAIM mutlaq ravishda pul massasining
tebranishlari orqali aniqlanadi. Klassiklar, Shuningdek, I.Fisher ham ish qaqi va
baholarni mutlaqo egiluvchan deb hisoblashgan. Shuning uchun ular yalpi ishlab
chiqarish (Y) to’liq bandlilik darajasida iqtisodiyotning soqlom rivojlanishi
sharoitida o’zgarmasdan qoladi, deb hisoblashgan. Ular almashuv tenglamasida
(Y) ni ham qisqa muddatli davrda doimiy deb hisoblashgan
12
. Pulning miqdoriylik
nazariyasiga ko’ra, agar (M) ikki qissa oshsa (P) ham ikki qissa oshishi kerak.
Klassik iqtisodiy maktab iqtisodchilarining nuqtai nazaridan qaraganda pulning
miqdoriylik nazariyasi baholar darajasining tebranishini tushuntirishga imkon
beradi: baholar darajasi o’zgarishi faqat pul massasi hajmining tebranishi tufayli
Dostları ilə paylaş: