Мишкин Ф. Экономическая теория денег, банковского дела и финансовых рынков. Учебное пособие для
12
davlat iqtisodiy siyosatining dasturlarida bosh o’rinni egallab olgan edi. Uning
asoschisi - XX asrning eng mashhur iqtisodchilaridan biri Buyuk Britaniyalik
iqtisodchi Jon Meynard Keyns edi
8
.
Umuman, Keyns va uning tarafdorlarining qarashlari XX asrning 70-
yillarigacha eng keng tarqalgan va mashhur nazariya bo’lib qoldi. Ayniqsa, XX
asrning 60-yillarida AQSHda yuz bergan iqtisodiy yuksalish yetti yildan ortiq
davom etdi. Bunday uzoq davom etgan inqirozsiz rivojlanish, Keyns nazariyasi
uzoq muddatli rivojlanishni kafolatlaydigan, iqtisodiyotni davlat tomonidan
tartibga solishning yuqori darajada samaradorligini ta’minlaydigan nazariya, degan
fikrning keng miqyosda tarqalishiga sabab bo’ldi.
Jon Meynard Keyns "Bandlilik, foiz va pulning umumiy nazariyasi" (1936
yil) nomli o’zining mashhur kitobida pulning aylanish tezligining doimiyligi
to’g’risidagi klassik yondashuvdan voz kechdi va asosiy e’tiborni foiz stavkasining
ta’siriga qaratgan holda pulga bo’lgan talab nazariyasini ishlab chiqdi. Keyns
ishlab chiqqan pulga bo’lgan talab nazariyasi likvidlikka ihlos qo’yish nazariyasi
nomini oldi
9
. Ushbu nazariya ham nima uchun odamlar qo’llarida pulni saqlaydilar
degan masalani o’rganadi. Kembrij maktabi vakillarining pulga bo’lgan talab
boylikning zahirasi bilan aniqlanadi va u daromadga proporsional degan fikrdan
farqli o’laroq, Keyns, pulga bo’lgan talab foiz stavkasiga ham bog’liq, deb
hisoblaydi. Keyns, pulga bo’lgan talab nafaqat daromadga emas, balki foiz
stavkasiga ham bog’liq, degan hulosaga kelgan. Bu esa uning funksiyasining
Fisher tomonidan ilgari surilgan pulga bo’lgan tablabga foiz stavkasi xech qanday
ta’sir qilmaydi degan, pulga bo’lgan talab tenglamasidan keskin farq qiladi.
O’z navbatida, Keyns pulga jamiyatdagi boyliklarning bir turi sifatida
qaradi. Uning fikriga ko’ra, ho’jalik sub’ektlarini o’z aktivlarining ma’lum qismini
pul shaklida saqlashlari, ularning likvidlik hususiyatlarini qay darajada
baholashlariga bog’liq. Odamlar odatda, eng likvidli portfelni tanlaydilar va
binobarin, bu ular tomonidan pulga bo’lgan talabni anglatadi. Shu sababli, Keyns
Dostları ilə paylaş: