Тарасевич Л.С., Гребенников П.И., Леусский А.И. Макроэкономика: Учебник. — 6_е изд., испр. и доп. —
10
B.Irishev va boshqalarning qo’shgan hissalarini e’tirof etmoq lozim. Monetar
siyosatning qator nazariy va amaliy masalalari mamlakat Prezidenti I.A.Karimov
tomonidan ishlab chiqilgan g’oya va mulohazalarda, Shuningdek, respublikamiz
iqtisodchi - olimlari va mutaxassislaridan
- A.Vahobov, T.Qoraliev,
M.Nurmuratov, O.Namozov, T.Bobakulov, Z.Holmahmadov, S.Norqobilov,
M.Mo’minov, R.Shomurodov va boshqalarning ilmiy asarlarida yoritilgan
6
. Pulga
bo’lgan talab, pul taklifi, monetar siyosatning maqsadlari va ko’rsatkichlarini
tanlash hamda ularni hozirgi zamon talablariga moslab amalda to’g’ri qo’llash
masalalarini chuqur o’rganish maqsadga muvofiqdir.
Pul-kredit siyosatning asosida pul nazariyasi yotadi. Uzoq davrlardan beri
pul-kredit siyosatining muammolari va uning bozor sharoitidagi roli bo'yicha
iqtosodchilar tomonidan diskussiya qilinib kelinmoqda. Bunga sabab pul
nazariyasi to'g'risida ikki xil yirik qarash mavjudligidir: bir tomondan zamonaviy
keynscha pul kredit konsepsiyasi, ikkinchi tomondan esa zamonaviy monetarizm
konsepsiyalaridir. Zamonaviy keynschilar va monetaristlar xam iqtisodiyotdagi pul
massasi va uning pul-kredit siyosati ta'sirida o'zgarishini milliy iqtisodiyotga
sezilarli darajada ta'sir ko'rsatadi deb hisoblaydilar. Lekin ular bu xolatni xar xil
baholaydilar. Keyns konsepsiyasi nuqtai nazardan, pul-kredit siyosatni tartibga
solishning asosi sifatida foiz stavkasi hisoblanadi. O'z navbatida, monetaristlar
nuqtai nazardan esa, buning asosi deb pulga bo'lgan talab va taklifni qo'yadilar.
Keyns tarafdorlari shunday xisoblaydilarki, bozor iqtisodiyoti nobarqaror
tizimni namoyish qiladi. Shuning uchun davlat iqtisodiyotni tartibga solishda xar
xil instrumentlardan, shu jumladan moliyaviy va pul kredit intrumentlaridan faol
foydalanishi kerak. Pul-kreditni tartibga solish mexanizmi quyidagi tarzda amalga
oshiriladi. Foiz stavkasini pasayishi yoki ko'tarilishi pul taklifining o'zgarishiga
sabab bo'ladi va o'z navbatida investitsiya talabini o'zgarishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: