9
I BOB. O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankning pul-kredit
siyosatining nazariy asoslari
1.2. Markaziy bankning pul-kredit siyosati hususidagi ilmiy-nazariy
qarashlar
Monetar siyosat - muomaladagi pul massasini tartibga solish orqali narxlar
barqarorligi, inflyatsiya, real ishlab chiqarish hajmi va iqtisodiy o’sishni
mustahkamlashga yo’naltirilgan barcha chora-tadbirlar yig’indisi
5
.
Umumdavlat iqtisodiy siyosatining tarkibiy va ajralmas qismi sifatida
monetar siyosat mamlakat iqtisodiyotida muhim o’rinni egallab kelganligi
allaqachon jahon tajribasida isbotlangan. U hozirgi paytda ham iqtisodiyotda o’z
samarasini bermoqda. Shu bois jahon bank amaliyotida, jumladan, O’zbekistonda
ham monetar siyosatga iqtisodchi-olimlar, mutaxassislar va hukumat tomonidan
alohida e’tibor beriladi.
O’z navbatida, monetar siyosat to’g’risidagi etakchi nazariyalarning
mazmuni va mohiyatini atroflicha o’rganmasdan, uning ilmiy asoslangan asosiy
yo’nalishlarini ishlab chiqish, qolaversa, taktikasi va strategiyasini aniq belgilab
olish mumkin emas.
Hozirgi paytda jahon iqtisodiy adabiyotida monetar siyosatning nazariy va
amaliy masalalari to’g’risida turli nazariyalar mavjud bo’lib, ular o’z mazmuniga
ko’ra bir-biridan farq qiluvchi turli oqimlarga birlashib ketgan. Ana shu oqimlar
majmuida monetarizm va keynschilik oqimini, shubhasiz, ushbu sohadagi eng yirik
va eng yetakchi g’oyaviy yo’nalish sifatida ajratib ko’rsatish mumkin. Ushbu
ta’limotlarning paydo bo’lishi, asosiy qoidalari va ularning mazmunidagi
ziddiyatlar hususidagi masalalar jahonning ko’plab taniqli va zamonaviy iqtisodchi
olimlari hamda mutaxassislari tomonidan o’rganib chiqilgan. Zamonaviy xorijlik
olimlardan S.R.Moiseev, E.Dolan, R.Dornbush, K.Makkonnell, K.Kempbell,
L.Harris, G.Menkyu, F.Mishkin, L.Abalkin, O.Lavrushin, V.Geraenko, V.Usoskin,
Dostları ilə paylaş: