Toshkent moliya instituti moliya-iqtisod



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/65
tarix01.01.2022
ölçüsü1,26 Mb.
#50349
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   65
pul-kredit siyosatini samarali tashkil etish yollari

                                           

21

 Мишкин Ф.“Экономическая теория денег, банковского дела и финансовых рынков”. Учебное пособие для 



студентов вузов, Аспект пресс. Москва, 1999 г. – С. 216. 


23 

 

80-yillarida  M1  pul  agregati  bo’yicha  pul  aylanish  tezligining  tebranish  darajasi 



juda  katta  va  nobarqaror  bo’lgan.  Ushbu  ko’rsatkich  1963  yilda,  Germaniya  va 

Kanadada  mos  holda  6,1  va  6,3  martani,  AQSHda  3,8  martani  tashkil  etgan. 

Keyingi  yillarda  esa  ushbu  ko’rsatkichning  tebranish  darajasi  tobora  kattalasha 

boshlagan.  Jumladan,  1982  yilga  kelib  pulning  aylanish  tezligi  Kanadada  9,4 

martani, Germaniyada 6,2 va AQSHda 6,4 martani tashkil etgan

22

.  



Shuni  alohida  ta’kidlash  joizki,  XX  asrning  90-yillariga  qadar  M2  pul 

agregati  bo’yicha  pul  aylanish  tezligi  M1  pul  agregatiga  nisbatan  barqarorroq 

bo’ldi.  Masalan,  AQSHda  1963  yilda  M2  pul  agregati  bo’yicha  pul  aylanish 

tezligining  quyi  chegarasi  1,52  martani  tashkil  etgan  bo’lsa,  oradan  20  yil  o’tib, 

ushbu ko’rsatkich sezilarsiz darajada o’zgargani holda 1,55 martani va 1993 yilda 

esa 1,76 martani tashkil etgan. O’ttiz yil davomida esa M2 pul agregati bo’yicha 

o’rtacha pul aylanish tezligi 1,64 martani tashkil etgan

23

.  



Biroq  90  -  yillarning  boshlarida  M2  pul  agregatida  pul  aylanish  tezligining 

nobarqarorligi  tufayli  Federal  Rezerv  Tizimining  1993  yilning  iyulida  monetar 

siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirishda pul agregatlaridan, shu jumladan, M2 

pul agregatidan foydalanishni to’htatishga majbur qildi. 

Ta’kidlash  joizki,  horijiy  mamlakatlarda  bank  tizimi,  moliya  bozorlarining 

yuksak  darajada  rivojlanganligi,  iqtisodiyotning  o’sishiga  mos  ravishda 

muomaladagi  pul  massasining  oshib  borayotgani  pul  aylanish  tezligining 

sekinlashishida muhim omil bo’lmoqda. 

Hozirgi paytda rivojlangan davlatlar bank amaliyotida oraliq maqsad sifatida 

yalpi  pul  massasi,  ya’ni  -  M2  pul  agregatidan  foydalanilmoqda.  Shuni  alohida 

ta’kidlash  lozimki,  Germaniya  federativ  respublikasida  1990-1992  yillar 

mobaynidagi qisqa muddatli vaqt oralig’ida M2 pul agregatidan M3 pul agregatiga 

ko’rsatkich  sifatida  o’tildi

24

.  Buning  asosiy  sababi  shu  bo’ldiki,  ikki  nemis 



davlatining  qo’shilishi  munosabati  bilan  naqd  pul  muomalasi  va  iqtisodiy  faollik 

o’rtasidagi bog’liqlik kuchaydi. 




Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin