O.Yu.Rashidov, R.R.Tojiev, U.Sh.Do’sqobilov. "Markaziy bankning monetar siyosati". Toshkent, TDIU
50
O'z vaqtida, Yaponiya, Janubiy Koreya va Janubiy-Sharqiy Osiyoning
boshqa mamlakatlari uzoq vaqt mobaynida turli xil valyuta cheklovlari shakllarini
joriy etishga majbur edi. Mustahkam iqtisodiy salohiyatga ega bo'lgan davlat—
Xitoy ham turli xil valyuta cheklovlarini qo'llagan holda bozor islohotlari vaqtida
o'z modelini amalga oshirib keldi va faqat 1994 yildan boshlab to'lov balansi joriy
operatsiyalari bo'yicha konvertatsiyaga oid mavjud cheklovlarni bekor qildi.
O'zbekiston Respublikasining 2003 yilda yangi tahrirda qabul qilingan
“Valyutani tartibga solish to'g'risida”gi qonunida va Markaziy bankning me'yoriy
xujjatlarida rezidentlar va norezidentlarning valyuta munosabatlaridagi huquqiy
layoqatligi aniq belgilab berilgan. Shu bilan birga mazkur farqlash ko'p yoki kam
darajada aksariyat mamlakatlarda ham mavjuddir.
Bugungigi kunda ba'zi davlatlarda milliy valyutaning – jamg'arma vositasi
funksiyalarini AQSh banknotalari bajarmoqda.
Dostları ilə paylaş: