Toshkent moliya instituti moliya-iqtisod


III.  Bob.  O'zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining  pul-kredit



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/65
tarix01.01.2022
ölçüsü1,26 Mb.
#50349
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   65
pul-kredit siyosatini samarali tashkil etish yollari

III.  Bob.  O'zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining  pul-kredit 

siyosatini  instrumentlaridan  foydalanishni  hamda  samarali  tashkil  etishni 

takomillashtirish yo'llari 

3.1 Markaziy bankning milliy pul kredit siyosatini shakllantirishda ilg'or 

xorij tajribalaridan foydalanish yo'llari   

 

Moliya  bozorining  barqarorligini  ta'minlashda  Markaziy  bank  o'zining  bir 



qator  pul-kredit  siyosati  instrumentlaridan  keng  ko'lamda  foydalanadi.  Ularning 

asosiylari  sifatida  mazburiy  zaxira  talablari,  qayta  moliyalash  stavkalari,  ochiq 

bozordagi operatsiyalar, valyuta siyosati shakllarini ko'rsatish mumkin.  

Qimmatli qog'ozlar bozori, ssuda kapitallari bozori zaif rivojlangan, Markaziy 

bankning  valyuta  siyosati  orqali  pul  massasiga  etarli  darajada  ta'sir  eta  olish 

imkoniyati  bo'lmagan  sharoitda  majburiy  zaxiralar  pul-kredit  siyosatining  eng 

asosiy  va  ta'sirchan  instrumenti  bo'lib  qoladi.  Uning  mamlakat  uchun  muhim 

bo'lgan  ahamiyatlaridan  biri  shundan  iboratki,  u  bank  tizimining  barqarorligini  

kafolatlaydi.  Bu  esa,  aholi  va  huquqiy  shaxslarning  bank  tizimiga  bo'lgan 

ishonchlarini  mustahkamlaydi.  Chunki,  iqtisodiy  islohotlarni  muvaffaqiyatli 

amalga  oshirish  garovlaridan  biri  –  bank  tizimiga  bo'lgan  yuksak  ishonchning 

mavjudligidir. 

Ko'pgina  rivojlangan  mamlakatlarda  majburiy  zaxiralar  miqdori  turlichadir. 

Masalan,  Italiya  va  Ispaniyada  majburiy  zaxiralar  me'yorining  nisbatan  yuqori 

ekanligiga  guvoh  bo'lamiz.  Bunda  ikki  asosiy  sababni  ajratib  ko'rsatish  mumkin. 

Birinchisi,  yillik  inflyatsiya  darajasining  nisbatan  yuqoriligi  bo'lsa,  ikkinchisi, 

majburiy  zaxiralar  hisob-raqamiga  foiz  to'lanishidir.  Ayniqsa,  inflyatsiya 

sur'atining  o'sishi,  ko'pchilik  hollarda,  majburiy  zaxiralar  me'yorining  oshishiga 

olib keladi. Masalan, AQShda 70- yillarning o'rtalarida inflyatsiya darajasining 13 

foizga  etishi,  majburiy  zaxira  talabnomalari  me'yorining  18  foizgacha  oshishiga 

olib keldi. 

Rivojlanayotgan va o'tish davri iqtisodiyoti mamlakatlarida majburiy zahiralar 

normalarini  tahlili  shuni  ko'rsatadiki,  Braziliya,  Kolumbiya,  Estoniya  kabi 



52 

 

malakatlarda mazkur stavkalarning miqdori ancha yuqori. Hisoblanadi (5-jadvalga 



qarang). 


Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin