58
-
aktivlar sifatini yaxshilash.
Bir vaqtning o’zida kichik va o’rta biznes, xususiy tadbirkorlik va
iqtisodiyotning butun mavjud sektorini moliyalash tizimi yanada amaliy va
samarali bo’lishi lozim. Pirovardida, aynan u butun bank tizimining keyingi
faoliyatini belgilab beradi. Sog’lom raqobat myhitining yaratilishi samarali bank
menejmentining vujudga kelishiga ta’sir etuvchi muhim omil hisoblanadi.
Moliyaviy yangiliklar agentligi tomonidan o’tkazilgan tadqiqotlar
jarayonida tijorat banklari rahbar xodimlarining e’tibori aynan mana shunga
qaratildi
23
. Bankirlarning aksariyat ko’pchiligi (92%) raqobatni bank faoliyatiga
ta’sir ko’rsatuvchi asosiy omil deb hisoblaydi.
Shu narsa diqqatga sazovorki, bunda bank xodimlarining ancha kam qismi
(faqat 60 foizi) o’zini raqobat kurashining bevosita ishtirokchisi sifatida his
qildi. Bu hol, ayniqsa, mijozlar sonini oshirish, yangi bank xizmatlarini ishlab
chiqish va taklif qilish masalalarida banklarning to’liq mustaqil emasligidan
dalolat beradi. Etakchi mavqeni egallab turgan banklarning deyarli uchdan ikki
qismi (o’z xodimlari timsolida) raqobatga hal qiluvchi ahamiyat bermadi.
Shu bilan birga, bankirlarning yarmidan ko’pi nosog’lom raqobatdan
himoyalash uchun qo’shimcha huquqiy hujjatlarni qabul qilish zarur deb
hisoblaydi.
Ayni paytda raqobat muhitini shakllantirish bank xizmatlari bozorining
alohida segmentlari bo’yicha bir maromda amalga oshirilmadi. Xususan, so’nggi
yillarda aholi mablag’larini omonatlarga jalb qilish davomida olib borilgan
ishlar o’z natijasini berdi va raqobat muhiti shakllanishi sezildi. Bank sektorida
raqobat muhitini shakllantirish ishida tijorat banklarini xususiylashtirish va
davlat tasarrufidan chiqarish jarayoni katta rol o’ynaydi.
Ushbu yo’nalishda banklar aktsiyalarining mamlakatimiz va chet el fond
bozorlarida muvaffaqiyatli sotilishini ta’minlovchi qulay shart-sharoitlarni
yaratish, xorijiy sarmoyadorlarni xususiylashtirish jarayoniga jalb etish chora-
tadbirlari qo’rilmoqda.
23
Банкири о банках. Итоги годового исследования. T. // Рынок, денги и кредит, 1/2001г.
Dostları ilə paylaş: