Banklarning investitsion faoliyati va ularning bank kredit portfelini oʼrni



Yüklə 23,8 Kb.
tarix22.06.2023
ölçüsü23,8 Kb.
#134048
Banklarning investitsion faoliyati va ularning bank kredit portfelini oʼrni


Banklarning investitsion faoliyati va ularning bank kredit portfelini oʼrni
Reja
Kirish

  1. Banklarning investitsion faoliyati va ularning bank kredit portfelining nazariy-huquqiy asoslari

  2. Oʼzbekiston Respublikasida banklarning investitsion faoliyati va ularning bank kredit portfelining xolati taxlili

  3. Oʼzbekiston Respublikasida banklarning investitsion faoliyatini takomillashtirish masalalari. va xorij tajribalari

Xulosa
Foyadlanilgan adabioyotlar ro’yhati

Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Har qanday jarayon yoki faoliyat borki o’z-o’zidan bo’lmaydi bunga ma’lum bir sharoit, eng birinchi o’rinda qonuniy huquq va erkinlik va mukammal ishlangan reja va g’oya talab etiladi, shundan keyin qolgani mehnat bilan amalga oshirish mumkin. Shuning uchun ma’lum bir faoliyat turlari borki ularni rivojlantirmasdan iqtisodiyotni rivojlantirib bo’lmaydi, bunday masalalarni markazida albatta banklar turadi, chunki har qanday masalani yechimi bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy qo’llab quvatlash yotadi. Bunda ijtimoiy masalalarni ijobiy hal qilishning asosiy vazifalaridan biri banklarning investitsion faoliyati barqarorligini ta’minlash, rivojlantirish va islohatlar o’tkazish va yangiliklar joriy qilish natijasida iqtisodiyotni shu jumladan, moliya bozorini ham rivojlantirishga erishish mumkin. Bank investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun bu ishdan ko’zda tutilgan maqsadlarni aniqlab olishi zarur. Tijorat banklari uchun bu vazifa odatda mablag’larni saqlash, diversifikatsiyalash, daromad va likvidlikni ta’minlashdan iborat. Amaliy jihatdan olganda, tijorat bankining barcha depozitlarini bir xil ssudalarga joylashtirish mumkin emas. Bunday holat investitsiyalashning asosiy qoidasi - diversifikatsiyalashga zid kelgani uchun ham mumkin emas va noshudlik hisoblanadi. Diversifikatsiyalash deganda majmuada turli-tuman ko’rinishdagi qimmatli qog’ozlar borligi tushuniladi. Diversifikatsiyalash (tabaqalashtirish) siyosatida qaytarish muddatlari, jug’rofiy taqsimlanishi, majburiyatlar turi va emitent hisobga olinishi lozim. Diversifikatsiyalash yo’li bilan tavakkalchilik xavf-xataridan butunlay qochib qutulib bo’lmaydi, ammo uni bir muncha pasaytirish mumkin. Investitsiya siyosatining asosiy ustivorliklari va yo’nalishlari haqidagi hujjatlar bo’lishi maqsadga muvofiq hisoblansada, banklarning hammasi ham unga ega emas, gap shundaki, tavakkalchilik xavf-xatari faqat investitsiya faoliyati bilangina cheklanib qolmaydi, qimmatli qog’ozlarda faol operatsiyalar o’tkazish bilan bog’liq tavakkalchilikni boshqa sohalarda ehtiyotkorona siyosat o’tkazish bilan muvozanat holiga keltirsa bo’ladi. Albatta, iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bozorida investitsiyalarni keng qo’lamda eng foydali tarzda joylashtirish yangi mijozlarni jalb qilish sohasidagi raqobat kurashi kuchayadi. Sog’lom raqobat kurashida faol qatnashish uchun tijorat banklari o’z faoliyatlarini takomillashtirishi, shu jumladan, qimmatli qog’ozlar bozorida faol investitsiya siyosatini olib borishlari lozim. Investitsiya faoliyati tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bozoridagi imkoniyatlaridan foydalanishni kengaytirish, muayyan daromad olish, bank likvidligini ta’minlashda muhim rol o’ynaydi.


2020 yilda iqtisodiyotimizga jalb qilingan investitsiyalar hajmi 10,9 foizga o’sdi va AQSh dollari hisobida 14 milliard 600 million dollarni tashkil etdi. Bunda jami kapital qo’yilmalarning 21,2 foizdan ortig’i yoki 3 milliard dollardan ziyodini xorijiy investitsiya va kreditlar tashkil qildi. Ularning to’rtdan uch qismi to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalardir. Investitsiya dasturini amalga oshirishda korxonalarning o’z mablag’lari hisobidan yo’naltirilgan to’g’ridan-to’g’ri xususiy investitsiyalarning yildanyilga faol ishtirok etayotgani barchamizga alohida mamnuniyat bag’ishlaydi. Birgina o’tgan yilda bunday investitsiyalar hajmi 10,3 foizga o’sib, 4 milliard 300 million dollarni yoki jami investitsiyalar hajmining qariyb 30 foizini tashkil etdi.
Mamlakatimizda banklarning kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab tabaqalashtirilgan foyda solig'i stavkalarining joriy etilishi tijorat banklarining investitsiyaviy faolligini oshirishga xizmat qilayotgani alohida qayd etildi. Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va raqobatbardoshligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ichki va tashqi investitsiyalarni jalb etishni yanada faollashtirish, mamlakat investitsion jozibadorligini oshirish, investitsiyalar samaradorligini baholash va investitsiya faoliyatini moliyalashtirishni takomillashtirish, iqtisodiyotning real sektoriga investitsiyalarni jalb etishda tijorat banklari ishtirokini yanada qo'llab-quvvatlash, investitsiya faoliyatini moliyalashtirishda qimmatli qog'ozlar vositalaridan foydalanish masalalari bo'yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilyapti.


  1. Banklarning investitsion faoliyati va ularning bank kredit portfelining nazariy-huquqiy asoslari

Investitsiyalar zamonaviy iqtisodiyotda nihoyatda muhim rol o’ynaydi, chunki investitsiyalar bo’sh moliyaviy resurslarga ega bo’lgan bozor sub’ektlari uchun foyda olish maqsadida jamg’armani samarali joylashtirish, iqtisodiyot tarmoqlarining ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishni kengaytirish, aholini ishsiz qatlamlarini ushbu tarmoq korxonalarining ish bilan ta’minlash hamda shu orqali aholi farovonligiga erishishga yordam beradi. Investitsiya - bu xususiy, davlat korxonalari va tashkilotlari qimmatli qog’ozlarlariga uzoq muddatli qo’yilgan mablag’lardir. Tijorat banklari krediti investitsiyadan quyidagi xususiyatlari bilan farq qiladi: Birinchidan, bank krediti, bank mablag’larini nisbatan qisqa vaqt ichida foydalanishga beradi va kredit summasini hamda u bo’yicha foiz stavkasini o’z vaqtida qaytarishni talab qiladi. Investitsiyada esa qo’yilgan mablag’lar (qo’yilmalar) hali o’z egasiga qaytarib kelishidan oldin uzoq davr mobaynida bankka daromad olib kelishini bildiradi. Ikkinchidan, bank kreditida kredit munosabatlarini yuzaga keltirish bo’yicha tashabbus qarz oluvchi tomonidan o’rtaga tashlanadigan bo’lsa, investitsiya esa qimmatli qog’ozlar bozorida aktivlarni sotib olishga intiluvchi tijorat banki tashabbus ko’rsatadi. Uchinchidan , bankning kredit shartnomasida bank kam miqdordagi kreditorlar orasida asosiydir. Investitsion shartnomalar esa tijorat banki ko’plab kreditorlardan biridir. To’rtinchidan, bank kreditida bank va qarz oluvchi bevosita kredit shartnoma orqali bog’langan bo’lib, ularning faoliyatiga hech kim aralashmaydi. Investitsiya esa turli xil qimmatli qog’ozlar orqali korxona, tashkilotlarning faoliyati bilan bankning faoliyati bog’lanib ketadi1. Tijorat banklari tomonidan investitsion faoliyat olib borishdan asosiy maqsad ularning daromadliligi va likvidliligini (bankning faoliyati bo’yicha majburiyatlarini o’z vaqtida bajara olish qobiliyati) ta’minlashdan iborat. Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida tijorat banklarining investitsiya siyosati bank faoliyatining asosiy yo’nalishlaridan biri hisoblanadi va banklarning likvidliligini ta’minlaydi. Banklarning investitsion faoliyati turli xil qimmatbaho qog’ozlar: oddiy va imtiyozli aksiyalar, obligatsiyalar, davlat qarzdorlik majburiyatlari, depozit sertifikatlari, veksel va boshqalarga mablag’larini qo’yish orqali amalga oshiradilar. Alohida olingan davlatlarda banklar tizimining rivojlanishi va banklar o’tkazadigan opearatsiyalarning turlari va ko’lamiga qarab ularning investitsion faoliyati turli yo’nalishlarga qaratilgan bo’lishi va shu operatsiyalar turlari bo’yicha olinadigan daromad solig’i ham turli xil bo’lishi mumkin. Masalan, Amerika banklari amaliyotida davlatning qisqa muddatli qarz majburiyatlarini ifodalovchi qimmatli qog’ozlariga investitsiya qilish odatda kam daromad keltiradi, ammo ular yuqori likvidlilikka ega va ular bo’yicha to’lanmaslik riski nolga teng bo’lib, bozor stavkasining o’zgarish riski ham kichik bo’lgan qimmatli qog’ozlar hisoblanadi. Uzoq muddatli qimmatli qog’ozlar yuqori daromad keltiradi, shuning uchun banklar ularni muddati tugaguncha saqlashadi. Banklar o’z mablag’larini munitsipalitetlarning qimmatbaho qog’ozlariga ham qo’yishadi, chunki ular bo’yicha to’lanadigan foiz soliqqa tortilmaydi. O’z likvidliligini ta’minlash maqsadida banklar uncha katta bo’lmagan summani boshqa qimmatli qog’ozlar: bank aktseptlari, qimmatli qog’ozlar bozoridagi tijorat qog’ozlari, brokerlik ssudalar va tovar-kredit korporatsiyalari sertifikatlariga qo’yishadi. Daromadlikni ta’minlash maqsadida, lekin likvidligini xavf ostida qo’ygan holda banklar o’z mablag’larini ba’zi bir hukumat muassasalari obligatsiyalari va korporatsilarning birinchi darajali obligatsiyalariga investitsiya qiladilar. Hozirgi sharoitda ayrim xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati va umuman mamlakat iqtisodiyoti investitsiyalarni amalga oshirish hajmi va shakliga hal qiluvchi darajada bog’liq.

1 Imomov Hamdulla”Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish” T: 2021 yil 27 - b

Yüklə 23,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin